buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar
(pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo’shimcha va o’zgartirishlarni
ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi)
asosida g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi
to’lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari
424
bo’yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda
ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish
muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim,
kapital qo’yilmalar bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar
bundan mustasno.
Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv
mashinasida yozilgan holda to’ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o’chirib
yozishlar yoki to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi.
Kapital qo’yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib
beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari
va rekvizitlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kapital qo’yilmaga
xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar
doirasida, Davlat byudjeti mablag’lari, kredit mablag’lari, davlatlar, davlatlar
hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat
va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan
moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi
birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo’yilma
buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni
mobaynida shartnomada ko’rsatilgan summani shartnomada ko’rsatilgan
xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar,
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari
mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari,
muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo’yilma buyurtmachisi
tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida
ko’rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning mavjudligini
tekshiradi.