624
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo’yicha g’olib deb topilgan va u
bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari ijrochisidir:
- davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani ijro etish jarayonida
tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
- etkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;
- shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda shartnomani bekor qilishi;
- davlat xaridlari to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
- shartnomani uning shartlariga muvofiq ijro etishi;
- shartnomani ijro etish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli
davlat organiga uning so’rovi bo’yicha tushuntirishlar va axborot berishi
shart.
- Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari g’olibini tanlash to’g’risida
qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan kollegial organdir. Xarid komissiyasi
ishining asosiy maqsadi - ishtirokchilarning takliflarini buyurtmaga muvofiqlik
darajasi bo’yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari
raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g’olibni (g’oliblarni) tanlashdan
iborat.
Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat
ko’rsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan
va tarqatib yuboriladigan organdir.
Xarid komissiyasi – davlat buyurtmachisi
huzurida doimiy faoliyat ko’rsatadigan, xarid qilish tartib-taomillari g’olibini
tanlash to’g’risidagi qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan kollegial organ.
Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo’ladi (a’zolar tarkibi va soni
o’zgartirilishi mumkin), davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan
shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo’ladi, uning a’zolari tarkibi va
soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog’liq bo’ladi hamda olinayotgan
625
tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o’zgartirilishi
mumkin. Xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari
to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, o’zi qabul qilayotgan
qarorlarning asosliligi va beg’arazligi uchun javobgar bo’ladi.
Xarid qiymati
EKIH
ning 5 000 baravaridan yuqori bo’lganda, xarid komissiyasi
majlisi yuzma-yuz o’tkaziladi. Summa kamroq bo’lganda, sirtdan – so’rov orqali,
barchaning ishtirokisiz o’tkaziladi. Qiymati
EKIH
ning 5 000 baravaridan ortiq
miqdordagi davlat xaridlari o’tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga
Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasining va «O’zInjiniring» RLIning vakillari
kiritiladi.
Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- tanlov (tender) hujjatlarini kelishadi;
- takliflar qabul qilinadigan muddatlarni belgilaydi;
- takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi;
- takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi;
- taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi;
- xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga
oshiradi;
- malaka tanlovini o’tkazadi, agar tanlov (tender) hujjatlari shartlarida bu
nazarda tutilgan bo’lsa;
- xarid qilish tartib-taomillarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
- xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari ijrochisini va zaxira
ijrochisini belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi.
Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa sub’ektlari tomonidan
amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo’lmaydi. Xarid komissiyasi
tomonidan o’z vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha
ishtirokchilar uchun majburiydir.
Xarid qilish tartib-taomillari:
626
- xo’jalik faoliyati doirasida o’tkazilganda xarid komissiyasi davlat
buyurtmachisining vakillari orasidan, zarur bo’lgan taqdirda ovoz berish
huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi;
- loyiha faoliyati doirasida o’tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini
belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh
bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o’tkazish natijalari to’g’risida
qarorlar qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: