Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‟ng,lekinda
vaqtinchalik schyotlar yopilmasdan tuzilgan balans.
Yakuniy balans – bu vaqtinchalik schyotlar yopilgach, moliyaviy natijalar
to„g„risidagi hisobot va taqsimlanmagan foyda to„g„risidagi hisobotlarning
ma‟lumotlari e‟tiborga olinib tuzilgan balans. Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish
tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan.
Regulirovka schyotlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto
tuzilishi mumkin.
Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish
summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo„yicha mavjud
rezerv summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona
aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |