ro’yxatdan o’tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko’rinishda yuritiladi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar
tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan
tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig’imlar,
badallar, soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha yuridik majburiyatlar) asosida
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berish
to’g’risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to’lovni amalga
oshirish nazarda tutiladi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan hollar bundan mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi
tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq
miqdorda avans to’lashi lozim bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari
ro’yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi
241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko’mir, benzin, dizel
yoqilg’isi, mineral o’g’itlar, shuningdek, avia va temir yo’l chiptalari, sanatoriylar,
dam olish zonalari va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar,
barcha turdagi shahar yo’lovchi transporti yo’l kartochkalari kabilarni xarid
qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to’lov
joriy etilgan.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo’yicha shartnomalari, ularga kiritilgan
o’zgartirish va qo’shimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o’tganidan va hisobga
qo’yilganidan so’ng G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
Bunda shartnomalarda ko’rsatilgan summalar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan
O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli
moliya yilining 31 dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli
ro’yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo’lgan kapital
430
ta’mirlash xarajatlari bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar
bundan mustasno.
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko’ra shartnoma
qo’shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu
shartnoma bo’yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl
nusxada Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga)
buyurtmasi
va
tovarlar
(ishlar,
xizmatlar)
etkazib
beruvchilarning
(pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor
qilinishiga qarshiligi yo’qligi to’g’risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga
oshiriladi.
Buyurtmachilarning (byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’
oluvchilar) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar (pudratchilar)
bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli
litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini so’rab oladi. Ushbu
hujjatlar nusxasi g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga
olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi,
mos ravishda, byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari
va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari
hajmi bilan chegaralanadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan
asosiy shartnomaga qo’shimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari o’tkazilishi
talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo’shimcha kelishuv bo’yicha To’lovlar
jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo’yicha
amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo’lmaslik sharti bilan tuzilishi
mumkin.
Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga
bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi (pudratchi) bilan
431
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo’yicha shartnomalar
tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g’azna hisobvarag’i va ulardan to’lov
summasi majburiy tartibda alohida ko’rsatiladi. Mazkur shartnomalar g’aznachilik
bo’linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo’limi va kichik bo’limi alohida
ko’rsatilgan holda ikki asl nusxada To’lovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi.
Bunda ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova
qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.
IV guruh bo’yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan - Davlat byudjeti
mablag’lari, kredit mablag’lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy
institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari
va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda
shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini tasdiqlovchi
birlamchi va boshqa hujjatlarni rasm iylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga
muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar
hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki
ish hajmi summasi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga muvofiq
yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar,
kvitantsiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik
majburiyatlarining ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda
amalga oshiriladi:
-
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash;
-
iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish
jamg’armasiga o’tkazish;
-
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag’lari umumiy
hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan
mablag’larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armalariga o’tkazish;
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to’lovlarni to’lash.
432
6-rasm. Shartnomalar tuzmasdan yuridik majburiyatlar yuzaga kelishiga asos
bo’luvchi hujjatlar
Quyidagi hollarda shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun mazkur
hujjatlarga qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, o’rta va mukammal
ta’mirlashda — nuqson dalolatnomasi;
b) bino va inshootlarni joriy va o’rta ta’mirlashda — loyiha-smeta
hujjatlarini (bajariladigan ishlar summasi O’zbekiston Respublikasi hududida
belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yuz baravaridan oshgan hollarda)
ekspertizadan o’tkazilganligi to’g’risida xulosa nusxasi, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno;
v) binolar, inshootlar va ichki xo’jalik yo’llarini mukammal ta’mirlashda:
Do'stlaringiz bilan baham: |