Buxgalteriya balansining turlari. Korxonalar tomonidan tuziladigan
buxgalteriya balansini turli belgilari bo„yicha tasniflash mumkin, masalan tuzilgan
sanasiga
qarab, ma‟lumotlarni jamlash hajmiga qarab, subyektlarni
moliyalashtirilishiga qarab, regulirovka schyotlari qoldiqlari hisobga olinganligiga
qarab va boshqa belgilari bo„yicha (1-chizma).
Tuzilgan sanasiga ko‘ra buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish
mumkin: kirish ( yoki ta‟sis ) balansi; boshlang„ich va hisobot balansi; tugatish
balansi; birlashtirish va ajratish balansi.
Do'stlaringiz bilan baham: |