Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


  O’zbekistonda davlat xaridlari tizimi samarali faoliyatini ta’minlash



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

5.  O’zbekistonda davlat xaridlari tizimi samarali faoliyatini ta’minlash 

istiqbollari 

 

        Davlat  byudjeti  xarajatlarining  asosiy  qismi  davlat  xaridlari  orqali  amalga 



oshiriladi. Byudjet mablag’lari oqilona sarflanishi mazkur jarayonlarda ochiqlikni 

ta’minlaydi.  Bu  korruptsiyaga  yo’l  qo’yilmasligida  katta  ahamiyatga  egadir. 

Ta’kidlash  joizki,  me’yoriy  hujjatlarda  huquqiy  asos  aniq,  uyg’un,  to’liq  aks 

ettirilmagan va ko’pgina qarama-qarshiliklar mavjudligini ko’rish mumkin edi. Bu 

kabi kamchiliklar natijasida davlat xaridlarining tejamliligi, samaradorligiga putur 

etgan.  Barcha  ishtirokchilarga  nisbatan  teng  va  xolisona  munosabatda 

bo’linmagan.  Insofli  etkazib  beruvchilar  uchun  davlat  xaridlari  bozorining 

jozibadorligi hamda raqobatdoshligi ta’minlanmagan edi. 

         Yangi huquqiy hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini tartibga 

solish,  shu orqali  davlat  xaridlari  ishtirokchilarining  ishonchini  oshirishga xizmat 

qiladi.  Davlat  xaridlari  sohasida  maxsus  vakolatli  organni  belgilash  ushbu 

jarayonlarni  to’liq  nazorat  qilish,  tahlil  yuritish  va  takomillashtirish  imkonini 

yaratadi. 

        2018  yil  9  aprel  kuni  “Davlat  xaridlari  to’g’risida”gi  O’zbekiston 

Respublikasi  Qonuni  qabul  qilindi.  Qabul  qilingan  qonun  davlat  xaridlari 



653 

 

ochiqligini va shaffofligini hamda, bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini 



ta’minlashga  xizmat  qilishi  nazarda  tutilgan.  Shuningdek,  davlat  byudjeti, 

markazlashtirilgan  manbalar  va  davlat  ulushiga  ega  bo’lgan  korxonalar 

mablag’laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. 

      Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, undan ikkitasi davlat xaridi 

bo’yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib-

taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo’li bilan 

ta’minlanadi. 

      Qonun  bilan  xalqaro  standartlarni  hisobga  olgan  holda  birinchi  bor  yagona 

etkazib beruvchida xaridni amalga oshirish kabi xarid tartib-taomili turi amaliyotga 

kiritildi. Hujjat davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda, 

xalqaro  tajribani,  shu  jumladan,   BMTning  Xalqaro  savdo  huquqi  bo’yicha 

Komissiyasining  (YuNSITRAL)  model  qonunchiligining  asosiy  qoidalarini, 

Evropa  Ittifoqi,  AQSh,  Rossiya,  Belarus,  Qozog’iston  va  boshqa  davlatlar 

qonunchiligini hisobga olgan. 

      

Davlat xaridi tizimida shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida yangi 



qonunda elektron davlat xaridining davlat boshqaruvi tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy 

sohalarni  isloh  qilish  sharoitida  resurslardan  oqilona  foydalanish  mexanizmlarini 

ishlab  chiqish,  nazorat  qilishning  zamonaviy  shakl  hamda  uslublarini  joriy  etish 

ko’zda tutilgan. 

     Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  davlat  va  korporativ  xaridlarining  hamda 

tender  savdolarini  tashkil  etishning  amaldagi  tartibi  zamonaviy  talablarga  javob 

bermaydi.  Turli  xil  korruptsiya  ko’rinishlari  uchun  sharoit  yaratadigan  ko’plab 

kelishish  bosqichlari,  bir-birini  takrorlaydigan  tartib-taomillar  va  sansalorlik 

holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho’zilishi, narx-navoni 

manipulyatsiya  qilish,  tovarlarning  sifati,  tavsifi  haqidagi  ma’lumotlarni  buzib 

ko’rsatish  va  elektron  savdoda  tuzilgan  bitimlar  bo’yicha  tovarlarni  etkazib 

bermaslik  holatlari  ko’plab  kuzatildi.  Qonun  davlat  dasturlarini,  Prezident 

farmonlari,  qarorlari  hamda  farmoyishlari,  hukumat  qarorlarida  nazarda  tutilgan 



654 

 

loyihalar,  korxona  va  tashkilotlarning  xo’jalik  faoliyatini  ro’yobga  chiqarishda 



amalga oshiriladigan davlat xaridlariga nisbatan amal qiladi.  

      Qonundagi muhim masalalardan yana biri shuki, davlat xaridlarining ochiqligi, 

shaffofligini  ta’minlash  maqsadida  tegishli  davlat  organlariga,  davlat  xaridlari 

sub’ektlariga,  jamoatchilikka  davlat  xaridlari  to’g’risidagi  axborotdan  to’liq,  o’z 

vaqtida,  erkin  va  bepul  foydalanish  imkoniyati  yaratilmoqda.  Bundan  tashqari, 

Qonunda 


amalga 

oshiriladigan 

loyihalarning 

maqsadga 

muvofiqligi, 

asoslantirilgani  va  rentabelligini  tahlil  qilish,  baholash  qoidalari  ifoda  etilgan. 

Ularning  qiymatini  oshirib  ko’rsatish  va  boshqa  suiiste’molchilik  alomatlarini 

aniqlashni  ta’minlaydigan  me’yorlar  kiritilgan.  Qonunda  shuningdek,  davlat 

xaridlari  tartib-taomilini  amalga  oshirish,  shartnoma  tuzish  va  uni  ijro  etish 

qoidalari  belgilangan.  Etkazib  beruvchi  va  buyurtmachi  o’rtasida  yuz  berishi 

mumkin  bo’lgan  nizolar  hamda  kelishmovchiliklar  ustidan  shikoyat  qilish,  ularni 

hal  etish  chog’ida  shaffoflikni  ro’yobga  chiqarishni  nazarda  tutuvchi  me’yorlar 

ham o’rin olgan.  

        Qonunda  byudjet  mablag’larining  maqsadli  va  to’g’ri  sarflanishini  nazorat 

qilish,  davlat  xaridlari  ishtirokchilariga  qulay  sharoitlar  yaratish  maqsadida 

vakolatli  organ  belgilandi.  Vakolatli  organ  davlat  xaridlarini  tashkil  etish  va 

o’tkazish  tizimini  rivojlantirish  bo’yicha  davlat  dasturlarini  ishlab  chiqadi  hamda 

amalga  oshiradi.  Davlat  xaridlarini  tashkil  etish  va  o’tkazish  bo’yicha  qoidalar, 

uning  usuli  va  tartib-taomilini,  axborot  joylashtirish,  oshkor  qilish  hamda  undan 

foydalanish mezonini belgilaydi. 

     Ta’kidlash  kerakki,  davlat  xaridlari  sohasidagi  qonun  hujjatlari  talablari 

buzilishining  oldini  olish  dolzarb  masala  sanaladi.  Qonunbuzarlik  holatlarini 

aniqlash  va  unga  chek  qo’yishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  Hisob  palatasi,  Bosh 

prokuratura,  Prezident  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi  milliy  agentligi  hamda 

Moliya  vazirligi  zimmasiga  yuklatilgan.  Mazkur  davlat  idoralariga  sohani 

monitoring va nazorat qilish yuklatildi. 




655 

 

      Davlat  xaridlari  asosan  elektron  do’kon  orqali  amalga  oshirilishi  eng  muhim 

o’zgarish  bo’ladi.  Bu  tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun  yangi  imkoniyatlar  yo’lini 

ochadi. 


      Xarid  qilish  tartib-taomillari  davlat  va  jamoatchilik  nazoratida  bo’lishi  juda 

muhimdir.  Monitoring  yuritilishi  soha  samaradorligini  tahlil  qilish  imkonini 

oshiradi.  Xarid  qilish  tartib-taomillari  ustidan  jamoatchilik  nazorati  ochiqlik  va 

shaffoflik orqali  amalga oshiriladi.  Mazkur  qonun  yordamida  davlat xaridlarining 

o’ziga  xos  yangi  tizimini  yaratishga  erishiladi.  Natijada  byudjet  mablag’lari  va 

boshqa  markazlashgan  manbalar,  hukumat  kafolati  bilan  kredit  resurslaridan 

samarali  foydalanish  imkoni  ortadi.  Davlat  sektori  «narx-sifat»ning  o’zaro 

maqbulligida kerakli miqdorda zarur tovar, ishlar va xizmatlar bilan ta’minlanadi. 

Xaridlarni raqobat asosida amalga oshirishning ochiq va shaffof mexanizmi yo’lga 

qo’yiladi.  Eng  muhimi,  mazkur  jarayonlarda  korruptsiyaning  oldini  olish  yo’lida 

katta qadam qo’yiladi 

        Davlat buyurtmachisining  ikkita yangi kategoriyalari  kiritilgan    - 

byudjet  va 

korporativ  buyurtmachilarga  bo’linadi.  Byudjet  buyurtmachilar  tarkibiga  davlat 

organlari,  byudjet  tashkilotlari,  xarid  qilish  tartib-taomillarini  amalga  oshirish 

uchun  yuboriladigan  byudjet  mablag’larini  oluvchilar  kiradi.  Korporativ 

buyurtmachilar davlat korxonalari, ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda 

davlat  ulushiga  ega  bo’lgan  yuridik  shaxslar,  shuningdek,  ta’sischilar  tarkibida 

ustav fondi 50 foiz va undan ortiq qismini tashkil qiluvchi yuridik shaxslar bo’lishi 

mumkin. 


Qonunning  to’g’ridan-to’g’ri  amal  qilishini  ta’minlash  uchun  havolaki 

me’yorlardan  foydalanmaslik  maqsadida  elektron  do’kon,  tanlov,  tender  va 

auktsion o’tkazishning tartibi ham belgilab qo’yilgan.

     


         Tanlov  savdolari  o’rnatilgan  mezonlarga  javob  beradigan  tovar  (ishlar, 

xizmatlar)ning  barcha  turlariga  tatbiq  etiladi.  Ilgari  tanlov  savdolarini  o’tkazish 

mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi. 

      Xarid  qilish  tartib-taomillari  ustidan  monitoring  va  nazorat  tartibga 

solinmoqda.  Davlat  xaridlari  sohasidagi  shikoyatlarni  ko’rib  chiqish  bo’yicha 



656 

 

tuzilayotgan  Komissiyaning  faoliyati  xaridlarning  barcha  turlariga  tadbiq  etiladi. 



Ilgari  davlat  xaridlarini  nazorat  qilish  masalasi  tartibga  solinmagan,  nizo  va 

kelishmovchiliklar faqat  elektron savdolar bo’yicha  maxsus  komissiya  tomonidan 

ko’rib chiqilgan. 

       


“Faol  tadbirkorlik,  innovatsion  g’oyalar  va  texnologiyalarni  qo’llab-

quvvatlash  yili”da  xalqning  turmush  darajasini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  keng 

miqyosli  loyihalar  amalga  oshirildi.  Mazkur  ijobiy  o’zgarishlar  bozor  printsiplari 

asosida  hamda  keng  jamoatchilikning  faol  ishtiroki  bilan  yuz  berganligi  alohida 

e’tiborga  loyiqdir.  Mamlakatimiz  rahbari  bir  necha  marotaba  O’zbekistonni 

rivojlantirishning  yagona  yo’li  –  haqiqiy  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish,  deb 

ta’kidlagani ham bejizga emas. 

   O’tgan  yillarda  sodir  bo’lgan  katta  o’zgarishlar  bozor  infratuzilmasining  asosiy 

shakllaridan  biri  hisoblangan  birja  institutlari  sohasiga  ham  ta’sir  o’tkazdi. 

Xususan,  O’zbekiston  Respublika  tovar-xom  ashyo  birjasi  2018  yilda 

rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Bunga birinchi o’rinda tovar bozorlari, 

birja  faoliyati  va  elektron  tijoratni  rivojlantirish  bo’yicha  bir  qator  muhim 

me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi turtki berdi.   

       “O’zRTXB”  AJ  da  ochiq  birja  savdolari  orqali  ichki  va  tashqi  bozorlarga 

sotiladigan  tovarlar  hajmi  o’sdi  va  ularning  nomenklaturasi  kengaydi,  barcha 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  jumladan,  tadbirkorlarning  moddiy-texnika 

resurslaridan  foydalanish  imkoniyati  oshdi,  tovar  bozorlarida  sog’lom  raqobat 

kuchaydi  va  real  bozor  sharoitlarini  hisobga  olgan  holda  tovarlarga  narx 

belgilashning  zamonaviy  mexanizmi  joriy  etildi.  Shu  bilan  birga,  O’zRTXB  o’z 

mijozlari  uchun  yangi  xizmatlarni  taqdim  etgan  holda  biznes  jarayonlarga 

innovatsion echimlarni faol ravishda joriy etishni davom ettirdi. 

      Birjaning tovar aylanma dinamikasi uning faoliyatini baholashda eng muhim 

ko’rsatkichlaridan  biri  sifatida  o’tgan  yil  yakunlarini  yaqqol  namoyon  etmoqda. 

2018 yilda O’zRTXB da imzolangan bitimlarning qiymati 31,8 trln so’mni tashkil 

qildi,  bu  esa  2017  yilgi  natijadan  2,3  barobar  ortiq  ekanligini  ko’rsatdi.  Bundan 

birja  savdolarining  ulushi  90  foiz  yoki  28,7  trln  so’mni  tashkil  qiladi.  Sotuv 




657 

 

hajmining  real  o’sishi  quyidagi  birja  tovarlari  bo’yicha  qayd  etilgan:  Mineral 



o’g’itlar  –  8  karra, dizel  yoqilg’isi – 7 karra, qora metall prokati – 4  karra, paxta 

linti  – 2,5 barobar, tsement – 61%  va polipropilen – 40,2%  ga  oshgan.  Birjaning 

kotirovka  varag’iga  9,5  mingta  yangi  standart  shartnomalar  kiritilgan,  shu 

jumladan 112 ta yangi shartnomalar eksport pozitsiyalari uchun ochildi. 

     Birja  aylanmasining  o’sishi  natijasida  elektron  savdolarga  37  mingdan  ziyod 

yangi  mijozlar  jalb  etildi,  ularning  asosiy  qismini  tadbirkorlar  tashkil  qiladi.  Shu 

o’rinda  birjada  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  ishtirokida 

tuzilgan  bitimlarning  umumiy  hajmi  2017  yilga  nisbatan  70%  ga o’sib,  15,9  trln 

so’mga  etdi.  Ular birja  orqali  11,2  trln  so’mga  teng  tovarlarni  xarid qilishgan  va 

o’zlarining 4,7 trln so’mlik mahsulotlarini sotishgan. 

       Ushbu  ko’rsatkichlar  bir  tomondan  mamlakatimizda  son  va  sifat  jihatdan 

tadbirkorlik faoliyati rivojlanayotganligidan dalolat bersa, yana bir tomondan ular 

zamonaviy  savdo  operatsiyalarini  amalga  oshirishdan  asosli  ravishda  manfaatdor 

ekanligini ham namoyon etmoqda. 

           Shu  bilan  birga  O’zRTXBning  istiqbolli  yo’nalishlaridan  biri  hisoblangan 

elektron  tijorat  sohasida  ham  sezilarli  o’zgarishlar  qayd  etildi.  2018  yilda 

avtoraqam.uzex.uz  saytida  24,0 mingdan  ziyod  avtomobil  raqam belgilari  sotildi. 

Avtoraqamlar  savdosi  o’tgan  yilning  iyul  oyida  ularning  boshlang’ich  narxlari 

pasaytirilgandan so’ng keskin oshdi. Onlayn auktsion orqali sotilgan avtomobillar 

uchun davlat raqam belgilarining umumiy qiymati 121,7 mlrd so’mdan oshib ketdi, 

ularning  o’rtacha  bahosi  esa  5,1  mln  so’mni  tashkil  qildi.    Ko’rib  chiqilayotgan 

davr 


mobaynida 

ko’rgazma-yarmarka 

savdolari 

platformasida 

V2V 

kelishuvlarning  hajmi  1,1  trln  so’mdan  oshdi.  Bu  borada  eng  katta  ulushlarni 



kimyo sanoati (38%), metall mahsulotlari (14%), oziq-ovqat mahsulotlari (11%) va 

qurilish materiallari (5%) egallaydi. 

        2018 yildagi yana bir yangiliklardan biri “O’zRTXB” AJning davlat xaridlari 

bo’yicha  maxsus  axborot  portali  –  xarid.uz  ning  operatori  etib  tayinlanganligi 

bo’ldi.  Mazkur  portal  orqali  butun  respublika  bo’ylab  tovar  etkazib  beruvchilari, 

xususan  biznes  sub’ektlari  onlayn  rejimda  davlat  buyurtmalarini  amalga  oshirish 




658 

 

imkoniga  ega  bo’ldilar.  Bu  o’z  navbatida  davlat  xaridlarining  ochiqligini 



ta’minlash,  sohada  “xufiyona  iqtisodiyot”  elementlarini  bartaraf  etish  va  raqobat 

muhitini shakllantirishga xizmat qildi. 

       Shuni ta’kidlash kerakki, davlat xaridlarining elektron tizimiga kiritilgan yana 

bir muhim yangililiklardan biri bu – elektron xaridlarni faqat elektron raqamli imzo 

yordamida  amalga  oshirilishi  va  shartnoma  shartlarini  bajarilish  kafolatini  hisob-

kitob  kliring  palatasi  orqali  ta’minlanishi  bo’ldi.    Bularning  natijasida,  2018  yil 

davomida xarid.uz portali orqali qiymati 1,9 trln so’mdan ortiq 513 mingta bitimlar 

imzolandi. Shu bilan birga, byudjet va korporativ buyurtmachilar 320,0 mlrd so’m 

mablag’  tejab  qolishga  muvaffaq  bo’ldilar.  Tuzilgan  bitimlarning  96%  ga  yaqini 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga to’g’ri keldi. 

           O’zbekistonning  tashqi  dunyoga  yanada  kengrok  ochilishi  sharoitida 

“O’zRTXB”  AJ  rahbariyati  tashqi  aloqalarni  o’rnatish  va  xorijiy  hamkorlar, 

birinchi  navbatda,  yaqin  qo’shni  mamlakatlarning  birjalari  bilan o’zaro  manfaatli 

munosabatlarni  shakllantirishga  e’tibor  qaratdi.  Natijada  Qozog’istonning  “ETS” 

savdo  birjasi,  “Qirg’iziston  fond  birjasi”  AJ  va  “Belorussiya  universal  tovar 

birjasi” AJ bilan hamkorlik to’g’risida kelishuvlar imzolandi. “Moskva birjasi” AJ, 

“Sankt-Peterburg  xalqaro  tovar  –  xom  ashyo  birjasi”  AJ,  “Kaspiy”  tovar  birjasi” 

AJ, “Tojikistonning Osiyo fond birjasi” AJ va Turkiyaning “Borsa Istanbul” fond 

birjasi  bilan  birjalararo  ishbilarmonlik  aloqalari  o’rnatildi.  MDH  Xalqaro  birjalar 

uyushmasi,  Evro-Osiyo  fond  birjasi  Federatsiyasi  (FEAS)  va  Xalqaro  fyuchers 

uyushmasi (AFM) bilan o’zaro hamkorlik aloqalar yanada kuchaytirildi. 

      Imzolangan kelishuvlarni amalda tatbiq etish ishlari doirasida birja savdolarini 

tashkil qilish yuzasidan tajriba almashildi, savdo tizimlarini birlashtirish va o’zaro 

hamkorlik borasida seminarlar, forumlar va uchrashuvlar o’tkazildi, tomonlarning 

brokerlik  idoralari  o’zaro  akkreditatsiya  qilindi.  Shu  bilan  birga  Olma-ota  va 

Minsk  shaharlarida  O’zRTXBning  xorijiy  savdo  maydonchalari  ochildi.  Bundan 

ko’zlangan asosiy maqsad – mahalliy tovarlarni tashqi bozorlariga olib chiqishdan 

iboratdan.  Ana  shu  yutuqlar  samarasi  o’laroq,  birjada  amalga  oshirilgan 

eksportning  hajmi  2,1  karraga  oshib,  125,9  mln  AQSh  dollarni  tashkil  qildi. 



659 

 

Eksport  tushumida eng  katta ulushlarga  paxta  tolasi  (35%), polietilen  (29%),  mis 



(13%) va sanoat moyi (6%) ega bo’ldi. 

    


Davlat  xaridlarining  o’zi  O’zbekiston  respublika  tovar  xom-ashyo  birjasida 

tashkil  qilinadigan  elektron  savdolar  orqali  amalga  oshiriladi.  Ularga  barcha 

manfaatdor  tomonlarning  qatnashishiga  yo’l  ochishni  ta’minlash  uchun  har  bir 

tuman  bo’yicha  kichik  biznes  sub’ektlari  hamda  byudjetdan  mablag’  oluvchilar 

uchun  eng  qulay  joylarda  savdo  maydonchalari  va  brokerlik  kontoralari  tizimi 

tashkil qilinadi. 

G’aznachilik  uchun  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishni  hamda  joriy  va 

dastlabki  nazorat  samaradorligini  takomillashtirish  va  xalqaro  tajribalardan 

samarali  foydalanishga  e’tibor  qaratish,  g’aznachilik  operatsiyalarining  nazoratini 

takomillashtirish muhim vazifa etib belgilangan.  

Davlat  byudjeti  ijrosi,  shu  jumladan  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish 

jarayoni  ustidan  nazoratni  takomillashtirish  maqsadida  G’aznachilikning 

harakatlari  birinchi  navbatda  byudjet  tashkilotlarining  byudjet  va  shartnomaviy 

intizom  darajasini  oshirishga  yo’naltirilishi,  byudjet  tashkilotlarining  ta’minotchi 

tashkilotlar  bilan  shartnomalarini  G’aznachilik  tomonidan  ro’yxatga  olinishi  bu 

byudjet  tashkilotlarining  to’lashga  qodirligi  davlat  tomonidan  tasdiqlanadi  va 

ta’minotchi  tashkilot  uchun  byudjet  tashkiloti  tomonidan  shartnoma  shartlari 

bajarilmaganda, davlat tomonidan to’lov kafolati beriladi. 

Mamlakatimizda  davlat  va  korporativ  xaridlari  mexanizmini  yanada 

takomillashtirish,  tender  savdolarining  ochiqligi  va  shaffofligini  ta’minlash 

bo’yicha izchil va kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan,  elektron  savdolar  joriy  etildi,  O’zbekiston  Respublika  tovar-xom 

ashyo  birjasining  maxsus  axborot  portali  yaratildi,  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar) 

xaridi  bo’yicha,  shu  jumladan,  investitsiya  loyihalari  doirasida  ko’p  pog’onali 

idoralararo tender komissiyalari tashkil etildi. 

Shu  bilan  birga,  davlat  va  korporativ  xaridlarining  hamda  tender  savdolarini 

tashkil  etishning  amaldagi  tartibi  zamonaviy  talablarga  javob  bermaydi,  turli  xil 

korruptsiya  ko’rinishlari  uchun  sharoit  yaratadigan  ko’plab  kelishish  bosqichlari, 




660 

 

bir-birini  takrorlaydigan  tartib-taomillar  va  sansalorlik  holatlari  mavjud.  Bundan 



tashqari,  tender  jarayonlarining  cho’zilishi,  narx-navoni  manipulyatsiya  qilish, 

tovarlarning  sifati,  tavsifi  haqidagi  ma’lumotlarni  buzib  ko’rsatish  va  elektron 

savdoda  tuzilgan  bitimlar  bo’yicha  tovarlarni  etkazib  bermaslik  holatlari  ko’plab 

kuzatilmoqda. 

Byudjet  tashkilotlari  tomonidan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  xaridining 

amaldagi me’yorlari va tartibi tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, ularning eng 

zarurlari  (kantselyariya  buyumlari,  kompyuter  texnikasi  va  avtotransportni 

ta’mirlash) bilan normal va barqaror ta’minlashda qiyinchiliklar tug’dirmoqda. 

Oxir-oqibatda bu loyihalar, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlari 

mablag’lari  hisobidan  amalga  oshiriladigan  investitsiya  loyihalari  amalga 

oshirilishining kechiktirilishiga olib kelmoqda. 

       Narx-navoni  manipulyatsiya  qilish,  tovarlarning  sifati,  tavsifi  haqidagi 

ma’lumotlarni buzib ko’rsatish va elektron savdoda tuzilgan  

            Xo’jalik  jamiyatlari  va  strategik  ahamiyatga  ega  korxonalarning  joriy 

ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, 

ularning  eksport  salohiyatini  yuksaltirish  hamda  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulotlarning  raqobatdoshligini  oshirish  maqsadida  2018  yil  22  yanvarda 

“Xo’jalik  jamiyatlari  va  strategik  ahamiyatga  ega  korxonalar  faoliyatini  ko’llab-

quvvatlash  chora-tadbirlari  to’g’risida”    prezident  Qarori  PQ-3487-son  qabul 

qilindi. Ushbu qaror asosida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida 

tartibi belgilanaib, strategik ahamiyatga ega xo’jalik jamiyatlari va korxonalarining 

ro’yxati  tasdiqlandi  va  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi 

ho’jalik sub’ektlari uchun tartib belgilandi. 

U

nga muvofiq:



 

-  xo’jalik  jamiyatlari  va  strategik  ahamiyatga  ega  korxonalarning  joriy 

ishlab  chiqarish  faoliyatida  ishlatiladigan,  summasidan  qat’iy  nazar,  eng  yaxshi 

takliflarni tanlab olish yo’li orqali, xo’jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega 

korxonalari  tomonidan  tuziladigan  va  ularning  rahbarlari  tomonidan 

boshqariladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan uskunalar, 

xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni, shuningdek, ishlar 



661 

 

va xizmatlarni xarid qilish, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga 



ega; 

- ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq bo’lgan summadagi tovarlarni 

(ishlar,  xizmatlarni)  xarid  qilishga  bo’lgan  texnik  topshiriqlar  O’zbekiston 

Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida majburiy kelishuvdan o’tkaziladi; 

-  belgilangan  tartibda  tutilgan  tartibda,  eng  yaxshi  takliflarni  tanlab  olish 

natijalari  bo’yicha  tuzilgan  barcha  kontraktlar,  shu  jumladan,  import  kontraktlari 

O’zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligida  majburiy  ro’yxatdan 

o’tkazilishi lozim. 

Shu bilan birga ushbu tartib: 

-  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirish  davlat  dasturlarini  amalga 

oshirish  doirasida  xo’jalik  jamiyatlari  va  strategik  ahamiyatga  ega  korxonalari 

tomonidan amalga oshirilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlariga; 

-  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  va 

O’zbekiston  Respublikasi  kafolatlari  orqali  jalb  qilinayotgan  kreditlar  hisobidan 

moliyalashtiriladigan kontraktlarga tatbiq etilmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Davlat bojxona qo’mitasi 

bilan  birgalikda  xo’jalik  jamiyatlari  va  strategik  ahamiyatga  ega  korxonalar 

tomonidan  qat’iyan  joriy  ishlab  chiqarish  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  olib 

kelinayotgan  uskunalar,  xomashyo,  materiallar,  ehtiyot  qismlar  va  butlovchi 

buyumlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatilish belgilandi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  7  fevraldagi  PQ-1475-

sonli  “Davlat  xaridlari  tizimini  maqbullashtirish  va  ularga  kichik  biznes 

sub’ektlarini jalb etishni kengaytirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Davlat  xaridlari  bo’yicha  hukumat 

komissiyasi tashkil qilindi. Hukumat komissiyasiga O’zbekiston respublika tovar-

xom  ashyo  birjasi  tomonidan  tashkil  etiladigan  elektron  savdolarda  amalga 

oshiriladigan  davlat  xaridlari  bo’yicha  tovarlar  ro’yxatini  aniqlash  hamda  kichik 

biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar bo’yicha tovarlar (ish, 




662 

 

xizmat) guruhiga o’rnatilgan minimal ulushlar (kvota) miqdorini belgilab borish va 



boshqa vazifalar topshirilgan.  

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  O’zbekiston  respublika  tovar-xom  ashyo 

birjasi  tomonidan  tashkil  etiladigan  elektron  savdolarda  amalga  oshiriladigan 

davlat  xaridlari  bo’yicha  tovarlar  ro’yxati,  kichik  biznes  sub’ektlari  tomonidan 

amalga  oshiriladigan  xaridlar  bo’yicha  tovarlar  (ish,  xizmat)  guruhi  va  ularga 

o’rnatilgan  minimal  ulushlar  (kvota)  miqdori  to’g’risida  maxsus  tasdiqlangan 

jamlanma  jadvalga  muvofiq  xarajatlarni  amalga  oshirishlari  talab  qilinadi. 

Byudjetdan mablag’  oluvchilar 2011yilning  1  aprelidan boshlab  yuqoridagi qaror 

bilan  tasdiqlangan  markazlashgan  mablag’lar  hisobiga  davlat  ehtiyojlari  uchun 

to’liq  (100  foiz  miqdorda)  kichik  biznes  sub’ektlari  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  xaridlar  bo’yicha  tovarlar  (ish,  xizmat)  guruhiga  (PQ-1475-sonli 

qarorning 3-ilovasi) muvofiq faqatgina kichik biznes sub’ektlari bilan shartnomalar 

imzolashlari mumkin.  

Shuningdek,  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  2011  yilning  1  aprelidan 

boshlab  Hukumat  komissiyasining  2011  yil  15  fevraldagi  1-sonli  yig’ilish 

bayonnomasining

187

  2-  ilovasiga  muvofiq  kichik  biznes  sub’ektlari  tomonidan 



amalga  oshiriladigan  tovar(ish,  xizmat)lar  bo’yicha  davlat  xaridlarini  ularga 

o’rnatilgan  eng  kam  ulushlar  (kvota)  miqdorlaridan  kam bo’lmagan tarzda  kichik 

biznes sub’ektlari orqali amalga oshirishlari lozim. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchi  tashkilotlar  to’liq  (100  foiz  miqdorda)  kichik 

biznes  sub’ektlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  xaridlar  bo’yicha  maxsus 

axborot  portaliga  savdo  o’tkazish  yoki  elektron  savdo  o’tkazish  to’g’risida 

e’lonlarni  joylashtirishda,  e’lon  shartida  faqatgina  kichik  biznes  sub’ekti 

qatnashishi  mumkinligini  ko’rsatib  o’tishlari  lozim.  Bunda,  portalning  axborot 

bazasida  tegishli  ma’lumotlar  bo’lmagan  hollarda,  tovar  (ish,  xizmat)  etkazib 

beruvchilar  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  ushbu  e’lonlar  bo’yicha  savdoda 

qatnashish  uchun  tegishli  statistika  yoki  soliq  organlari  tomonidan  tasdiqlangan 

                               

187

 

Elektron ko’rinishda G’aznachilikning saytida joylashtirilgan (www.treasury.uz)



  


663 

 

tovar  (ish,  xizmat)  etkazib  beruvchining  kichik  biznes  sub’ektiga  kirishi 



to’g’risidagi ma’lumotni taqdim qilishlari lozim. 

4-jadval 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish