eng muhim jihat hisoblanadi. Bunda shaxsning nafaqat huquqiy, ayni paytda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan erkin bo’lishi nazarda tutiladi.
Ayni paytda, milliy g‘oyaning amaliy tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam
va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga umumiy ma'naviy
yo‘nalish beradi, turli qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi,
ularni amalga oshirish imkonini yaratadi. Ma’naviy shaxs, ya’ni erkin shaxsni
shakllanishiga hizmat qiladi.
Bu tamoyillar
shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qo‘llab-
quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi,
umuminsoniy me'yorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror
topishi uchun kurash olib borishni ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy
maqsad demokratik o‘zgarishlar hayotimizning muhim yo‘nalishiga aylangan
hozirgi davrda milliy istiqlol ruhida fikrlovchi, o‘z faoliyatida bunga amal qiluvchi
komil insonlarni voyaga yetkazishdan iborat.
Taraqqiyotning “o’zbek modeli” o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Mustabid
tuzumining insoniyat uchun qanchalar darajada katta ziyon
yetkazganligini anglab
yetish zarur bo‘lgani kabi, mustaqillikning buyuk ne'mat ekanligini ijtimoiy zarurat
sifatida his etish ham shunchalar zarur edi. Bularni anglash, yangi davr to‘g‘risida,
milliy tiklanishning ahamiyati xususida fikr yuritish, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat
xayotini erkinlashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlarini ishlab chiqishdan
ham murakkab vazifa yo‘q edi. Yangi,
demokratik, huquqiy jamiyatning ijtimoiy
ehtiyoj darajasida ekanligini asoslash uchun sifat jihatdan takomillashgan dastur
zarur edi. Bunday dastur jamiyat xayotini erkinlashtirish jarayoniga yo‘l ochib
berishi shart edi. Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.Karimovning ta’limotida o‘z aksini topdi. I.Karimovning asarlariga
murojaat etar
ekanmiz, ularda jamiyat xayotini erkinlashtirishning g‘oyaviy-mafkuraviy,
ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy asoslari aniq va ravshan ko‘rsatib
berilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Taraqqiyotning “o’zbek modeli” da, bir tomondan milliy, boshqa tomondan
umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e’tiborning ko‘pligi O‘zbekistonning
buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor
islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini
kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yo‘l-yo‘riqlarini
ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir.
Mamlakatda shaxsning har tomonlama erkin bo’lishi taraqqiyot belgisidir.
Biroq erkinlik tushunchasini “istagan ishini qilishi mumkin” ma’nosida
tushunmaslik kerak. Ayni shunday fikrlash oqibatida kurrai
zaminning aksariyat
mamlakatlarida “ommaviy madaniyat”, “saddizm” kabi insoniyat boshiga kulfat
keltiruvchi illatlar paydo bo’ldi va bugungi kunga kelib ular global muammoga
darajasiga ko’tarildi. Bu vaziyatda erkinlikni - axloqiy mas’ullik bilan uyg’un
holda qo’llanishigina shu kabi muammolarning yuzaga kelishini oldini olishi
mumkin. Mamlakatimizda shaxs erkinligi borasida amalga oshirilayotga
islohotlarga e’tibor beradigan bo’lsak me’yor, axloqiy mas’uliyat kabi jihatlarga
alohida e’tibor berilayotganligiga guvoh bo’lamiz. Bu hol mafkuraviy ta’ovvuzlar
yadro hurujlaridanda havfli vositaga aylangan bir kunda fuqarolarimiz uchun
to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi mayoq, hur vatanimizning buyuk kelajagini qurishda
muhim asos bo’lib qilishiga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: