Kislorodli birikmalar. Neft va neft mahsulotlarining asosiy or-
ganik kislotalarini naftenli guruhlar tashkil etadi. Ular R–COOH
ko‘rinishidagi karbon kislotalarga taalluqlidir. Bunda R – ug-
levodorodli radikal; COOH – birikmaning kislota xususiyatiga ega
ekanligini ko‘rsatuvchi karboksil guruhi.
Naften kislotalar yuqori qaynash haroratiga (200°C dan yuqori)
ega, xona haroratidagi zichligi 1 g/sm
3
ga teng bo‘lgan, neft mah-
sulotlarida yaxshi eruvchi va suvda umuman erimaydigan moyli
suyuqlikdir.
Naftenli kislotalar ta’sirida qora metallar zanglamaydi, ammo
rangli metallar (asosan, rux va qo‘rg‘oshin)ga jadal ta’sir ko‘rsatib,
ularning tuzlarini hosil qiladi. Naftenli kislotalarning asosiy qismi
neftning yonilg‘i-gazoyl fraksiyasi tarkibida bo‘ladi.
14
Oksidlanish jarayonida neft mahsulotlari tarkibida molekulasida
karboksil guruhdan tashqari gidroksil guruh (OH) ishtirok etuvchi
oksikislotalar ham hosil bo‘ladi.