Gidrologiya va injener indd



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

10.3-rasm. Har xil inshootlarda gruntning surilishdagi deformatsiyasi: 
a – ko‘tarma yon qiyaligining surilishi; b – inshoot poydevorining ostidan 
gruntning siqilib chiqishi; d – yon qiyalikning buzilishi va tirgak devorning 
ostidan gruntning siqilib chiqishi; 1 – surilish yuzasi;  
2 – siqilib chiqqan uyum. 
Bog‘langan gruntlarning surilishga qarshiligi ikki sabab bilan 
belgilanadi: 1) ichki ishqalanish; 
 
      2) ilashish.
Ikki  yuza  orasidagi  ishqalanish  sababi  ular  orasidagi  g‘adir-
budurlikdir. Jismga qo‘yilgan tashqi kuch ortishi bilan ular o‘zaro 
yaqinlashadilar va ular orasidagi ishqalanish ortadi. Gruntlarda 
ishqalanish alohida zarrachalarning bir-biriga tegib turuvchi nuq-
talarida hosil bo‘ladi. 
Grunt g‘ovakliklari suv bilan to‘lganda, ayniqsa, gilli va sug-
linokli  gruntlarning  zarralari  orasidagi  ishqalanish  kamayadi. 
Bunda suv moylovchi vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari grunt-
lar tarkibidagi mayda zarrachalarning ko‘pchishi natijasida hajm 
kengayishi  ro‘y  berib,  zarralar  bir-biriga  nisbatan  surilgandek 
bo‘ladi, grunt zarralari yuzasidagi molekular kuchlari bilan ush-
lanib turilgan suv plyonkalari zarralar yoki mikroagregatlar yu-
zasidagi g‘adir-budurlikni to‘ldiradi. Shu sababli namlangan gilli 
gruntlarda ishqalanish juda kam bo‘ladi. 
Zarralar yoki mikroagregatlar orasidagi ilashish zarralarning 
bir-biriga tegib turgan nuqtalari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p 
bo‘ladi. Shu sababli gilli gruntlarda ilashish qiymati ko‘p bo‘ladi, 
qumli gruntlarda amalda bo‘lmaydi. 
Gruntlarning  suruvchi  kuchlarga  qarshi  qarshiligi  ichki 
ishqalanish va ilashishi koeffitsientlari bilan xarakterlanadi. 
Ichki  ishqalanish  koeffitsienti  deb,  vertikal  zichlashtiruv-
chi  kuch  va  ichki  ishqalanishni  yuzaga  keltiradigan  surilish-


120
dagi  qarshilik  bo‘lagi  o‘rtasidagi  proporsionallik  koeffitsienti 
tushu niladi.  Bir  xil  gruntlar  uchun  ichki  ishqalanish  koeffit-
sienti  f  ni  o‘zgarmas  deb  hisoblasa  bo‘ladi.  Agar  gruntlarning 
suri lishga  qarshiligi  vertikal  bosimga  bog‘liqlik  grafigi  chizil-
sa, ichki ishqalanish koeffitsienti f ni 10.4-rasmda ko‘rsatilgan 
burchak ning tangensi bilan ifodalash mumkin:
 
ƒ = Ptg
φ  
(10.18)
bu yerda: 
φ – ichki ishqalanish burchagi.
Shundan kelib chiqib qumli gruntlarning surilishga qarshilik 
kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
 
S = Pƒ = Ptg
φ  
(10.19)
Gilli gruntlarda surilishga qarshilik kuchi asosan uning nam-
ligiga (W) bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun gilli gruntlarning suri-
lishga qarshilik ifodasi:
S
ur
ili
sh
ga q
ar
sh
ili
k
Kuch, P

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish