Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq solinmaydi:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz
tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi
Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha
bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush
nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli
organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi
to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos
bo‘ladi;
4) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar
oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo‘llangan yoki xizmat safariga yuborilgan
shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi,
nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish
ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish
uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o‘lchami doirasida
pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
6) 1 va 2 guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat
ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik
oqibatida yoxud frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy
xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);
8) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining (xizmatni o‘tash
davrida).
Belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli
bo‘ladi.
Nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq
solish ob’ektlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
273
Do'stlaringiz bilan baham: |