1.3. Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial
funksiyalarning o„zgarishi
Adabiyot manbalaridan ma‘lumki, patologik holatlarining kelib chiqishiga
asosan
mitoxondriyalar
disfunksiyasi
sabab
bo‗ladi.
Mitoxondriya
27
membranasining zararlanishi kasallikka olib keladi. Masalan, (-hujayralarda
mitoxondrial buzilishlar diabetni chaqiradi (Эршова, 2003). Mitoxondriyalar yana
ishemiyada, gepatitda va ishemik to‗qimalar reperfuziyasida zararlanadi, bu
yurakda, miyada va buyrakda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mitoxondriya oqsillarining
mutatsiyalanishi patologik to‗qimalarning turli ko‗rinishlarida kuzatiladi;
mitoxondriya disfunksiyasi barcha asosiy neyrodegenerativ kasalliklar Parkinson,
Alsgeymerga bog‗liq bo‗lib, motoneyronlarning buzilishi va ko‗pincha sklerozga
olib keladi (Krieger, Duchen, 2002; Schon, Manfredi, 2003). Yurak
mitoxondriyalari disfunksiyasi kardiomiopatiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Sepsis kasalligi davrida ko‗pgina organlar tizimining zararlanishida mitoxondriya
disfunksiyasi asosiy rol o‗ynashi isbotlangan. Mitoxondriyalar hujayra
disfunksiyalarining inisirlanishida asosiy mishen hisoblanadi [Duchen, 1999;
Francesca et al., 2002].
Ma‘lumki, mitoxondriya o‗tkir disfunksiyasi ishemiya yoki anoksiyada
hujayrada energiya yetishmovchiligi va nekrotik o‗limiga olib keladi. Hujayra
metobolizmidagi energetik o‗zgarishlar organizmning qarishi va kasalliklarda ular
bilan bog‗liq ravishda shuningdek, bir qancha turli xil o‗sma shishlari
rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi. Mitoxondriyada hosil bo‗ladigan erkin
radikallar, taxmin qilingandek hujayra funksiyalari degradasiyasida markaziy rol
o‗ynaydi. Qarish jarayoni asosida nima yotadi? Bunda uzoq yashashni
ta‘minlaydigan bir qancha genlar mitoxondriyani himoya qiladi yoki hech
bo‗lmaganda hujayra antioksidant himoya funksiyasini o‗zgartiradi (Hekimi,
Guarente, 2003; Migliaccio et al., 1999).
Mitoxondrial DNK mutasiyasi bir-biridan farq qiladigan kardiomiopatiya
patologiyalaridan tortib, oshqozon-ichak trakti patologiyasi va bosh miya
shikastlanishigacha bo‗lgan patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Mitoxondriyalarda patologik holatlarning rivojlanishida ular ichki
membranasidagi SsA-sezgir poralarining roli keng mushoda qilinmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu poralarning ochilishi to‗qimalar reperfuziyasi va ishemiyada
28
nekrozning rivojlanishida kalit rolini o‗ynaydi [Lemasters et al., 1998]. Jigarning
turli xildagi zararlanishlari, xususan turli ko‗rinishdagi gepatitlarning kelib
chiqishida
mitoxondriyalarning
funksiyasi
buzilishi
yotadi.
Zamonaviy
gepatologiyada
tadqiqotchilar
asosiy
e‘tiborni
turli
gepatitlarning
farmakoterapiyasi va ushbu patologiyalarning molekulyar mexanizmlarini
o‗rganishga qaratmoqdalar. Buni ushbu patologiyalarda membrana buzilishlarining
molekulyar mexanizmlari to‗lig‗incha asoslanmaganligi bilan tushuntirish
mumkin. Shuningdek, bu jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi biologik
preparatlar aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo‗llarini aniqlash borasida
ko‗plab tadqiqotlarni olib borishni taqozo etmoqda [Mеyr, 2001]. Shu munosabat
bilan jigar patologiyalarida membrana buzilishlarining molekulyar mexanizmlarini
o‗rganish dolzarb muammolardan bo‗lib, davolashning yangi uslub va
ko‗rinishlarini ishlab chiqish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Gepatit
sharoitida
patologik
holatlar
rivojlanishi
mexanizmlarini
o‗rganishning birmuncha qulay modeli bu eksperimental toksik gepatit hisoblanadi
(Акиншина, 2001).
Ma‘lumki, jigarning SSl4 bilan toksik zararlanishida jigar hujayralari
gipoksiyasi kuzatiladi. Buni jigarning ichki gemosirkulyatsiyasining o‗zgarishi va
hujayra ichki fermentlar faolligining buzilishi bilan tushuntirish mumkin
[Абдуллаев, Kаримов, 1989; Гuбский и др., 1990; Gumpricht et al., 2005].
Hujayra va hujayra organiodlari membranasi o‗tkazuvchanligining oshishi
natijasida, hujayralarda destruktiv o‗zgarishlar yuzaga keladi [Абдуллаев,
Kаримов, 1989 Гутникова, Акиншина и др., 1999]. Krebs siklining
dezorganizasiyalanishi natijasida glutamat, malat va sitrat oksidlanishining
pasayishi, mitoxondriya nafas zanjiri fermentlari faolligining susayishi,
oksidlanishli fosforlanishning uzilishi, shuningdek ATF hosil bo‗lishining
kamayishi kabi jarayonlar kuzatiladi [Алматов и др., 1986; Гонский и др.,
1996].
29
O‗z navbatida, ССl
4
gepatositlar mitoxondriyalarida shikastlanishlarni va
ularda bioenergetik jarayonlarning buzilishini chaqiradi. CCl
4
tа‘siriда sitoxrom S
да nаfаs zаnjiri elеktronlаrining tаshuvchilаri yo‗qolishi [Абдуллаев, Kаримов,
1989; Гонский и др., 1996; Dehpour et al., 1999], to‗qima nafas olishining izdan
chiqishi va nafas zanjiri kofaktorlarining kamayishi, NAD va NADF sintezining
buzilishi, suksinatdegidrogenaza va sitoxromoksidazalar faolligining tushib ketishi
oqibatida jigar mitoxondriyalarida nafas olishning fosforlanishdan uzilishi yuz
beradi [Манкус, Хафизова, 1980; Ким и др., 2005]. ССl
4
ta‘sirida
mitoxondriyalarda Ca
2+
transportining izdan chiqishi qiziqarli fakt hisoblanadi.
ССl
4
ta‘sirida jigar hujayralari membranasining zararlanishi sAMF va sAMF-ga
bog‗liq glikogenolitik kaskadning faollanishiga, shuningdek sitozolda Са
2+
miqdorining ortishi bilan uning kompartmentalizasiyasining buzilishiga olib
keladi. [Gubskiy i dr., 1990]. Bu ma‘lumotlar ССl
4
ning aniqlangan ma‘lum
konsentrasiyalarida SsA-sezgir poralarning yuqori o‗tkazuvchanlik holatiga o‗tib
qolishini isbotlovchi dalillardir.
Geliotrinli toksik gepatitda, mitoxondrial va nemitoxondrial Ca
2+
pulining
tezlik bilan bo‗shab qolishi kuzatiladi, buning natijasida timositlar plazmatik
membranasidagi membranaga bog‗liq Са
2+
miqdori ortib ketadi [Ионов, 2000].
Shu munosabat bilan ushbu ishda kalamush jigari mitoxondriyalari SsA-
sezgir poralari holatini toksik gepatit sharoitidagi o‗zgarishlarini o‗rganish maqsad
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |