tizimining ahamiyati
2.
G’aznachilik dasturiy majmuasining faoliyati mexanizmi
3.
Byudjet g’azna ijrosini ta’minlashda “UzASBO” avtomatlashtirilgan
tizimi xususiyatlari
4.
G’aznachilikda axborot tizimining rivojlanish istiqbollari
1.Byudjet g’azna ijrosini ta’minlashda g’aznachilik yagona
axborot tizimining ahamiyati.
Jahondagi har qanday rivojlangan davlatlar o‘z yalpi ichki
mahsulotining yirik qismini maqsadli va manzilli qayta taqsimlashga, mamlakat
iqtisodiyotini erkin hamda xalqaro tajriba tamoyillari asosida rivojlantirishga,
davlat moliyaviy resurslari yo‘nalishlari, uning xarajatlarini to‘g‘ri samarali
amalga oshirilishi va nazoratini ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy davlat
byudjeti g‘azna ijrosini takomillashtirib borishni talab etadi. Davlat aktiv va
majburiyatlarini hisobini yuritishning yagona tizimini qo‘llash, natijaga
yo‘naltirilgan byudjet ijrosi, byudjet jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida real vaqt
rejimida uzluksiz elektron hujjatlar aylanish tizimi joriy etish, to‘lovlarni yagona
667
hisobvaraqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet birliklari tomonidan mustaqil amalga
oshirish, shuningdek, davlat qarzini boshqarish, tahlil qilish va hisobini yuritgan
holda milliy iqtisodiyotga joriy etishning afzalliklarini belgilab beradi. Bu borada
rivojlangan davlatlar tajribasi va ilmiy yutuqlarini tadqiq etish g‘aznachilik tizimini
taraqqiyoti uchun, shuningdek, tizimlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning barcha
sohalariga tegishli qonunchilik baza yaratilishi va o‘z navbatida mamlakatlarning
moliyaviy barqarorligining mustahkamlanishi, byudjet mablag‘laridan samarali
foydalanish va o‘z navbatida mamlakatning xalqaro reytingida o‘rni yuksalishi
uchun muhim omil hisoblanadi.
Respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish
doirasida davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etilgan.
G‘aznachilikning joriy etilishi byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida
tushishi hamda xarajatlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni
kuchaytirish va pul oqimlarini samarli boshqarish imkonini bermoqda. 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni
ijtimoiy
yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida
mutanosiblikni ta’minlash, byudjetning daromad qismini mustahkamlashga
qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish”
1
bo‘yicha ustuvor
vazifalar doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal
sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda
189
.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bu – hisob va axborot
texnologiyalari tizimiga asoslangan davlat byudjeti xarajatlariga moliyaviy
resurslarni yetarli bo‘lishini ta’minlash hamda davlat byudjetining daromadlari
va xarajatlari hisobi olib borilishi borasidagi iqtisodiy munosabatlardir.
189
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari to‘plami, 2017 y. №6 (766)-son.
668
Shu bilan bir qatorda, davlat byudjetining ijrosida uning kassa ijrosi
ya’ni tushumlar va to‘lovlar xisob-kitobi muhim o‘rin tutadi. U davlat byudjeti
ijrosining markaziy qismi hisoblanadi.
Byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan
axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Byudjet tizimi
katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi. Byudjet
jarayonining axborot oqimlari oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
asos bo’lib xizmat qilgani holda, ularni soddalashtirilgan tarzda qayta ishlash va
avtomatlashtirish uchun bir tizimga solish va tartibga keltirish talab etiladi. Shu
sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan bu muammoning muhim ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, davlat moliyasini
boshqarishning axborot tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul
qilingan va maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu axborotlarni tezlik bilan qayta ishlash
uchun mo’ljallangan iqtisodiy-matematik metodlar, modellar, dasturlar va
texnologik vositalar yig’indisidir.
Byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimilari
real vaqt rejimida byudjet jarayoni (shu jumladan, byudjet ijrosi) axborot
oqimlarinining kompleks hisobini olib borish va iqtisodiy tahlilini amalga oshirish
imkonini berali, ma’lumotlarning haqqoniyligi va tezkorligini oshiradi va operativ
tarzda tegishli oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi
190
.
Tabiiyki,
mamlakatimizda
byudjet
jarayonini
boshqarishning
avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotgan bo’lib, byudjet jarayonini boshqarishni to’liq
avtomatlashtirish, ya’ni real vaqt (on-line) rejimida byudjet jarayoni axborot
makonini yaratish maqsad qilib qo’yilgan.
190
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
669
G’aznachilik faoliyatida daromadlarni byudjetlarning turli pog’onalari o’rtasida
taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning smeta xarajatlari ijrosini amalga
oshirish va Davlat byudjeti ijrosi liisobotlarini tayyorlashni inobatga olgan holda
Davlat byudjetining kassa ijrosi bajariladi. Tegishli byudjetlar daromadlari va
xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarni ogohlantirishni ta’minlaydigan yagona
g’aznachilik hisobi yuriladi, hamda hududiy g’aznachilik hisoblarini tatbiq qilish
orqali Davlat byudjeti mablag’lari boshqariladi.
G’aznachilikni samarali faoliyat ko’rsatishining asosiy shartlaridan biri
zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanishdir. Shuning
uchun bugungi kunda g’aznachilik ishini axborotlar bilan ta’minlash tizimisiz
tasawur etib bo’lmaydi. Shuni aytib o’tish kerakki, g’aznachilik organlarini
zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa uzatish vositalari bazasida
axborotlar bilan ta’minlash g’aznachilikni joriy etish bilan birga parallel ravishda
olib boriladi. G’aznachilik organlarining barcha bosqichlarini, byudjetdan mablag’
oluvchilarni va byudjet mablag’i taqsimlov-chilarining o’zaro aloqasini elektron
axborotlar bilan ta’minlaydigan va avtomatlashtirilgan tizimga rahbarlikni amalga
oshiradigan axborot bo’limi ishlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko’pgina moliyaviy,
analitik va boshqaruv operatsiyalarni va ularning talablariga javob beradigan
egiluvchan va samarali axborot tiziminining faoliyati ish boshladi. O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligimng axborot tizimi joriy qilingan resurslardan
maksimal foydalanish, iloji boricha ishlovchining savollariga javob berishi,
axborotlarni saqlash uchun tarkiblash-tirilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun
bunday axborot tizimini tarkiblashtirishda tizim modullarini yaratish
arxitekturasini loyihalashtirishda, eng awalo, axborot tizimining arxitektura
konsepsiyasini ko’rib chiqildi. Har bir murakkab tizimni joriy qilishning asosiy
aspektiuning axborot arxitekturasini yaratish hisoblanadi. Odatda, bunday
murakkab axborot tizimlari yuqori darajada o’zaro aloqada o’zi alohida tizim
bo’lgan komponentlarning yig’indisi sifatida loyihalashtiriladi. O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachiligining axborot tizimi arxitekturasi —
670
axborot texnologiyalari qo’yilgan maqsadga erishishni qo’llab-quvvatlaydigan aniq
maqsadni ifodalaydi, bu maqsadga erishish uchun axborot tizimi qanday ishlarni
qilishi kerakligini ko’rsatadigan moduldir
191
.
Bugungi kunda g‘aznachilik bilan byudjet jarayonining boshqa
sub’ektlari o‘rtasidagi axborot va huquqiy o‘zaro hamkorlikni tashkil
qilish
bilan bog‘liq
muammolar o‘z aksini topgan (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |