Gidrologiya va injener indd


Gruntlarning  mexanik  xossalari.  Gruntlarning  yuk  ostida-



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

Gruntlarning  mexanik  xossalari.  Gruntlarning  yuk  ostida-
gi  turg‘unligi  to‘g‘risida.  Gruntlarning  turg‘unligi  deb,  ularga 
qo‘yilgan yukni ruxsat berilganidan ortiq siqilish yoki surilish 
deformatsiyasini hosil qilmasdan qabul qilish xususiyatiga ayti-
ladi.
Gruntlarning  turg‘unligi  o‘zgaruvchan  qiymat  bo‘lib,  asosan, 
ularning  namligi  va  g‘ovakliligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Gruntlarning 
maksimal turg‘unligiga to‘g‘ri keluvchi namligi va g‘ovakligi har 
xil  gruntlar  uchun  har  xil  bo‘lib,  gruntning  genezisiga,  uning 
kimyoviy-mineralogik, granulometrik tarkibi va boshqa xususiya-
tiga bog‘liq bo‘ladi.
Gilli gruntlarning umumiy g‘ovakligi gruntning qattiq skele-
ti hajmidan katta bo‘lishi va ayrim g‘ovaklarning o‘lchami alo-
hida  olingan  zarralarining  o‘lchamidan  katta  bo‘lishi  mumkin. 
Bunday zichlashmagan gruntlarga kam miqdorda yuk ta’sir qilsa, 
alohida zarralarning grunt umumiy massasida surilishi natijasida 
grunt g‘ovakligi kamayadi. Bunday gruntlarning namligi oshgan-


115
da,  ularning  zichlashishi  yanada  tezlashadi.  Grunt  g‘ovaklarini 
to‘ldirgan  suv,  uning  zarralari  orasidagi  bog‘liqlikni  kamaytira-
di, grunt zarralarini turg‘unlikdan chiqarishga kerak bo‘ladigan 
bosim kamayadi. 
Gilli  gruntlarda  suvga  to‘lgan  ayrim  g‘ovaklarning  umumiy 
hajmi  va  o‘lchami  oshishi  bilan  turg‘unligi  to‘xtovsiz  kamaya-
di va hamma g‘ovakliklar erkin suv bilan to‘lganda amalda juda 
kam bo‘ladi. 
Qumli  gruntlarning  turg‘unligi,  ayniqsa,  yirik  donali  qum-
lar, ularning g‘ovaklari suvga to‘lganda ham kamaymaydi. Qum-
lar kam siqiladi va quriganda ham hajmi kichraymaydi. Gruntlar-
ning puchakligi asosiy fizik xarakteristikasidir. 
Gruntlarning  puchakligi  deb,  grunt  zarralari  orasida-
gi  g‘ovaklarning  umumiy  hajmini  uning  umumiy  hajmiga 
(g‘ovaklarning hajmi ham qo‘shiladi) nisbatiga, foiz hisobida ayti-
ladi. Gruntlarning puchakligi ularning granulometrik tarkibiga, 
shakli,  zarralarning  o‘zaro  joylashuvi,  strukturasi,  tabiiy  yoki 
sun’iy zichlashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tabiiy sharoitda gruntlar, asosan, uch fazadan iborat bo‘ladi: 
1) grunt zarrasi (grunt skeleti), 2) suv va 3) havo. Shuning uchun 
grunt g‘ovaklari havoga va suvga to‘yingan bo‘ladi, ularning o‘zaro 
nisbati har xil bo‘ladi. 
Gruntlarning puchakligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
 
n
SK
SO
=






 ⋅
1
100
γ
γ
%
  
(10.13)
bu yerda: 
γ
sk
– gruntlar qattiq fazasining hajmiy og‘irligi, kg/m
3; 
γ
so
 – gruntlarning solishtirma og‘irligi, kg/m
3
.
Gruntlarning egallagan hajmi doimo bir xil bo‘lmasdan, tashqi 
kuch va boshqa omillar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi. Gruntlar 
egallagan hajmi o‘zgarganda qattiq fazasining hajmi o‘zgarmasdan 
faqat  g‘ovaklarning  hajmi  n  o‘zgaradi.  Shuning  uchun  gruntlar 
mexanikasida puchaklik ko‘rsatkichini gruntning umumiy hajmi-
ga  nisbati  emas,  balki  qattiq  fazaning  hajmiga  nisbati  m  olin-
gan va uning puchaklik koeffitsienti ε deb atalgan. Uning o‘lchov 
birligi odatda foizlarda emas, balki bir birlikda beriladi:


116
 
ε =
n
m
  
(10.14)
yoki
 
ε
γ
γ
γ
=

SO
SK
SK
  
(10.15)
Gruntga yuqoridan qo‘yilgan bosim, agar u yon tomonga ken-
gaya olmasa, gruntlarning puchakligini (puchaklik koeffitsienti-
ni) kamaytiradi. Gruntlarning siqiluvchanligi ularning dastlabki 
puchakligiga va ta’sir qilayotgan kuchga bog‘liq. Gruntlar dast-
lab qancha kam zichlashgan va zichlashtiruvchi yuk ko‘p bo‘lsa, 
u shuncha ko‘p siqiladi. 
Agar  to‘g‘ri  burchakli  koordinatada  puchaklik  koeffitsienti  ε 
va qo‘yiladigan tashqi yuk P orasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilsa, kom-
pression egri chiziq hosil bo‘ladi. 
Qurilish  amaliyotida  gruntga  qo‘yiladigan  yuk  nisba-
tan  kam  bo‘lsa,  puchaklik  koeffitsienti  ε  va  qo‘yiladigan  tash-
qi  yuk  P  orasidagi  bog‘liqlikni  kerakli  aniqlikda  amaliyot-
da ishlatish uchun to‘g‘ri chiziq deb olish mumkin (10.2-rasm). 
Bu  holda  gruntga  qo‘yilgan  kuch  P
1
  dan  P

gacha  o‘zgarsa, 
bu  egri  chiziqlar  orasi dagi  bo‘lakni  to‘g‘ri  chiziq  M
0
–M
1
 
G
‘o
va
kl
ik k
oe
ff
its
ie
nt

ε
Kuch P, MPa

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish