Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


Maxsus  axborot  portali  operatori



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

        Maxsus  axborot  portali  operatori  -  maxsus  axborot  portalining  uzluksiz 

ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, 

mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari 

va axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda uyg’un ishlashini ta’minlaydi; 

-  qonun  hujjatlariga  muvofiq  axborotning  elektron  shaklda  saqlanishini,  shu 

jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini ta’minlaydi; 

-  maxsus  axborot  portalida  davlat  boshqaruvi  organlari  o’rtasida  axborot 

almashinuvini tashkil etadi; 

-  maxsus  axborot  portalini  O’zbekiston  Respublikasi  hududidagi  apparat-

texnika vositalariga joylashtiradi; 

-  vakolatli  organ,  O’zbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  bo’yicha  davlat 

qo’mitasi,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

«O’zinjiniring»  respublika  loyihalashtirish  instituti  bilan  hamkorlikni 

amalga oshiradi. 

         O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  davlat  xaridlarini  amalga 

oshirish bo’yicha vakolatga ega: 

-  davlat  xaridlari  sohasida  byudjet  tizimi  byudjetlari  mablag’laridan  oqilona 

foydalanishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 

-  xarid  qilish  tartib-taomillari  turlarini  takomillashtirish  va  ularning 

qo’llanilishini kengaytirish bo’yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlarining keng 

ishtirokini nazarda tutuvchi takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi; 



627 

 

-  vakolatli organ bilan birgalikda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining 



davlat  xaridlari  sohasidagi  ishlarini  muvofiqlashtiradi  hamda  ularga 

yo’nalish beradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi. 

 davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirlii    davlat  xaridlari  sohasidagi  vakolatli 

organdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475-

sonli  “Davlat  xaridlari  tizimini  maqbullashtirish  va  ularga  kichik  biznes 

sub’ektlarini  jalb  qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  qarorida  ko’rsatilgan 

vazifalarning  bajarilishini  ta’minlash  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2011  yil  1  apreldagi  100-son

 

qaroriga



 

  huzurida  Davlat  xaridlari 

bo’yicha  hukumat  komissiyasi  tashkil  qilindi  va  uning  ishchi  organi  etib 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  deb  belgilangan  edi.  

2017  yildan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi 

milliy agentligi  davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi. 

Vakolatli organ: 

davlat xaridlari sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; 

davlat xaridlarini  tashkil  etish  va  o’tkazish  tizimini rivojlantirish  bo’yicha 

davlat  dasturlarini  ishlab  chiqish  hamda  ro’yobga  chiqarishning  samaradorligi  va 

shaffofligini oshirish bo’yicha choralar ko’radi; 

maxsus  axborot  portalining  operatorini  va  uning  davlat  xaridlarini  tashkil 

etish hamda o’tkazish borasidagi faoliyati qoidalarini belgilaydi; 

taklifni  baholash  va  taqqoslash  usullarini  hamda  mezonlarini,  shuningdek 

davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  usulini  tanlash  tartibini  va  ularning  tartib-

taomilini belgilaydi; 

iqtisodiy  jihatdan  eng  foydali  taklifni  baholash  usulini  qo’llash  tartibini 

(baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) belgilaydi; 

davlat  xaridlari  bo’yicha  axborotni  joylashtirish,  oshkor  qilish  va  undan 

foydalanish  tartibini  hamda  hajmlarini,  shuningdek  tovarga  (ishga,  xizmatga) 

hamda  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  usuliga  qarab  e’lon  qilishga  doir 

qo’shimcha talablarni belgilaydi; 




628 

 

xarid  qilish  tartib-taomillarini  o’tkazish  to’g’risidagi  e’lonlarning, 



xabarning,  xarid  qilish  hujjatlarining,  xarid  qilish  tartib-taomili  ishtirokchisi 

taklifining,  xarid  qilish  tartib-taomilida  ishtirok  etish  uchun  buyurtmanomalarni 

ko’rib chiqish va baholash bayonnomasining namunaviy nusxalarini tasdiqlaydi; 

Insofsiz ijrochilarning yagona reestrini shakllantirish tartibini belgilaydi; 

davlat  xaridlaridagi  shartnoma  majburiyatlarini  bajarish  masalalariga  doir 

nizolar  va  kelishmovchiliklarni,  Davlat  xaridlari  sohasidagi  shikoyatlarni  ko’rib 

chiqish  bo’yicha  komissiyaga  kelib  tushgan  shikoyatlarni  ko’rib  chiqish  tartibini 

belgilaydi. 

Vakolatli  organ  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham 

amalga oshirishi mumkin. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish