32
II.BOB. KAROLINGLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA
IJTIMOIY HAYOT.
2.1. Karolinglar boshqaruvining huquqiy asoslari.
Karolinglar sulolasi davri huquqiy asoslari frank qabilalarining ilgaridan mavjud
bo`lgan qonunlar to`plami ”Sali haqiqati” da o`z ifodasini topgan. “Sali haqiqati”
ilk o`rta asrlarga oid eng qadimgi hujjatlardan biri bo`lib, feodal tuzumining paydo
bo`lishi haqida muhim ma`lumotlar beradi.
”Varvarlar haqiqatlari” orasida eng qadimgilaridan biri - ”Sali haqiqati” edi.
”Sali haqiqati” V asrning oxiri VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida
tuzilgan.
40
”Sali haqiqati” “Varvarlar haqiqatlari” sirasiga kirib, unda eski
urug`doshlik tuzumi qoldiqlari saqlab qolingan edi. Ushbu huquq yodgorliklarida
shaxs jamoadan ajratilmagan, insonning huquqiy layoqati urug`ga, jamoaga, katta
oilaga taalluqliligi bilan belgilangan edi. Bu jamoalardan tashqarida inson hech
qanday huquqlarga ega bo`lmasdi. Jamoadan, urug`dan, oiladan haydab yuborish
“Sali haqiqati”da nazarda tutilgan eng og`ir jazolardan biri edi. Bir shaxs
tomonidan sodir etilgan u yoki bu huquqbuzarlik uchun faqat o`sha shaxsning
o`zigina emas, u taalluqli bo`lgan ijtimoiy guruh - jamoa, urug`, oila ham javobgar
hisoblanardi.
”Varvarlar haqiqatlari” ilk feodal huquqining yagona manbasi emas edi. Qirol
hokimiyatining mustahkamlanishi bilan qirollik buyruqlari, farmoyishlari paydo
bo`ldi. Ular dastlab ”haqiqatlar”ni to`ldirib, so`ngra alohida rasmiylashtiriladigan
bo`ldi. Bunday manbalarga, avvalo, frank qirollarining kapitulyariylari kiradi.
Kapitulyariy – lotincha “caput” degan so`zdan olingan bo`lib, bob demakdir,
farmon alohida paragraflarga bo`linganligi uchun shunday deb atalardi. Umuman
imperatorning yozma farmoyishi kapitulyariy degan nom bilan yuritilgan.
41
Birinchi kapitulyariy qirol Xlodvig davrida yozilgan. Kapitulyariylar, ayniqsa,
Karolinglar davrida tez-tez chiqarilardi. Karolinglar qonunchiligi, shuningdek,
40
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.42.
41
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1991. –Б.23.
33
katolik cherkovning ta`siri VIII-IX asrlarda franklarning ilk feodal huquqi yangi
hududiy tamoyilining o`rnatilishiga olib kelgan.
42
Buyuk Karl tomonidan IX asrning boshlarida “Pomestelar haqidagi
kapitulyariy” chiqarilgan.
43
Unda:
1.Bizning shaxsiy ehtiyojimizni qondirish uchun pomestimizni kimga belgilab
bergan bo`lsak, u boshqa odamlarga emas, balki to`liq holda biz uchun xizmat
qilishini istaymiz.
2.Bizning pomestemizdagi odamlarimiz bilan yaxshi munosabatda bo`lishsin va
hech kim ularni xonavayron bo`lishga yo`l qo`ymasin.
3.Boshqaruvchilar
bizning
odamlarimizni
o`zlariga
xizmat
qildirishni
o`ylamasinlar, ulardan barshchina, o`rmonlarni qirqishni va o`z foydalari uchun
boshqa ishlarni bajartirishni talab qilmasinlar.
4.Hamma boshqaruvchilar ehtiyojimiz uchun ajratgan, sarflagani bergan
narsalarini bir ro`yxatga va o`zlari sarflaganlarini boshqa bir ro`yxatga yozib
borishga buyruq berishsin, alohida ro`yxatga esa ortib qolgan narsalarning
ma`lumotini berishlarini istaymiz.
5.Urush aslahalari-urushga boradigan aravalarimizning yaxshi ishlanib, usti
charm bilan qoplangan bo`lishi lozim.
“Pomestelar haqidagi kapitulyariy”da shunga o`xshash ko`plab farmonlarni
ko`rishimiz mumkin. “Pomestelar haqidagi kapitulyariy”da pomestelar qirolga
qarashli bo`lib, xo`jaligi ham to`liq holda qirollar manfaatlarini qondirish uchun
qaratilganligi ifodalanadi.
Kapitulyariylar franklar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ko`p
tomonlariga qisman feodallar tomonidan dehqonlarning ekspluatatsiya qilish
masalalariga ham taalluqli. 810-811-yilda chiqarilgan kapitulyariyda “ Agar
qandaydir erkin kishi boshqa bir kishiga zarar keltirsa, keyin uning uchun to`liq
jarima to`laguncha o`zini-o`zi qul qilib garovga topshirsin.”
44
deb yozilgan.
42
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.32
43
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.63-65.
44
Ўша асар. –Б.56.
34
Shuningdek, Karl Buyuk davrida uning faoliyati tashqi bosqinchilik yurishida
o`tgani kapitulyariyda aks ettirilgan. Buyuk Karlga ko`plab yerlarni bosib olishi
uchun qurol-aslaha bilan ta`minlangan kuchli qo`shin zarur edi. Buning uchun u
harbiy reforma o`tkazdi. Uning qo`shinida 12 yoshga to`lgan har bir ozod erkak
qatnashishi zarur edi va yosh chegarasini graf belgilar edi. Harbiy xizmatni o`tash
haqida hamma qarorlarni Karl kapitulyariylarida to`plangan va ularning har birida
armiyaga faqat ozod odamlar chaqirilishi mumkinligi ta`kidlangan. Har bir erkin
odam o`zining mablag`iga harbiy qurol aslaha olib, yoki o`zining senori bilan yoki
o`zining grafi bilan armiya safiga kirishi kerak edi. Katta yer egalari og`ir qurol-
aslaha,
chavandozlar
guruhlarini
shakllantirishardi.
Qo`shinning
asosini
benefitsariylar tashkil etardi. Harbiy tarixchi G. Delbryuk bir askar qurol aslahasi
qiymatini hisoblab chiqib shunday yozadi “Bosh niqobi – 5 sigir, tana niqobi 12
sigir, nayza va qalqon 2 sigir, urush oti – 12 sigir.” Shunday qilib, bir askar qurol
aslahasi 45 sigir yoki 15 yilqiga teng edi va buning narxi o`z navbatida butun
qishloq qoramol xarajatlari qiymatiga teng edi.
Karl Buyuk bobosi qo`llagan harbiy reformani qo`lladi. Bunda u benifitsiydan
foydalandi. Karl kapitulyariyalarida: “Bizning odamlar to`g`risida, shu qatorda
yepiskoplar va abbatlarga kimning qo`lida benefitsiylar bo`lsa aytaman…
Shulardan har qaysi harbiy amaliyotidan bosh tortsa, bahona qilib armiyaga o`z
vaqtida kelmasa jarimaga hukm etiladi” shu kabi farmonlarni uchratamiz. Karl
Buyuk o`zining 811-yilgi qarorida kambag`al dehqonlarning urushga qatnashishi
to`g`risida aytib o`tgan. Unda kambag`al dehqonning kuchsiz bo`la turib urushga
qatnashishi, kuchlilarning urushdan bosh tortishi qoralangan.
45
Har bir otliqda o`zi bilan qalqon, nayza, qilich, kamon va boshqa jangda zarur
anjomlar bo`lishi shart bo`lgan. Aravalarda kerakli anjomlar: temirli belkuraklar,
boltalar, sekiralar va yurishlarda kerak bo`lgan boshqa anjomlar ham bo`lishi, shu
bilan birga aravalarda uch oyga yetadigan oziq – ovqat va olti oyga yetadigan
kiyim kechak bo`lishi zarur bo`lgan. Harbiy harakatlar odatda yoz davrida olib
45
Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.79.
35
borilar edi, shu bois qirol askari uyga qish davrida qaytardi, qishdan oldin qaytgan
askarlar o`lim jazosiga hukm qilinar edi.
Harbiy xizmatda erkin kishilar ishtirok etishi lozim bo`lgan. Kambag`al
kishilarning urush anjomlari yomon ahvolda bo`lganligini qirol hisobga olib
quyidagi farmonni chiqaradi: “Kimda uch mans bo`lsa, u bir manslik dehqon bilan
birlashib unga yordam berishi kerak va jangga ularning bittasi tayorlanadi. Ikki
manslik dehqon boshqa ikki manslik dehqon bilan birlashib ular bir-biriga
yordam berishi kerak. Va ulardan bittasi jangga tayyorlanadi. To`rt dehqonda
bittadan mans bo`lsa ular birlashib bitta askarni to`liq qurol aslaha bilan ta`minlab
jangga yuborishi zarur. Kimda yarim mans yeri bo`lsa u boshqa yarim manslik 5
dehqonlar bilan birlashib bitta askarni jangga yuborsin. Kimda 6 soliddan ortiq
mulk bo`lmasa u o`ziga o`xshagan kambag`al bilan birlashib bittasini jangga
yuborishi lozim. Jangga boradigan dehqonlarga 5 soliddan pul berilsin. Katta
mulkdorlar otdan tashqari jangda zarur bo`lgan hamma qurol aslaha bilan o`zini
ta`minlasin va og`ir kavaleriyaga qo`shilsin. Kichik yer egalari piyodalar tizimiga
kirishi lozim va o`zi bilan qalqon, nayza, kamon va 12 kamon yoylari bo`lishi
lozim. Eng kambag`allari esa kamonchi tizimiga qo`shilsinlar va o`zlarini kamon
va yoylar bilan ta`minlasinlar. Graf o`zining qo`lida jang qilayotgan askarlarning
quyidagi qurol-aslaha: nayza, qalqon, qilich, kamon, 2 kamar va 12 kamon yoyi
bilan jihozlanganligini doim nazorat qilishi zarur.” Bundan tashqari, har bir graf
etadigan qo`shinlar uchun maxsus oziq- ovqat zaxiralarga ega bo`lishi kerak edi va
otlarga beriladigan yem-xashak uchdan ikki qismi armiya muxtojlariga
mo`ljallangan edi.
46
Qo`shinlarni graflarning orasidan tayinlangan gersoglar boshqarar edi. Gersog
tituli vaqtinchalik faqatgina urush paytida berilar edi. Urush tugaganidan keyin
gersog tituli o`z ahamiyatini yo`qotar va mingboshchi o`z graf tituliga qaytar edi.
Harbiy islohotlarning asosiy maqsadi dehqonlardan iborat jangari guruhlar
joyiga yaxshi tayyorlangan samarali qo`shinlarni yaratish edi. Karl kavaleriyani
46
Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.80.
36
barpo qilmoqchi edi. Otliq askarlar sifatida faqat yaxshi moddiy ta`minlangan
o`zining otini va qurol aslahasini asrab avalaydigan mulk egalari tayinlanar edi.
Bobosi va otasidek Karl harbiy xizmatni o`taydigan askarlarga faqatgina ular
xizmat o`taydigan vaqtga yer ajratardi. Hamma yer mulkdorlar harbiy
qo`shinlarga qo`shilishi zarur edi. Benefitsiyga ega bo`lganlar vassal maqomiga
aylanardi. Buyuk Karl vassal munosobatlarni qo`llab quvvatlagan. Jang maydonida
mardlik ko`rsatgan janchilarni Karl o`z vassalligiga olgan. Shuning natijasida Karl
atrofida unga sodiq ko`plab vassallar ham birlashdi. Bu benefitsiylar orasida oddiy
kambag`al qatlamlardan chiqqan odamlar ham bor edi.
47
Qirol hukmdorligi feodallarning hukmronligi o`sishiga qarshilik ko`rsatmadi,
boz ustiga ularga ko`maklashdi. Qirol cherkov ruhoniylariga va feodallarga ularni
davlat nazoratidan himoya qiluvchi yorliqlarni taqdim etar edi. Shu bois xalq
ustidagi nazorat, sud-ma`muriy hukumat va avval g`aznaga o`tadigan boyliklar yer
mulkdorlar qo`liga mujasamlashtirildi. “Biz yepiskop iltimosiga binoan unga
imtiyoz taqdim qildik, bu imtiyozga ko`ra cherkov hududiga bironta davlat
mansabdori kirmasligi va bu hududda sud ijro ishlarini o`tkazmasligi , bu ishlar
bajarilishi yepiskop va uning o`rinboslari zimmasiga o`tkazilsin. Qaror qildik
bironta davlat sud ijro namoyandasi cherkov hududiga kirishi va u yerda sud
ishlarini olib borishi man etiladi. Shu hududdan teriladigan hamma mablag`lar
o`sha hududning hukmdorining qo`lida qoladi”- deb yozilgan kapitulyariyada.
Immun hududida uning egasi tanho hukmdorga aylandi, o`zining yerlarida nafaqat
qaram dehqonlarga hukmdor balkim ozod dehqonlarga ham hukmdor bo`lib qoldi.
Buyuk Karl immun vositasini davlat hokimligining barqarorligini ta`milashda
yagona qurol sifatida ishlatar edi.
48
Ilk feodal huquqi manbalariga, shuningdek, qirollar tomonidan yirik feodallarga
berilgan immunitet yorliqlari va boshqa qoidalar–yorliqlarini ham kiritish mumkin.
Qoidalar-yorliqlarida hujjatlar namunalari o`rnatilib, ularning yordamida hadya,
oldi-sotdi singari bitimlar rasmiylashtirilardi.
47
Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.102.
48
Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.87.
37
Franklar huquqining rivojlanishida qadimdan boshlab cherkov muhim o`rin
tutganligini ko`rishimiz mumkin. Dastlabki asrlardan boshlab ko`p sonli cherkov
qonunlari (kanonlari), cherkov soborlari va sinodlarning qarorlari, alohida
yepiskoplarning dekretlari va qarorlari yig`ilib borgan.
Cherkov, shuningdek, ko`p sonli ”jazolar haqidagi tuzuklar” ham chiqarib,
ularda gunohlar ro`yxati va bular uchun belgilangan jazolar batafsil bayon
qilinardi. Cherkovga qarshi jinoyatlar uchun beriladigan jazolarni asoslashda
ko`pincha muqaddas diniy kitobga murojaat qilinardi.
49
Dastlab jazolar haqidagi tuzuk ruhoniylarga tatbiq etilgan, keyinchalik barcha
dindorlarga ham qo`llanilgan. Gunohlar va jinoyatlarning tabiatida aniq farqlar
yo`q edi. Har qanday jinoyat gunoh hisoblanardi. Odam o`ldirish, qasamni buzish,
o`g`rilik eng og`ir gunohlar sifatida ko`rilgan. Bunday hatti-harakatlar uchun VI-X
asrlarda deyarli butun G`arbiy Yevropada nisbatan bir xil me`yorlar o`rnatilgandi.
Cherkov jazolar haqidagi qonunnomada qamchi, kaltak bilan savalash singari
jazolar bilan bir qatorda, gunohlar uchun omma oldida qilmishiga pushaymon
qildirishni ham nazarda tutgan. XI asrda, faqat cherkovning dunyoviy
hokimiyatdan nisbatan mustaqilligi o`rnatilgandan so`nggina cherkov gunohlarni
avf etishni qonunlashtirdi.
Xristianlik qasam ichishni sudda isbotlashning eng muhim vositalaridan biri
sifatida tan olgan. Qasam ichish cherkovda ham qo`llana boshlangan.
Diniy me`yorlarning eski odatlarga kirib kelishi juda qiyinchilik bilan kechgan.
VIII asrda Suassonda chaqirilgan cherkov soborlarida butlarga sig`inishni taqiqlash
haqidagi masala qayta-qayta qo`yilgan edi. Soborlarning me`yoriy hujjatlari esa
shundan darak beradiki, soborlarda varvarlarning urf-odatlarini yangi diniy e`tiqod
va qoidalarga moslashtirishga qattiq turib harakat qilinardi.
50
Manbalarda keltirilishicha, ”Varvarlar haqiqatlari” paydo bo`lish vaqtiga qarab,
yerga nisbatan feodal mulkchilik munosabatlarining, shu bilan birga shartnoma va
meros huquqining asta-sekin shakllanish jarayonini aks ettirgan.
49
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.34
50
O`sha asar. – B.35.
38
“Sali haqiqati” paydo bo`lganidan so`ng bir necha asr o`tgach, xususiy yer
egaligi keng rivojlana boshlaydi. Alleman va Bavar haqiqatlarining birinchi va
ikkinchi titullari mazmunan bir-biriga aynan o`xshash bo`lib, ular cherkov va
cherkov yer egaligiga bag`ishlanadi. “Alleman” va “Bavar” haqiqatlari ham
“Varvarlar haqiqatlari” sirasiga kiradi. Bu titullar shundan guvohlik beradiki,
cherkov haydaladigan katta yer uchastkalariga, o`rmonlarga, qullarga egalik
qilardi. Ikkala haqiqatning birinchi moddalarida aytilganidek, “na qirol, na gersog,
na boshqa kishi insonning o`z jonini saqlab qolish niyatida cherkovga xudo yo`lida
uylar, yerlar, qullar yoki pullar in`om qilishini taqiqlab qo`ya olmaydi” (I titul, 1-
modda). “Alleman haqiqati”da ham, “Bavar haqiqati”da ham cherkovga hadya
qiluvchi kishining merosxo`rlari tomonidan hadyaga qarshilik ko`rsatishga
qaratilgan har qanday urinishlarining oldi olinadi (II titul, 2-modda). Bundan
tashqari, kishilarning mulkni qaytarib olishga qaratilgan urinishi, bir tomondan,
”Xudo sudi va muqaddas cherkovdan chetlashtirilishi”ga olib kelgan, ikkinchi
tomondan, bunday kishilarga jarima solingan va mulk cherkovga qaytarilgan (I
titul, 2-modda). Hadya qilingan yer faqat umrbod egalik qilish sharti bilan va
hadya qiluvchi foydasiga ”tantanali va`da” qilingan hamma narsalarni undirish
orqali qaytarilishi mumkin edi.
51
Franklarda xususiy mulk ham shakllana boshlaydi. Avvallari xususiy yer egaligi
maydonlardan iborat bo`lsa, karolinglar davrida yaylovlar, o`rmonlarni ham
qamrab ola boshlaydi. “Bavar haqiqati”da, masalan, bo`lishib olingan o`rmon -
silva alterus degan tushuncha paydo bo`ldi. Bunda o`rmonlarning alohida oilalarga
ajratib berila boshlanganligi e`tirof etilgandi. O`rmonlarning feodal xususiy
mulkchilikka o`tkazilishi haqida birovning o`rmonidan daraxtlarni kesish
taqiqlanganligi va buning uchun jarima o`rnatilganligi ham dalolat beradi
52
.
Oldi-sotdi, ayirboshlash, yuk tashish, garov, qarz, ssuda, hadya kabi
shartnomalarni tuzishda tomonlarning erkin xohish bildirishlari nazarda tutilgan.
51
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.39.O`sha asar.
–B.39.
52
O`sha asar. –B.39.
39
Harakatdagi ashyoning haqiqiy egasi uni sotib olganligini yoki ayirboshlaganligini
isbotlashi lozim edi. Aks holda, u o`g`ri deb e`lon qilinishi mumkin edi.
Xristian cherkovining ta`siri ostida VII-IX asrlarda franklarning nikoh-oila
huquqida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Buyuk Karl tomonidan (789-yilda)
tasdiqlangan 744-yilgi Kapitulyariyda xristianlik qonun-qoidalari bilan muqaddas
deb e`lon qilingan nikohning bekor qilinmasligi qoidasi o`rnatildi. VII-IX asrlar
mobaynida nikohning cherkovda rasmiylashtirilishi majburiyligini o`rnatuvchi,
beva ayollarning qayta nikohga kirishini taqiqlovchi va boshqa shu kabi dastlabki
qonun hujjatlari chiqarilgan edi.
53
”Varvarlar haqiqatlari”da ”cherkovni tahqirlash” turkumiga kiruvchi jinoyatlar
ham ajratib ko`rsatiladi. Xristian cherkovi jinoyat va jazo tushunchalarining
o`zgarishiga katta ta`sir o`tkazgan. ”Cherkovni tahqirlash yoki unga nisbatan
hurmatsizlik qilish” kabi tushunchalar “varvarlar haqiqatlari”ga bevosita xristianlik
cherkovi ta`siri ostida kirganligi shubhasiz, albatta. Masalan, odam o`ldirish
jinoyatining cherkovda yoki cherkov hovlisida sodir etilsa, ”cherkovni tahqirlash”
hisoblangan va buning uchun jabrlanuvchi va uning qarindoshlari foydasiga emas,
balki, avvalo, cherkovning foydasiga katta jarima oligan.
”Varvarlar haqiqatlari”da eski urug`doshlik tuzumining qoldig`i sifatida jamoa
javobgarligi tamoyili saqlanib qolganligini kapitulyariylarda nazarda tutilgan
”Qadimiy odatga” havola qilish hollaridan ko`rishimiz mumkin. Shuningdek,
“Sakson haqiqati”ning XVIII titulida odam o`ldirgan litning o`z yetti qarindoshi
bilan birgalikda javobgarlikka tortilishi ham franklarda saqlanib qolgan jamoa
javobgarligidan darak beradi.
54
Buyuk Karl doimo ”mening vazifam - cherkovni himoya qilish, cherkovning
vazifasi esa - men uchun ibodat qilish” deb ta`kidlar edi. Shundan kelib chiqib
cherkovga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun ancha og`ir jazolar o`rnatilgan edi
Jinoyat va jazo masalalarida “Sali haqiqati” bo`yicha qul yoki litning huquqiy
holatida jiddiy farqlar bo`lmagan. Agar qul yoki lit erkin kishini o`ldirsa, o`lgan
53
Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.98.
54
Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950. –С.25.
40
kishining qarindoshlariga vergeldning yarmini bergan, vergeldning ikkinchi
yarmini uning xo`jayini to`lagan (“Sali haqiqati”, XXXV titul, 5-modda)
55
.
“Sali haqiqati”ga binoan, qirol xizmatida turgan shaxsni uning uyiga bir to`da
bo`lib bostirib kirib o`ldirganlik uchun aybdor shaxsga nisbatan to`qqiz baravar
ko`p miqdorda vergeld - 1800 solid jarima solingan (XLII titul, 1-modda). Agar
bunday holda o`ldirilgan odam qirollik xizmatida turmagan shaxs bo`lsa,
vergeldning miqdori 600 solidni tashkil etardi (XLII titul, 2-modda).”Varvarlar
haqiqatlari”da nafaqat shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun, balki
uning sog`lig`i, qadr-qimmati va sha`niga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun ham
qattiq javobgarliklar o`rnatilgan. Jumladan, “Sali haqiqati”da tan jarohatlari
yetkazish, urish, do`pposlash, so`z yoki harakat bilan haqorat qilish kabi
jinoyatlarning turli ko`rinishlari batafsil sanab o`tilgan. Tan jarohatlari
yetkazganlik uchun jarimalarning miqdori 9 soliddan 200 solidgacha belgilangan.
Agar kimdir erkin kishini axtalasa, 200 solid jarima, kimdir birovning qo`li yoki
oyog`ini mayib qilsa, ko`zi yoki burnidan mahrum etsa, undan 100 solid jarima
undirilgan. Agar mayib qilingan qul joyida osilib turgan bo`lsa, aybdordan
olinadigan jarimaning miqdori 62,5 solidni tashkil etgan (XXIX titul, 2-modda).
Birovning to`rtinchi barmog`ini uzib olgan shaxs 9 solid jarima to`lashi lozim
edi.
56
Fanklarda mulk huquqi juda keskin choralar bilan himoya qilinganligi
manbalarda ko`rsatib o`tilgan. Jumladan “Sali haqiqati” ning dastlabki titullariyoq
aynan shunday jinoyatlar uchun javobgarliklarni belgilaydi. Uning II tituli
”cho`chqalarni o`g`irlash haqida”gi, III tituli ”shoxli hayvonlarni o`g`irlash
haqida”gi, X tituli ”qullarni o`g`irlash haqida”gi va boshqa qator titullari turli
o`g`riliklar va talonchiliklar haqidagi jinoyatlarga bag`ishlanganligi ham bejiz
emas.
57
O`g`rilik jinoyati uchun jazo tayinlashda, avvalo, uni sodir etgan shaxsning
ijtimoiy ahvoli, so`ngra o`g`rilikning qanday usulda qilinganligi, qancha miqdorda
55
Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950. –С.37.
56
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.51.
57
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.34-36.
41
bo`lganligi kabilar hisobga olingan. Albatta, o`g`irlangan mulk kimga tegishli
ekanligi jazo tayinlashda muhim edi. Agar kimdir erkin kishiga to`satdan hujum
qilib, uning mol-mulkini talonchilik yo`li bilan tortib olsa va bu fosh qilinsa, unga
62,5 solid jarima solingan. Birovning uyiga, omboriga, qo`rasiga o`t qo`yganlik
uchun ham 62,5 solid jarima ko`zda tutilgan. Erkin kishilar tomonidan sodir etilgan
barcha hollardagi o`g`rilik uchun tegishli 15, 35 va 45 solid jarima o`rnatilgan edi.
Agar shunday o`g`rilikni qul sodir etsa, birinchi holda yetkazilgan zarar undirilgan,
ya`ni o`g`irlangan narsa egasiga qaytarilgan va qulga 120 qamchi urilgan, ikkinchi
holda axtalash yoki jarima jazosi qo`llangan, uchinchi holda esa - o`g`ri qul
o`limga mahkum etilgan.
Franklarda sud jarayoni ayblov-tortishuv xarakteriga ega bo`lgan. Jinoyat va
fuqarolik sud ishlarini yuritish bir xil shakllarda amalga oshirilgan. Ish faqat
da`vogarning tashabbusi bilan qo`zg`atilgan. Sud jarayoni og`zaki, oshkora
bo`lgan va o`ta rasmiyligi bilan ajralib turgan. O`g`irlangan mulkni qidirib topish,
sudga javobgarni, guvohlarni chaqirish jabrlanuvchining majburiyati hisoblangan.
Sud jarayonida nafaqat tomonlar, balki ish bo`yicha guvohlar ham muhim o`rin
tutgan. Javobgar va guvohning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi uchun 15 solid
jarima belgilaydi. Javobgar yoki guvohning qirol xizmatida bo`lishi, kasal bo`lib
qolishi, qarindoshlaridan birining o`limi, uyiga o`t ketishi tufayli sudga kelmasligi
uzrli sabab sanalgan.
“Sali haqiqati” sud jarayonida qo`llaniladigan dalillarning uch turini ko`rsatadi.
Bular: guvohlarning ko`rsatmalari, qasamxo`rlar ko`rsatmalari va ordaliya bo`lib,
ularning ichida guvohlarning ko`rsatmalari katta ahamiyatga ega edi.
58
Sudda guvohlarning yolg`on ko`rsatma berishi, ish bo`yicha bilganlarini
aytishdan bosh tortishi qattiq jazolangan. Bunday guvohlar qonundan tashqari deb
e`lon qilingan va ularga jarima solingan. Qul erkin kishiga qarshi guvohlik bera
olmagan. Shuningdek, ilgari yolg`on ko`rsatma berganligi uchun fosh qilingan
shaxslar ham guvohlikka o`ta olmagan. “Bavar haqiqati” bo`yicha guvoh kimga
58
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.53.
42
qarshi guvohlik berayotgan bo`lsa, u bilan teng mavqeda bo`lishi lozim edi. Agar
yerga oid nizo ketayotgan bo`lsa, guvohning o`sha jamoadan bo`lishi va hech
bo`lmaganda ma`lum boylikka (6 solidga) ega bo`lishi talab qilingan. Guvohlar
o`z ko`rsatmalarining to`g`riligini qasam ichish yo`li bilan tasdiqlardilar.
59
Agar ish bo`yicha guvohlar, ”ishonchli dalillar” yo`q bo`lsa va jinoyatni ”lozim
darajada isbotlash” mumkin bo`lmasa, sudga qasamxo`rlar jalb qilingan.
Qasamxo`rlik institutining ildizlari franklarning uzoq urug`doshlik o`tmishiga
borib taqaladi. Qasamxo`rlar-qarindoshlar, qo`shnilar, do`stlar bo`lib, ular sudda
tomonlardan birining haqligiga guvohlik berish yo`li bilan uni himoya qilishlari,
qo`llab-quvvatlashlari lozim edi. Bunda qasamxo`rlar ish holatlarini bilganliklari
uchun emas, balki go`yoki javobgar, ayblanuvchi va boshqalarning ”halol-pokligi,
xushfe`lligi hamda mo`min-qobil ekanligi uchun himoya qilib chiqqanlar.
Qasamxo`rlar, o`g`rilik jinoyati rad etilgan hollarda, o`g`irlangan narsaning
qiymatini ham belgilaganlar.
“Sali haqiqati” jinoyat qilishda ayblanuvchi shaxslarni ”xudo sudi”da sinash
hisoblangan ordaliyani ham belgilaydi. Bunga ko`ra, ayblanuvchi shaxsning qo`li
qozonda qaynab turgan suvga tiqilgan va kuyib yaralangan qo`l bog`lab qo`yilgan,
ma`lum muddat o`tgach, yara yechib ko`rilganda yaxshi bitmagan bo`lsa, uning
aybdor ekanligi tasdiqlangan. Qaynoq suvda sinashdan uni sotib olish yo`li bilan
qutulish mumkin edi. Bunday holda to`lovning qiymati aybdordan undirilishi
lozim bo`lgan jarimaning qiymatiga bog`liq bo`lgan, lekin jarimaning o`zidan
ancha kam edi. Masalan, sodir etilgan jinoyat uchun 15 solid jarima nazarda
tutilgan bo`lsa, shunday jinoyatni sodir etgan yoki etmaganligini aniqlash
maqsadidagi sinov (ordaliya)dan qutulish evaziga 3 solid, 35 solidli jarima uchun
esa - 6 solid to`lov haqi belgilangan edi (“Sali haqiqati”, LIII titul, 1-3-
moddalar).
60
Albatta, sinovdan qutulib qolish imkoniyatiga faqat mulkdor va
badavlat kishilargina ega bo`lishgan.
59
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.55.
60
Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950.-С.52-53.
43
Franklarda sinab ko`rish usulining boshqacha turlari ham qo`llanilgan. Masalan,
kapitulyariylar bo`yicha ”qur`a tashlash” yo`li bilan ham aybni isbotlash
mumkinligi o`rnatilgan edi. Qullarga nisbatan ko`pincha qiynash usullari
qo`llanilgan. Qul aybiga iqror bo`lgunicha qiynoqqa solingan. ”Adolatli qiynoqqa
solish” uchun o`z qulini taqdim etish xo`jayinning majburiyati hisoblangan. Agar
xo`jayin uch marta ”pand-nasihat” yo`li bilan so`ralgandan keyin ham o`z qulini
”adolatli qiynoqqa solish”ga bermasa, undan jarima undirilgan. Shuni aytib o`tish
kerakki, hamma franklarda ”sinash”, ”qiynash” usullari teng darajada
qo`llanilmagan. Masalan, gotlarda suv, olov bilan sinash, shuningdek, yakkama-
yakka olishuv taqiqlangan edi. Tomonlar sud qarorini ixtiyoriy ravishda
bajarishdan bosh tortgan hollarda, uni grafning o`zi ijro etgan. Agar kimdir
grafning sud qarorini bajarishiga to`sqinlik qilsa, qattiq jazolangan. Sudning
vergeld undirish to`g`risidagi qarori kafillar yordamida ke-chiktirilishi mumkin
edi. Kafillik alohida ishonchli bo`lishi uchun sud majlisida qatorasiga to`rt marta
tasdiqlanardi. Karolinglar davrida ham avvalgi qonunlardan va qirol va
imperatorlar chiqargan farmonlar hisoblangan kapitulyariyalar orqali sud ishlari
olib borilgan. Har qanday hollarda erkin frank va boy zodagonlar, cherkov
ruhoniylari va yepiskoplar manfatlari oddiy dehqon va qullar manfaatidan ustun
turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |