birjasining ma’lumotlar bazasini elektron bog’lash yo’li orqali byudjetdan mablag’
oluvchilar birja tomonidan markazlashgan tartibda avtomatik tarzda buyurtmachi
birjasida tashkil etilgan elektron savdolarga mustaqil ravishda yoki agentlar
o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasiga asosan belgilanadi. Topshiriq
638
1) Agentlarga xizmati uchun to’lovlar (O’zbekiston respublika tovar xom-
ashyo birjasi hamda Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan
belgilangan miqdorda);
2) Birjaning vositachilik xizmati (elektron savdolarda tuzilgan bitim
summasining 0,05 foizi miqdorida);
3) Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portaliga
joylashtirganligi uchun to’lovlar (e’lonlar agentlar orqali maxsus axborot portaliga
joylashtirilgan hollarda – O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi hamda
Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan miqdorda).
Shuningdek, topshiriq shartnomasida shartnoma maqsadi, hisob-kitob qilish
tartibi, buyurtmachi va agentning majburiyatlari, tomonlarning javobgarligi,
shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlar ko’rsatiladi. Topshiriq
shartnomasida summa belgilanmaydi. Byudjetdan mablag’ oluvchi va agent
o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomalari asosiy shartnoma vazifasini o’taydi va
ular Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatga
olinmaydi, ya’ni faqatgina ularning hisobi yuritiladi. Byudjetdan mablag’
oluvchilar agentlar bilan topshiriq shartnomasini tuzayotganda ularga rahbar va
bosh hisobchining imzo namunalari kartochkalarini keyinchalik birjaning hududiy
bo’linmalariga etkazish uchun taqdim qiladilar.

639
4-rasm. Byudjet tashkilotlarini birjada ro’yhatdan o’tkazish
Birja va agentlar xizmatlariga avans to’lovlari byudjetdan mablag’ oluvchi
tomonidan Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalariga taqdim
qilingan talabnomalar asosida aniqlanadi (birja va agentlar xizmati bo’yicha
xarajatlar, tovar (ish, xizmat) olinayotgan modda bo’yicha, tegishli
talabnomalarning jamlamalari asosida aks ettiriladi).
Byudjetdan mablag’ oluvchilar davlat xaridlari to’g’risida o’z vaqtida e’lon
qilish uchun ular tomonidan xaridlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan oydan
ilgariroq xaridlar rejasini tuzishlari kerak.
640
Hukumat komissiyasi belgilagan, alohida tovarlar (ish, xizmat) bo’yicha
O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasida tashkil etilgan elektron savdolar
orqali amalga oshiriluvchi, davlat xaridlari bo’yicha xaridlar rejasi alohida bo’lishi
lozim. Byudjetdan mablag’ oluvchilar elektron savdolarda qatnashish to’g’risida
davlat xaridlarini amalga oshirish uchun talabnomalarni maxsus axborot portaliga
joylashtirishdan avval xarajatlar smetasida etarli mablag’ mavjudligini hamda
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat (XTR)
berilganligini inobatga olishlari lozim. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning bosh
hisobchilari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan berilgan XTRni har bir davlat
xaridlari bo’yicha e’lonlar va talabnomalarga to’g’ri taqsimlanishi va ishlatilishiga
javobgardirlar, shu bilan birga, tayyorlangan xaridlar rejasiga muvofiq O’zbekiston
respublika tovar xom-ashyo birjasi maxsus axborot portaliga e’lonlarni o’zlari
mustaqil yoki agentlar orqali kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: