Kirish yoki ta‟sis balansi deganda korxonaning davlat ro„yxatidan o„tgan
sanasiga, ya‟ni ta‟sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu
sanaga tuzilgan balansning aktivida faqat ta‟sischilarning yangi tashkil etilgan
korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa e‟lon qilingan ustav kapitalining
miqdori ko„rsatiladi.
Boshlang„ich balans deganda hisobot davri boshiga, hisobot balansi deganda
esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi
davr uchun boshlang„ich balans bo‟lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |