51
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O’rta asrlar Yevropa tarixi milliy davlatlar va
xalqlarning, madaniyatlarning shakllanishi, tillarning vujudga kelishi, davlatchilik
munosabatlarining takomillashuvi, madaniyatlarning yuksalishi kabi holatlar bilan
izohlanadi. O’rta asrlarda davrning hukmron tabaqasi hisoblangan feodallar
tomonida turib, xalq ommasi uchun dushmanona kayfiyatda bo’lgan. Shunday
bo’lishiga qaramasdan jamiyatning rivojida ayrim holatlarda muhim ta’sir
ko’rsatdi.
Yevropadagi feodal davlatlar o’rta asrlarning turli bosqichida turli shakllarda
namoyon bo’ladi: ilk feodal bosqichda – garchi yirik bo’lsa ham, ammo tarqoq
davlatchilik munosabatlari xarakterlidir.
Mavjud quldorlik tuzumining inqirozga uchrashi qadimgi dunyo tarixini o`rta
asrlar tarixi bilan ajratib turuvchi ijtimoiy-iqtisodiy holat edi. Yangi ijtimoiy
munosabatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlarning vujudga kelishi tarixi
insoniyat sivilizatsiyasining yana bir pog`ona yuqori bo`lishini ta’minlashga
xizmat qildi. G`arbiy Rim imperiyasi inqirozi oqibatida yangi ijtimoiy
munosabatlar qaror topdi. Bu jarayon o`rta asrlarning ilk davrida G`arbiy
Yevropada vujudga keldi. Bu tuzumning o`ziga xos xususiyati yangi yer egaligini
tashkil topishi, Yevropaning kichik feodal qirolliklarga bo’linib ketishi, feodal
iyerarxiyaning yuzaga kelishida aks etadi. Rim imperiyasidan so’ng vujudga
kelgan ilk frank qirolliklari, xususan, yirik markazlashgan imperiya Karolinglar
sulolasi davridagi Yevropada mavjud ijtimoiy munosabatlarning o’ziga xos
xususiyatlariga a’lohida e’tibor qaratiladi.
Karolinglar sulolasi hukmronligi yillarida jamiyatda feodal munosabatlar yaqqol
aks etishini ko’rish mumkin. Qirollar bilan jamiyatni g`oyaviy rahnomalari
ruhoniylar o’rtasida vujudga kelgan o’zaro ittifoq erkin jamoatchi dehqonlarning
qaram dehqonlarga aylantirish jarayonini tezlatdi. Shuningdek, dehqonlarni
asoratga solishning tartibining kuchayishi, feodalning o’zboshimchaligi sulola
inqirozini tezlashtirdi, mamlakat birligini xavf ostida qolishiga sabab bo’ldi.
52
Karolinglar sulolasi hukmronligi davriga kelib feodal tuzumi hukumat
tomonidan rasmiylashtirilishi o’sha davr yorliqlari, qirollar tomonidan chiqarilgan
kapitulyariylar, panfletlarda o’z aksini topgan. Mavjud manbalarning guvohlik
berishicha karolinglar sulolasi davrida feodalizm mutloq rasmiylashgan. Manbalar
mazmuni asosan yerni ijaraga olish, sotish, meros qoldirish, soliq undirish tartibi,
renta va barshchina kabilarni namoyon etadi. Shuningdek, huquqiy hujjatlarda
majburiyatni bajarmaganligi uchun dehqonlarni jazolash, antik qonunlarni o’rganib
mavjud ijtimoiy hayotga moslashtirish holatlarini ko’rish mumkin.
Karl buyuk imperiyasi o‘zining tarkibi jihatidan ham xilma-xil urug‘larning
beqaror siyosiy birlashmasidan iborat edi. Frank imperiyasi omadi yurishgan bir
istilochi tomonidan shoshib-pishib, ko‘p qabila va xalqlardan iborat tuzilgan
alohida bir tarzdagi harbiy monarxiya bo‘lib, unda na umumiy iqtisodiy baza, na
umumiy milliy til, na umumiy madaniyat yo‘q edi. Karl Buyuk imperiyasiga
kirgan qabilalarning har biri o‘zining odatdagi qonun-qoidalariga amal qilib
kelganini ko‘rsatib o‘tish kifoya qiladi. “Varvar haqiqatlari”, “Sali, Ripuar,
Burgundiya, Bavariya, Saksoniya haqiqatlari”— Karl Buyuk zamonida ham, ayrim
qabilalar uchun sud qonunlari to‘plami bo‘lib qolaveradi; ular qunt bilan
ko‘chirilib yozildi va ularga o‘zgarishlar kiritildi, shunday qilib, ular imperiyaning
ayrim viloyatlari uchun amaldagi qonun bo‘lib qolaverdi.
Ayrim qabilalar Karl Buyuk podsholigi vaqtidayoq xalq bo‘lib birlasha
boshlagan edilar. Sali va Ripuar franklari galliya-rim aholisi bilan aralashib ketib,
shimoliy roman xalqini (keyinchalik bulardan fransuz xalqi tashkil topdi)
vestgotlar, burgundlar janubiy galliya-rimliklar bilan qo‘shilib janubiy roman
xalqini (bular keyinchalik provansal xalqi deb atala boshladilar) barpo etdilar.
Italiyada langobardlar bilan italyan-rimliklardan bo‘lg‘usi italyan xalqi tashkil
topdi. Germaniyada Reynning narigi tomonidagi qabilalar bir etnik guruh bo‘lib,
keyinchalik ulardan german (yoki nemis) xalqi vujudga keldi. Xalqlarning tashkil
topishi mahalliy aloqalarni kuchaytirdi, bu hol ham amalga imperiyaning juda
mayda va bir xil davlatlarga parchalanib ketishiga olib keldi.