45
О I t i n chi b o b
SHITOB BILAN
Bu xitobni eshitgan butun ekipaj - kapitan, ofi-
tserlar, matroslar, yungalar, hatto injener va mexa-
niklar o‘z mashinalarini, o'tyoqarlar o'txonalarini
tashlab garpunchi tomon yugurishdi.
Kapitan kemani to‘xtatishni buyurdi.
Kecha qop-qorong‘i edi. Kanadalikning ko‘zi
o'tkirligini bilsam ham, shu zulmatda qanday qilib
va nimani ko'rdi ekan, deb o‘zimga-o‘zim savol be-
rardim.
Yuragim shu qadar qattiq tepa boshladiki, hatto
yorilib ketishi ham hech gap emas edi.
Biroq Ned Lend yanglishmabdi. Ko‘p o'tmay
hammamiz u qo'li bilan ko‘rsatayotgan narsani
ko'rdik.
«Avraam Linkoln»dan ikki kabelt uzoqlik-
da shtirbort tomondan dengiz ichidan yoritilgan-
day edi. Bu oddiy fosfor yog'dusi bo'lishi mumkin
emas. Bahaybat maxluq juda ko‘p kapitanlar o‘z hi-
sobotlarida ko'rsatganlariday suv ostida bir necha
fut chuqurlikda turib yorqin, ayni vaqtda g alati bir
yog'du taratar edi. Bu yog'duning allaqanday yorqin
manbayi bo'lishi kerak. Okeanning yoritilgan qis
mi - tuxum shaklida bo'lib, uning markazida juda
yorqin, chekkalariga qarab yoruglik kamaya borar-
di.
- Bu yoruglik taratuvchi organizmlar to'dasidan
boshqa narsa emas! - deya xitob qildi ofitserlardan
biri.
- Yo‘q, siz yanglishyapsiz! - deb keskin e ’tiroz
bildirdim men. Bular tunda yog'du sochadigan yal-
tiroq qurtlar va salplar bo‘lsa, hecham shu qadar
46
yorqin nur tarata olmasdi. Bu yoruglikning, albat-
ta qandaydir elektr manbayi bor... Aytganday, qa-
rang... Oarang! Surilyapti!.. Bizga qarab kelyapti!
Kema sahnida turganlarning hammasi birdan
qichqirib yubordi.
- Ji-im! - Kapitan Faragut buyurdi. - Rul chap-
ga! Orqaga yurilsin!
Hamma o ‘z joyiga otildi.
Buyruq bir zumda bajarildi va «Avraam Linkoln»
yarim aylana shaklida burildi.
- Rul o'ngga! Oldinga yurilsin! - buyurdi ka
pitan Faragut.
Vint yana ishlay boshladi va kema yorqin yogdu
sochayotgan manbadan tez chekina boshladi.
Men yanglishdim: kema chekinmoqchi bo'ldi,
ammo o‘ta g'ayritabiiy maxluq undan ikki baravar
tezroq yurib bosib kela boshladi.
Biz nafasimizni ichimizga yutib, churq etmay,
qotib turardik. Bu qo'rquv emas, balki ajablanish
belgisi edi. Hayvon hazillashganday bizni quvib
yetdi. U o‘n to ‘rt uzel tezlikda yurib, o'zining elektr
nurlarini yorug'lik chiqaruvchi chang singari tara-
tib, kemadan o'zib ketdi. So'ngra u uchib borayot-
gan ekspress lokomotivi ortidan qoldiradigan halqa-
halqa tutunga o'xshash yogdu taratib ikki yoki uch
milya masofaga suzib ketdi. Biroq bahaybat max
luq go'yo hamla qilish uchun orqaga tisarilgan-
dek to'satdan qorong'ilik ichidan chiqib, «Avraam
Linkoln» tomon dahshatli tezlik bilan otildi. Xuddi
o'shanday yigirma futlar chamasi narida to'satdan
to'xtadi va... o'chdi. U suvga cho‘kkani yo‘q, u hol-
da taralayotgan yogdu asta-sekin so'nardi; unga
yorug'lik berayotgan manba kuchi birdan tugab
qolganday to'satdan o'chdi.
47
Birpasdan keyin bahaybat maxluq yana paydo
bo'ldi. Endi u «Avraam Linkoln»ni aylanib o'tdimi, os-
tidan o'tdimi, kemaning boshqa tomonidan chiqdi.
Har daqiqada biz uchun halokatli bo'lgan to‘q-
nashuv yuz berishi mumkin edi.
Meni kemaning manyovrlari hayratga solardi. U
bahaybat maxluq bilan jang boshlash o'rniga chap
berar, undan qochar edi. Bahaybat maxluqni qu-
vish uchun yuborilgan kema o‘zi quvg'in holatiga
tushib qoldi.
Men bu mulohazamni kapitan Faragutga aytdim.
Uning odatdagi vazmin chehrasida hozir o‘ta hay-
ratlanish alomatlari ko'rinardi.
- Bilasizmi, professor, - deya javob qaytardi u
menga, - men qanaqa ulkan yirtqich bilan to'q-
nashayotganimni bilmayman va binobarin, bu zul-
matda o‘z kemamni tavakkal qilib, xavf ostida qol-
dirmoqchi emasman. Bu noma’lum maxluqqa qan-
day hujum qilish kerak, qaysi yo‘l bilan himoyaga
o‘tish kerak? Yaxshisi, tong otguncha sabr qilaylik,
ana o'shanda o'rnimiz almashinadi.
- Kapitan, bu mavjudotning tabiati haliyam siz-
ni shubhalantiryaptimi?
- Yo‘q, professor. Bu juda ulkan narval bo'lsa
kerak, ammo elektr narval.
- Ehtimol, - deya davom ettirdim men, - unga
yaqinlashish gimnot1 yoki suzar minaga yaqinla-
shishday xavfli.
- Bo'lishi mumkin, - fikrimga qo'shildi kapi
tan. - Agar u buning ustiga elektr bilan zaryadlan-
gan bo'lsa, unda chindan ham dunyodagi eng xavfli
hayvon bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ehtiyot
bo'lishga qaror qildim.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |