Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 “G’aznachilik” fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

2. “G’aznachilik” fanining predmeti, maqsad va vazifalari 

O’zbekiston  Respublikasida  davlat  moliyasini  boshqarish  tizimida  olib 

borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat byudjetining g’azna 

ijrosiga  bosqichma-bosqich  o’tishni  va  uning  faoliyat  mexanizmlarini 

takomillashtirishni  nazarda  tutadi.  Bunda  zamonaviy  axborot  texnologiyalari 

yordamida  davlat  mablag’larining  harakati  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  jamlash, 

qayta  ishlash,  uzatish  usullarini  o’zlashtirish  asosida  davlat  moliyasini 

boshqarishning  samarali  usul  va  vositalarini  shakllantirish  va  muvofiq  holda 

ishlashini ta’minlash zarur bo’ladi. 

Mamlakatimizda  davlat  byudjetining  g’azna  ijrosini  samarali  tadbiq  etishga 

faqatgina  barqaror  rivojlanish  ko’rsatkichlariga  erishganimizdan  keyingina 

muvaffaq  bo’lindi.  O’zbekiston  hukumati  davlat  moliyasini  boshqarish  tizimida 




 

 

14



ham  kengqamrovli  islohotlarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirib  kelmoqda.  Bu 

islohotlarning  ijobiy  natijalarini  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  muvaffaqiyatli 

joriy etilishida ko’rishimiz mumkin.  

Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining  barcha  daromadlarini,  shuningdek,  byudjet  tashkilotlarining 

byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga 

jamlash  va  ularning  barcha  xarajatlarini  shu  hisobraqamdan  amalga  oshirishni 

nazarda  tutadi.  Bu  esa  davlat  byudjeti,  byudjetdan  tashqari  fondlar,  byudjet 

tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat 

ko’rsatish  jarayonlarining  tezkor  nazoratini  va  monitoringini  olib  borish,  davlat 

mablag’larining  samarali  ishlatilishini  ta’minlash,  davlat  moliyaviy  resurslarining 

harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.   

Taraqqiyotimizning  bugungi  sharoitida  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  sodir 

bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo’g’ini 

bo’lgan  davlat  moliyasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  davlat  moliyasini 

boshqarish  masalalarida  muayyan  bilim  va  ko’nikmalarga  ega  bo’lish  zarurligini 

talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat davlat moliyasi haqidagi ma’lum nazariy 

bilimlarga  ega  bo’lgan,  balki  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosi  jarayonlarida  vujudga 

keladigan holatlarni tushuna oladigan, byudjet ijrosi ishtirokchilari bo’lgan moliya 

organlari,  g’aznachilik  bo’linmalari,  byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar  amaliy  faoliyatini  samarali  tashkil  qila  oladigan,  davlat  mablag’larini 

samarali  boshqarishga  qaratilgan  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qila  oladigan 

zamonaviy  mutaxassislar  tayyorlash  birinchi  darajali  ahamiyatga  egadir.  Shu 

sababli  davlat  moliyasi  uchun  tashabbuskor,  ijodiy  fikrlaydigan  mutaxassis 

kadrlarni  tayyorlashda  byudjet-moliya  va  byudjetning  g’azna  ijrosi  nazariyasi  va 

amaliyotini o’rganishga muhim o’rin beriladi. 

 “G’aznachilik”  fanini  o’qitishdan  maqsad  –  talabalarga  davlat  byudjetining 

g’azna  ijrosi  haqida  nazariy  bilimlar  berish,  ularda  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan  institutsional  islohotlarning  bugungi  bosqichida  davlat  moliya 



 

 

15



tizimida  amalga  oshirilayotgan  o’zgarishlarning  asosiy  yo’nalishlari  va 

g’aznachilikning samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil 

qilish,  g’aznachilikning  tashkiliy  tuzilmasi  va  uning  ishlash  mexanizmlarini 

o’rganish,  ularni  nazariy,  amaliy  va  metodologik  jihatdan  takomillashtirishdan 

iborat.  

Shuningdek, fanni o’rganishda talabalar davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil 

etish  va  g’aznachilik  faoliyati  haqidagi  yaxlit  bilimlar  tizimini  shakllantirishda 

g’aznachilik mexanizmlarining  amal qilish xususiyatlarini,  davlat  byudjeti  g’azna 

ijrosining mohiyati va ahamiyati, g’aznachilik faoliyatining tashkiliy elementlarini 

joriy  etish  bosqichlari,  g’azna  ijrosini  tashkil  etish  xususiyatlari  va  tamoyillari, 

g’aznachilik  faoliyatining  tashkiliy-huquqiy  asoslari,  uning  amal  qilish 

mexanizmlari,  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishida  davlat  byudjeti  g’azna 

ijrosining o’rni va ahamiyati kabi masalalarni o’rganadilar.  

“G’aznachilik”    fani  zamonaviy  sharoitda  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosini 

tashkil  etishning  nazariy  asoslari,  g’aznachilik  faoliyatini  tadbiq  etish  va 

rivojlanish  tarixi,  samarali  byudjet  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 

orqali byudjetning  g’azna  ijrosi  mexanizmlaridan  maqsadga  muvofiq  foydalanish 

imkoniyatlari,  davlat  moliyasini  boshqarish  va  davlat  mablag’larining  maqsadli 

ishlatilishi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilish masalalarini o’rgatadi. 

Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  fan o’z  predmetini  o’rganish 

uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi: 

-  g’aznachilik  faoliyatining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati  va  ahamiyatini 

o’rganish; 

-  davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilish asoslarini o’rganish; 

-  g’aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy asoslarini o’rganish; 

-  davlat  byudjeti  daromadlarini  g’aznachilik  orqali  shaklllantirish 

mexanizmini o’rganish; 



 

 

16



-  davlat  byudjeti  xarajatlarini  g’aznachilik  orqali  ijro  etish  va  tarkibini 

o’rganish; 

-  g’aznachilik  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  nazorat  tizimi 

asoslarini o’rganish; 

-  g’aznachilik  faoliyatini  samarali  yuritish  yuzasidan  xorij  tajribalarini 

o’rganish; 

-  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosini  tadbiq  etishning  shart-sharoitlari,  uning 

afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 

-  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  amal  qilish  mexanizmlarini 

takomillashtirish va h.k. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish