bo’linmalari tomonidan shartnomalar I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik va
moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar
«UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda
ma’lumotlarning to’g’riligi, o’zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun
o’zgarish va qo’shimchalar” O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20 noyabr 2017 yildagi 159-son
422
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar
g’aznachilik bo’linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini,
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan
buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi
129
.
Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g’aznachilik
bo’linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari g’aznachilik bo’linmalari
tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan
tasdiqlangan holda «O’RMV» ATda elektron tarzda ro’yxatdan o’tkaziladi yoki
hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko’rsatilgan
holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
«UzASBO» DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini
qog’oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko’rsatilgan summalarni to’lashga to’lov
hujjatlari ilova qilingan holda g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini
qabul qilganlaridan so’ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini
ko’rsatgan holda o’z imzolarini qo’yadi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida
YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli
manbalarning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari
va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ
mablag’lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to’lov hujjatlaridagi
summalarni YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarga muvofiqligi
yuzasidan tekshiradi.
Kamchiliklar bo’lmaganida g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari
tomonidan YuMMR buyurtmalari:
129
O’sha manba
423
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —
YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro’yxatdan o’tkazish raqami va
sanasini ko’rsatgan holda «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy
imzosini qo’yish yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki
asliga hisobga olish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Buyurtma
bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga
oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini
qo’yish yo’li bilan hisobga olinadi.
YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g’aznachilik
bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini
ko’rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
Kamchiliklari ko’rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to’g’risidagi
ma’lumot hisobi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan «O’RMV» ATda elektron
shaklda amalga oshiriladi.
YuMMR buyurtmasi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan
o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng buyurtmachilarning mas’ul
xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini
ko’rsatgan holda o’z imzosini qo’yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli
buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining
ikkinchi asli g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: