Elektron davlat xaridlarini o’tkazishning umumiy shartlari
Buyurtmachi va ishtirokchilar Hisob kitob Kliring Palatasidagi HKKPdagi
shaxsiy hisobvaraqlariga avans to’lovlarini kiritganlaridan so’ng elektron davlat
qo’yiladi.
Buyurtmachi va ishtirokchilar elektron xaridlardagi ishtiroklarini elektron
raqamli imzolaridan (foydalangan holda amalga oshiradi. Buyurtmachi va
ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan
shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Buyurtmachi va
ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma majburiyati bajariladigan
vaqtga qadar yoki shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor
qilingunga qadar xatlab qo’yiladi. Ishtirokchilarning zakalati boshqa ishtirokchilar
tomonidan pastroq narxdagi taklif berilgunga qadar xatlanadi.
641
5-rasm. Konkurs savdolarini tashkil etish tartibi
Elektron xaridlar elektron do’konda yoki elektron auktsionda amalga
oshiriladi.
Buyurtmachi ro’yxatga kirmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) elektron
xaridlar vositasida xarid qilishi mumkin. Operator tomonidan buyurtmachi va
ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik haqi miqdori qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda aniqlanadi.
Operatorning elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga
oshiradi:
642
kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot bo’yicha elektron
xaridlardan foydalanish;
elektron xaridlarni o’tkazish;
elektron xaridlar natijasi bo’yicha ishtirokchilarni aniqlash;
bitimni ro’yxatga olish va shartnomani shakllantirish.
Elektron
do’kon
ishtirokchilarning
takliflaridan
shakllantiriladi.
Ishtirokchining elektron do’konga qo’yilgan taklifi buyurtmachilarga yuborilgan
ommaviy ofertadir.
Elektron do’konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin:
bir shartnoma bo’yicha eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan
(byudjet buyurtmachilari uchun eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan)
oshmaydigan, biroq bir yilda bir buyurtmachi uchun eng kam ish haqining ikki
ming besh yuz baravari miqdordagi summadan ko’p bo’lmagan tovarlar;
bir buyurtmachi uchun eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan
oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar.
Ishtirokchi elektron do’konga joylashtirilgan o’z taklifida quyidagilarni
ko’rsatadi:
taklif etilayotgan tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
sotish narxi;
tovarning eng ko’p va eng kam to’pi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat
asosida);
tovarning fotosurati;
tovar etkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko’rsatiladigan) hudud;
tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat to’g’risidagi
axborot;
kafolat shartlari va muddati to’g’risidagi axborot;
tovar ishlab chiqarilgan yil;
tovarning yaroqlilik muddati;
ishni bajarish, xizmatni ko’rsatish muddati;
643
zarur bo’lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki
sertifikat mavjudligi to’g’risidagi axborot.
Ishtirokchi elektron do’konda joylashtirilgan axborotning ishonchliligi
bo’yicha to’liq javobgar bo’ladi.
Ishtirokchining ofertasi u elektron do’konga joylashtirilgan paytdan
boshlab o’n besh kalendar kun mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan
so’ng ishtirokchi uni yana o’n besh kalendar kunga aktivlashtirishi mumkin.
Oferta buyurtmachi tomonidan aktseptlangunga qadar ishtirokchi ofertani
har qanday muddatda chaqirib olishi yoki unga tuzatishlar kiritishga haqli.
Buyurtmachi elektron do’konda ishtirokchilarning ofertalarini o’rganish
yo’li bilan o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish,
xizmat) tanlangach, xarajatlar moddasini belgilagan holda narxlar so’rovi
mexanizmidan foydalanadi.
Portal avtomatik rejimda, narxlar so’rovi mexanizmini amalga oshirgan
holda elektron do’konda o’xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan
barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to’g’risida
takliflar yuborilishini ta’minlashga majbur.
Narxlar so’rovi mexanizmi, buyurtmachiga o’xshash tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narxni so’rash imkoniyatini
taqdim etadigan elektron tizimning funktsiyasidan iborat .
Ishtirokchilar narxlar so’rovida ishtirok etish to’g’risidagi taklif portal
tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o’z takliflarini
berishga haqli.
Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so’rovida ishtirok
etish to’g’risidagi taklif buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining
ofertasiga havolani o’z ichiga oladi. Ishtirokchilar narxlar so’rovida ishtirok etish
haqidagi taklifni olgan vaqtdan boshlab buyurtmachi tomonidan tanlangan oferta
narxidan pastroq narx bo’yicha taklif kiritishga haqli.
Buyurtmachi va ishtirokchilar xaridlarni elektron do’konda tartib-taomili
orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag’iga ishtirokchi
644
oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi. Agar narx so’rovi
mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan
tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo’lsa, ishtirokchi buyurtmachi
tomonidan tanlangan ofertaning narxi va o’zi tomonidan taklif etilgan narxning
farqi miqdoridagi qo’shimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun
oldindan kiritishi shart.
Qo’shimcha zakalat mavjud bo’lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron
tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo’yicha takliflarni taqqoslash
portal tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Ishtirokchilar to’g’risidagi
ma’lumotlardan buyurtmachi yoki ishtirokchilar yakuniy natijalar e’lon qilinguniga
qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va uning taklif qilgan narxi g’olib
aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi.
Portal shartnomani buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining
ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif
etilgan eng past narxda shakllantiradi.
Portal tuzilgan bitimni ro’yxatga oladi, buyurtmachi va ishtirokchining
shaxsiy hisobvarag’idan operatorning vositachilik haqini echib oladi. Bitimni
ro’yxatga olish elektron tizim tomonidan shartnomani shakllantirish va unga o’ziga
xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
Portalda ro’yxatdan o’tkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki
taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, portal buyurtmachi va ijrochi o’rtasidagi
bitimni ro’yxatdan o’tkazadi.
Xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko’ra elektron do’konda tovar (ish,
xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo’lsa, buyurtmachi
mustaqil ravishda tanlangan etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali
to’g’ridan-to’g’ri xaridni amalga oshirishga haqli. To’g’ridan-to’g’ri xarid
natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan
kechiktirmay portalga joylashtirilishi lozim. To’g’ridan-to’g’ri xarid uchun
javobgarlik buyurtmachining zimmasida bo’ladi.
645
Do'stlaringiz bilan baham: |