435
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan
advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar
bo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro’yxatdan o’tkazish yoki
hisobga olish buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim
etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga
olingan shartnomaning nusxasi;
qo’shimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma
shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali.
Bunda qo’shimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb
qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan alohida toifadagi bemorlarni
imtiyozli retseptlar bo’yicha dori vositalari bilan ta’minlash uchun hududiy
sog’liqni saqlash bo’limlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari xarajatlar
smetasi doirasida, bemorlarga yozib berilgan retseptlar asosida berilgan dori
vositalari qiymatini to’lash uchun oldindan tanlov, tender yoki elektron savdolari
o’tkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga e’lon
joylashtirmasdan dorixona muassasalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar
tuzadi. Mazkur shartnomalar g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan
o’tkaziladi.
Bunda hududiy sog’liqni saqlash bo’limlari yoki ambulatoriya-poliklinika
muassasalari shartnoma summasidan kelib chiqib va xarajatlar smetasi doirasida
oylik summadan 15 foiz miqdorda har oylik oldindan to’lovni amalga oshiradi.
Yakuniy hisob-kitob dorixona muassasalari tomonidan haqiqatda etkazib berilgan
dori vositalari miqdoridan kelib chiqib yozib berilgan xisobvaraq-fakturalar
asosida amalga oshiriladi.
IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag’lari to’lash faqat qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
436
Buyurtmachilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda «O’qitish
xarajatlari», «Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari», «Boshqa
xarajatlar» va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish
bo’yicha yuridik majburiyatlari g’aznachilik bo’linmalarida buyurtmachilar
tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari
bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish tartibi
bo’yicha ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi:
ikki asl nusxada YuMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni o’tkazish
va boshqalar to’g’risidagi) buyrug’i nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar
tasnifining bir satrida mablag’lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga
tenglashtirilgan xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlari YuMMR buyurtmasi
asosida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi.
G’aznachilik bo’linmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki
Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtma taqdim
etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
- ko’rsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga
(hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va
imzolari mavjudligini;
- muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan
imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va
muhr iziga mosligini;
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga
(hisobga olishga) buyurtmalarda ko’rsatilgan summani shartnomada yoki
Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga)
buyurtmalarda ko’rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning
(byudjetdan ajratilgan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va
437
idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ
mablag’lari) mavjudligini tekshiradi.
Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan
o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari yuzasidan tekshirishda kamchiliklar
bo’lmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan
o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan so’ng to’rtinchi ish
kunidan kechikmasdan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan:
byudjetdan ajratilgan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —
Do'stlaringiz bilan baham: