Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Quyidagi operatsiyalar aktsiz solig‘i solinadigan ob’ektdir



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Quyidagi operatsiyalar aktsiz solig‘i solinadigan ob’ektdir: 

1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 

tovarni sotish (jo‘natish); 

garov  bilan  ta’minlangan  majburiyat  bajarilmagan  taqdirda,  garovga  qo‘yilgan  aktsiz 

to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; 

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish; 

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik 

shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; 

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga 

(ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;  

2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki 

pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi 

sifatida topshirish;  

3) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik 

shaxs  tarkibidan  chiqqan  (chiqib  ketgan)  taqdirda  yoki  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganligi, 

tugatilganligi  (bankrotligi)  munosabati  bilan  topshirish,  shuningdek  oddiy  shirkat  shartnomasi 

doirasida  ishlab  chiqarilgan  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarni  mazkur  shartnoma  sherigiga 

(ishtirokchisiga)  uning  shartnoma  ishtirokchilari  umumiy  mulkidagi  mol-mulkdan  ulushi  ajratib 

berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;  

4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek 

ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va 

materiallarni  qayta  ishlash  mahsuli  bo‘lgan  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchi 

tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 

5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari 

uchun topshirish; 

6)  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarni  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  import 

qilish. 


Quyidagilarga aktsiz solig‘i solinmaydi: 

1) aktsiz to‘lanadigan  tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga 

realizatsiya  qilishga,  bundan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; 

2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti 

bilan  «bojxona  hududida  qayta  ishlash»  bojxona  rejimiga  joylashtirilgan  tovarlardan  ishlab 

chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;  

3)  tabiiy  ofatlar,  qurolli  mojarolar,  baxtsiz  hodisalar  yoki  avariyalar  yuz  berganda  yordam 

ko‘rsatish  uchun,  insonparvarlik  yordami  va  beg‘araz  texnik  ko‘mak  sifatida,  shuningdek  xayriya 



 

265 


 

maqsadlari  uchun  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarni  davlatlar,  hukumatlar,  xalqaro  tashkilotlar 

tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga; 

4)  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarni  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  aktsiz 

solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import 

qilishga.  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  aktsiz  solig‘i  solinmaydigan  tovarlarni 

jismoniy  shaxslar  tomonidan  olib  kirish  normalarining  eng  yuqori  chegarasi  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi; 

5) 

vakolatli 



davlat 

organining 

yozma 

tasdig‘i 



mavjud 

bo‘lgan 


taqdirda, 

telekommunikatsiyalar  operatorlari  va  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimining  texnik  vositalarini 

sertifikatlashtirish  bo‘yicha  maxsus  organ  tomonidan  olinadigan  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimi 

texnik vositalarini import qilishga. 

Aktsiz  to‘lanadigan  tovarlar  oluvchiga  jo‘natilgan  (topshirilgan)  kun,  aktsiz  to‘lanadigan 

tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir. 

Garovga  qo‘yilgan  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlar  garovga  qo‘yuvchi  tomonidan  topshirilgan 

taqdirda,  garov  narsasiga  bo‘lgan  mulk  huquqi  o‘tgan  sana  garovga  qo‘yuvchi  uchun  realizatsiya 

qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.  

Import qilinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan 

sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir. 

Aktsiz  solig‘ining  stavkalari  mutlaq  summada  (qat’iy)  belgilangan  aktsiz  to‘lanadigan 

tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi 

asosida aniqlanadi.  

Aktsiz  solig‘ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  ishlab  chiqarilayotgan  aktsiz 

to‘lanadigan  tovarlar  bo‘yicha  realizatsiya  qilingan  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlarning  aktsiz  solig‘i 

hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.  

Ish  haqi  hisobiga,  hisoblab  chiqarilgan  dividendlar  hisobiga,  bepul  yoki  boshqa  tovarlarga 

(ishlarga,  xizmatlarga)  ayirboshlash  uchun  beriladigan  aktsiz  to‘lanadigan  tovarlar  bo‘yicha, 

shuningdek  tovarlar  tannarxidan  past  narxlarda  realizatsiya  qilingan  taqdirda  soliq  to‘lovchi 

tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan darajada belgilaydigan narx 

asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.  

Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz to‘lanadigan 

tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar 

qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga oladi. 

Aktsiz  solig‘ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  import  qilinayotgan  aktsiz 

to‘lanadigan  tovarlar  bo‘yicha  soliq  solinadigan  baza  bojxona  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga 

muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi. 

Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to‘lovchida tuzatish kiritiladi:  

tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda; 

bitim shartlari o‘zgartirilganda; 

baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda. 

Soliq  solinadigan  bazaga  bir  yillik  muddat  doirasida,  kafolat  muddati  belgilangan  tovarlar 

bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 

Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish yangi hisobvaraq-faktura yoki tasdiqlovchi boshqa 

hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 

Aktsiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:  

eksport qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt; 

tovarlarni  eksport  rejimida  chiqarishni  amalga  oshiruvchi  bojxona  organining  belgisi 

qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;  

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona 

organining  tovarlar  tayinlangan  mamlakatga  jo‘natilganligini  tasdiqlovchi  belgisi  qo‘yilgan 

tovarga ilova qilinadigan hujjatlar. 



 

266 


 

Aktsiz  to‘lanadigan  tovarlar  ro‘yxati  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  bilan 

tasdiqlanadi. 

Aktsiz solig‘i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada 

ifodalangan o‘lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. 

Aktsiz solig‘ini hisoblash quyidagi formula orqali aniqlanadi. 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish