8-rasm. Xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish shakli
284
Xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish
Xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ularning belgilangan
maqsadiga ko’ra tegishli turlar bo’yicha ochiladi. (3-rasm.)
Xarajatlar bo’yicha byudjet shaxsiy g’azna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan
ochiladi:
- shaxsiy g’azna hisobvarag’i ochish uchun ariza. Bunda, agar byudjet
tashkiloti bir vaqtning o’zida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, quyi
byudjet tashkilotining byudjet mablag’larini taqsimlovchisi bo’lsa, tegishli
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochish uchun shaxsiy g’azna hisobvarag’i
ochish to’g’risidagi arizaga xizmat ko’rsatiladigan quyi byudjet
tashkilotlarining ro’yxati ilova qilinadi;
- xarajatlar smetasi. Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan quyi
byudjet tashkilotlarining xarajatlariga xizmat ko’rsatish va hisobini yuritishni
amalga oshiradigan byudjet tashkilotlari uchun o’z xarajatlari hisobini
yuritish uchun (xarajatlar smetasi asosida) alohida shaxsiy g’azna
hisobvaraqlari va xizmat ko’rsatiladigan quyi byudjet tashkilotlarining
xarajatlari hisobini yuritish uchun (jamlanma xarajatlar smetalari asosida)
byudjet tasnifining har bir kichik bo’limi bo’yicha alohida shaxsiy g’azna
hisobvaraqlari ochiladi;
- kapital qurilish buyurtmachilari uchun - kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha
xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli ro’yxati, loyiha-
tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati, qurilishlarning titul ro’yxati.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg’armasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari
mablag’lari uchun xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari har bir
xarajatlar smetasi bo’yicha alohida ochiladi.
285
Xarajatlar bo’yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
quyidagilarga asosan ochiladi:
- shaxsiy g’azna hisobvarag’i ochish uchun ariza;
- byudjetdan tashqari mablag’larning limitlangan tushumi va xarajatlari
bo’yicha xarajatlar smetasi (tushumi va xarajat yo’nalishi limitlanmagan
byudjetdan tashqari mablag’lar bundan mustasno).
Xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari byudjet tashkilotlari, byudjet
mablag’lari oluvchilar va BMJ byudjetidan mablag’ oluvchilar tomonidan
tegishli hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida
ochiladi. Agar taqdim etilgan hujjatlar talablarga muvofiq bo’lmasa, ular qayta
ishlash va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki ish kuni mobaynida
qaytariladi.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo’lgan taqdim etilgan
hujjatlar qaytarib berilmaydi va moliya organlari hamda DMJ va BMJ
taqsimlovchi organlarda saqlanadi. Moliya organlari hamda DMJ va BMJ
taqsimlovchi organlar xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
ochilgandan yoki o’zgartirilgandan so’ng keyingi kundan kechiktirmasdan bu
haqda byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’lari oluvchilar va BMJ byudjetidan
mablag’ oluvchilarni xabardor qiladilar. O’z navbatida byudjet tashkilotlari,
byudjet mablag’lari oluvchilar va BMJ byudjetidan mablag’ oluvchilar ikki ish
kuni mobaynida ochilgan yoki o’zgartirilgan xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna
hisobvaraqlari rekvizitlarini tegishli davlat soliq xizmati organlari va Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limlariga etkazadilar.
Ochilgan va yopilgan xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi "O’RMV" ATda Xarajatlar bo’yicha shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarini ro’yxatdan o’tkazish kitobida elektron ko’rinishda
yuritiladi.
286
Moliya organlarining vakolatli xodimlari xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha:
byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari,
shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish ob’ektlari
bo’yicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining zaxira jamg’armalari mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarida
ko’rsatilgan mablag’lar;
xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha
xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan o’zgartirishlar;
b) byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha:
byudjet tashkilotlarining tegishli xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lar,
tushumi va xarajat yo’nalishlari cheklanmaydigan byudjetdan tashqari mablag’lar
turlari bundan mustasno;
xarajatlar smetalariga kiritilgan o’zgartirishlar.
G’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimlari xarajatlar bo’yicha shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga berilgan XTR;
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan) xarajatlar, shuningdek
naqd pul shaklidagi to’langan mablag’lar;
b) byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha:
kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablag’lar;
g’aznachilik bo’linmalarida hisobga olingan yuridik majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalarida hisobga olingan moliyaviy majburiyatlar;
287
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan) xarajatlar, shuningdek
naqd pul shaklidagi to’langan mablag’lar;
v) DMJ va BMJ mablag’lari bo’yicha:
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan) xarajatlar, shu
jumladan naqd pul shaklidagi to’langan mablag’lar;
g) DMJ va BMJ byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha:
kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablag’lar;
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan moliyaviy majburiyatlar;
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan) xarajatlar, shuningdek
naqd pul shaklidagi to’langan mablag’lar.
G’aznachilik bo’linmalari byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’lari oluvchilar
hamda BMJ byudjetidan mablag’ oluvchilarning so’roviga ko’ra ularning tegishli
xarajatlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga
oshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda ulardan
ko’chirmalarni taqdim etadilar. "UzASBO" DMga ulangan byudjet tashkilotlari
"UzASBO" DMdan elektron hujjat ko’rinishdagi ko’chirmalarni olishlari mumkin.
Elektron hujjat ko’rinishda taqdim qilingan ko’chirmalar va ularga ilovalar qog’oz
hujjatlarga tenglashtiriladi va ular bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |