2012 yilning 1 yanvaridan boshlab Davlat byudjeti daromadari va xarajatlari
ijrosi Yagona G’azna hisobvarig’iga o’tkazilishi ma’lum qilindi. Respublika va
mahalliy byudjet daromadlari shuningdek davlat maqsadli va boshqa byudjetdan
tashqari jamg’armalari daromadlari 2012 127 yil 1 yanvardan boshlab Markaziy
288
ochilgan Yagona G’azna hisobvaragiga kirim kilinadi va xarajatlarni ushbu
hisobvaraqdan to’lab beriladi. Yagona G’azna hisobvarag’i rekvizitlari: Bank
nomi: Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshkarmasi Hisob-kitob kassa
Markazi Yagona g’azna hisobvaragi: 23402 000 300 100 001 010 MFO6 00014
STIR INN: 201122 919 Byudjet tashkilotlari va fond mablag’larini tasarruf
etuvchilar uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan
shaxsiy hisovaraqlar orqali tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
o’zgartirishlar bo’lmaydi hamda ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarjatlarni
amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Bunda, byudjetdan mablag’
oluvchilarning ishlab turgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlari yopilmaydi va
belgilangan tartibda ishlaydi. «Byudjetdan mablag’ oluvchilar va fond mablag’lari
tasarruf etuvchilarning 2012 moliya yilidan boshlab tovarlar ishlar, xizmatlar
etkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda jumladan, kapital qurilish
buyicha yildan-yilga o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha shartnomalarga qo’shimcha
kelishuvlarda hamda to’lov hujjatlarida to’lovchi, ya’ni g’aznachilik rekvizitlari
qismida Yagona G’azna hisobvarag’i va ularning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
ko’rsatiladi»28. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning 2012 moliya yilidan boshlab
byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga kelib
tushadigan (tovar ishlab chikarish va sotish, xizmatlar ko’rsatish, to’lov kontrakt
mablag’lari, ota-onalar to’lovlari va boshqa to’lovlar) tushumlarida oluvchi, ya’ni
g’aznachilik rekvizitlari qismida Yagona G’azna hisobvarag’i 28 O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining 2011 yil 2 dekabrdagi BA\ 31-01\1-34-13\800
sonli xati. 128 rekvizitlari ko’rsatiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilar o’z
mijozlariga (tovar ishlab chikarish va sotish, xizmatlar ko’rsatish) yoki boshqa
mablag’ to’lovchilarga (to’lov kontrakt mablag’lari, ota-onalar to’lovlari va boshqa
to’lovlar) byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha tegishli shaxsiy hisobvaraqlarni
etkazishlari va to’lovlarni amalga oshirishda to’lov maksadida ushbu shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarini ko’rsatishlari shart. Aks xolda byudjetdan tashqari
mablag’lar bo’yicha tegishli tushumlar noaniq tushumlar hisobvarag’iga kirim
qilinadi va aniqlik kiritish maqsadida to’lovlar amalga oshirilgan bank
289
hisobvarag’iga qaytarib yuboriladi. 2011 moliya yiliga qo’shimcha davrdagi
operatsiyalar «G’aznachilik» dasturiy majmuada bitta bazada, ya’ni «Yagona
G’azna hisobvarag’i» rejimida Yagona g’azna hisobvarag’i orqali amalga
oshiriladi. Bunda byudjetdan mablag’ oluvchilarning hamda fond mablag’lari
tasarruf etuvchilarning tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan 2011 moliya
yili uchun tuzilgan shartnomalariga qo’shimcha kelishuv tuzilmaydi, balki to’lov
hujjatlarining to’lovchi qismida Yagona g’azna hisobvarag’i rekvizitlari
ko’rsatiladi. Respublikamizda kelgusida g’aznachilik tizimi faoliyatini yanada
takomillashtirish uchun doimiy G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’i
monitoringini o’tkazish kerak. G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’i
holatining monitoringi o’tkazish uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi: buyurtma qilingan mablag’lar hajmi, Davlat byudjetining kassa
tushumi va to’lovlari, yagona hisobvaraqdagi mablag’larning kassa qoldig’i.
Yagona g’azna hisobvarag’i holatining monitoringini maqsadi quyidagilardan
iborat:
- Davlat byudjetining kassa ijrosida mahalliy byudjetlarni mablag’lar bilan
ta’minlash tartib-qoidalarining ijrosini baholash;
- Yagona g’azna hisobvaraqning holatini xarakterlovchi ko’rsatkichlarni
baholash va tahlil qilish;
- kassa tushumi va to’lovlarni prognoz qilish;
- Yagona g’azna hisobvarag’i faoliyatida operatsiyalarni tezkor boshqarish va
Yagona g’azna hisobvarag’ining likvidligini boshqarish kontseptsiyasini amalga
oshirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda byudjet amaliyotida g’aznachilik texnologiyalarini
takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun
Davlat byudjeti mablag’larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni
takomillashtirish bilan birga, Davlat byudjeti mablag’larini likvidligini oshirishga
olib keladigan G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idagi operatsiyalarni
boshqarish mexanizmini takomillashtirish zarur. Respublikamizda Davlat
byudjetitini samarali boshqarishdagi o’zgarishlardan biri – kassali rejalashtirish
290
tizimini joriy qilish hisoblanadi. G’aznachilikda kassali rejalashtirish byudjet
daromadlarini sifatli prognozlashtirish va xarajatlarini to’lovini o’z vaqtida amalga
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mamlakatimizdagi islohotlarning
hozirgi sharoitida asosiy e’tiborni byudjet xarajatlari va daromadlarini to’g’ri
rejalashtirish hamda byudjet siyosatining ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishga
qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: