1
Polip -
bir joyda qimirlamay yashaydigan dengiz hayvoni.
105
odatda, ularning to'dalari butun-butun orollarni,
asrlar o'tishi bilan esa ehtimol qit’alarni ham vu-
judga keltirishi mumkin bo'ladi. Dengiz yulduzlari-
ning bir necha turlari, dengiz ko'zachalari (golotu-
riy), dengiz tipratikanlari, ilondumlilar va boshqalar
bu yerga kosasi tikanaklar hamda nayzachalar bilan
qoplangan tikanterililarning namoyandalari sifatida
qo'yilgan.
Mening o'rnimda asablari zaifroq konxiolog
bo'lganida, molluskalar kolleksiyasi o'rin olgan na-
rigi vitrinani ko'rishi bilanoq yuragi yorilib o'lardi.
Bu eksponatlar bebahodir va ularni tavsiflash uchun
butun bir tomni bag'ishlash lozim bo'lur edi. Shu-
ning uchun ham eng diqqatga sazovorlarini sanab
o'tish bilan kifoyalanaman. Kapitan Nemo kollek-
siyasida Hind okeanining sidirg'a qizg'ish jigarrang
ustiga mutanosiblik bilan joylashgan oq dog'li chi-
royli bolg'asi; hamma yog'i mayda donachalar bilan
qoplangan va yaltillab turadigan «imperator spon-
diliysi», bunga istagan Yevropa muzeyi yigirma
ming frankni ayamasdi; topilishi deyarli mumkin
bo'lmagan avstraliya bolg'asi; nafas tegsa sochilib
ketadigan darajada m o'rt Senegal yuraksimonlari -
qo'sh-tabaqa, oq ohak naychalarining chetlari jim-
jimador va ishqibozlar yuksak baholaydigan bir ne
cha Yavana dengiz leykalari; Amerika suvlarida uch-
raydigan sariq-yashil, Yangi Zelandiya sohillarida
yashaydigan to 'q kulrang, Meksika qo'ltig'ida uch-
raydigan toshbaqasimon chig'anog'i bilan ajraladi-
gan bo'g'inoyoqlilarning juda ko'p xillari; bulardan
tashqari, oltingugurtli juda g'alati tellinlar, siter va
venuslarning qimmatbaho navlari, sadaf tangachali
m armar kubarna; yana Hindistonda tanga o'rnida
ishlatiladigan «ilonboshi» chig'anoqlarining ham
ma turlari; Sharqiy Hindistonning «dengizga shon-
106
sharaf» degan eng qimmatbaho chig‘anog‘i; niho-
yat, olimlar juda chiroyli nomlar bilan atashgan na-
fis va m o'rt chig'anoqlar - minorachalar, yantinlar,
mitrlar, kaskalar, bagretslar, arfalar, tritonlar, pte-
rotserlar, patellalar, gialeylar, kleodorlar bor edi.
Ayrim vitrinalarda elektr yog'dusida chaqnab
turgan mislsiz chiroyli marvarid shodalari: Qizil
dengiz qa’ridan olinadigan pushti rang marvarid,
turli molluskalar badanidan chiqadigan va deyarli
barcha dengiz hamda okeanlarda uchraydigan ya-
shil, sariq, ko‘k, qora marvaridlar turardi.
Bu marvaridlardan ba’zilari kaptar tuxumidan
kattaroq edi. Ular sayyoh Tavernening Eron shohi-
ga uch millionga sotgan marvarididan ham qim-
matroq, chiroyda esa men dunyoda eng chiroyli deb
hisoblaganim imom Masqatiyning marvarididan
ham afzalroq edi,
Xullas, bu kolleksiyani baholash sira mumkin
emas edi. Kapitan Nemo bunday kolleksiya uchun
millionlarni sarf etgan bo‘lishi kerak.
Bu quloq eshitmagan boyliklar qayerdan olingan
ekan deb oylayotganim da birdan kapitan menga
murojaat qilib qoldi:
- Kolleksiyalarimni ko'ryapsizmi, professor?
U chindan ham naturalistning diqqatini jalb
etishga molikdir. Ammo men uchun ular yanada
qadrliroq, negaki, bularning har birini o‘z qo'llarim
bilan yig‘ganman va yer yuzida bu vitrinalar uchun
biror narsa bermagan dengiz yo‘q.
- Kapitan, bu boyliklarni har ko'rganda qu-
vonishingizning sababini yaxshi tushunam an. Yev-
ropa muzeylaridan birontasida ham bunaqa kol
leksiya yo‘q! Ammo men zavqlanishimning ham-
masini muzeyni ko'rishga sarflasam, unda kemani
ko'zdan kechirganda nima qilaman? Men odob va
kamsuqumlikni bir chekkaga yig'ishtirib qo'yib,
sirlaringizni bilib olishga harakat qilaman, ammo
oldindan aytib qoyay, «Nautilus»ning o‘zi, uni h a
rakatga keltirayotgan kuch, kemaning shu qadar
tez yurishini ta ’minlayotgan mexanizmlar meni
ko'proq qiziqtirmoqda. Bu salon devorida qanday
xizmatni o'tashi menga nom a’lum bo'lgan asbob-
larni ko'rib turibman. Men so'ramoqchi bo'lgan...
- Janob Aronaks, - deya mening so'zimni
bo'ldi kapitan, - men sizning bu kemada erkin
odam ekanligingizni ilgaridan aytib qo'ydim, bino-
barin, «Nautilus»da sizning borishingiz man etil-
gan bironta burchak yo'q. Kemani istaganingizcha
ko'rishingiz mumkin va m en bajonidil sizga ham-
roh bo'lib, uni ko'rsatishga tayyorman.
- Sizga qanday minnatdorchilik bildirishga ham
hayronman, kapitan. Iltifotingizni suiiste’mol qil-
maslikka harakat qilaman. Bir narsani bilib olishim-
. ga ijozat bersangiz, fizikaga doir mana bu asboblar
nimaga ishlatiladi?
- Xuddi shunday asboblar, professor, kayu-
tamda ham bor, bularning nimaga ishlatilishini
o'sha yerda aytib beraman. Ammo hozir sizga aj-
ratilgan kayutaga boraylik. Axir siz «Nautilus»da
qanday sharoitda yashashingizni bilishingiz ke
rak-ku.
Men kapitan Nemoga ergashib tor yo'lakdan
ketaverdim. Kema tumshug'iga yetgach, kapitan
Nemo meni kayutaga, to'g'rirog'i, karavot, tualet
stolchasi, kreslolar va boshqalar bilan jihozlangan
juda chiroyli keng xonaga boshlab kirdi.
Benihoya m innatdorchilik bildirdim.
- Sizning kayutangizdan menikiga o'tish m um
kin, - dedi kapitan eshikni ocha turib, - meniki-
108
dan esa biz hozirgina chiqib kelgan salonga kirsa
bo'ladi.
Biz kapitanning kayutasiga kirdik. Temir ka-
ravot, ish stoli, bir necha stul, umivalnik - butun
jihoz shundan iborat edi. Eng zarur narsalar, or-
tiqcha hech nima yo‘q.
Kayuta nim qorongi edi. Kapitan Nemo stulga
ishora qildi:
- Marhamat, o'tiring.
Men o'tirdim. U biroz indamay turdi-da, so'ng
so'zlay ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |