Xarajatlar moddasi — byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining iqtisodiy
yo‘nalishi va to‘lovlarning aniq turlari bo‘yicha belgilovchi byudjet tasnifining bir
qismi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini
aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga
muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini tasniflashning bir necha
belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy
takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki
idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha, hududiy turkumlanishi,
ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga
ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |