To‘g‘ri (bevosita) soliqlar (yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq;
korxonalar bilan birgalikda) davlat budjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning
daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan
Egri (bilvosita) soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i; aksizlar; bojxona bojlari;
jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun
benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik
775
Aslida, davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lib mamlakat
yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul
fondiga mablag’larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari qismi
asosini mamlakatimizda 2014 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston
Respublikasi Byudjet Kodeksining 50-51-52-moddalari bilan belgilab qo‘yilgan
daromadlar tashkil qiladi.
Yuqoridagi rasmda biz hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining
daromadlarining tasniflanish tartibi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining IV bo‘limi, 9-bob, 50-
moddasida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga tarif berilgan.
Davlat byudjeti daromadlari:
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
- davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan
daromadlar;
- meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
- yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
- rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga
ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-
sonli buyrug‘i bilan (2010 yil 11 oktyabrda 2146-raqami bilan ro‘yxatga olingan)
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma
tasdiqlandi. Ushbu hujjat milliy byudjet tasnifini davlat moliyasi tasnifining
xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2011
yilning 1 yanvaridan amalga kiritila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Budet kodeksining 21-moddasida Byudjet tizimi
byudjetlaridaromadlarining tasnifi keltirilgan. Unga ko‘ra Byudjet tizimi
776
byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari
bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan
iborat:
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi
kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu
byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha
kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek
soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat
bo‘ladi.
Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat
bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni
ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash
maqsadida qo‘llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy
birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli
ko‘rinishga ega:
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
hududiy tasnif.
777
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Byudjet tizimi byudjetlari
mablag‘larining manbalari va
darajalari tasnifi
Daromadlarning
turlari
Tashkiliy
tasnif
Hududiy
tasnif
X XXX X X
X XXX XXX
XXX
XX XXX
Do'stlaringiz bilan baham: