Aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aktsiz solig‘ining belgilangan
1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan
2. "Jeneral Motors O‘zbekiston" YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek
qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda
3. Paxta tolasini realizatsiya qilishning ichki narxlari (realizatsiya qilish xarajatlarini hisobga
olgan holda) va haqiqiy narxi o‘rtasidagi ijobiy farq, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi
bilan kelishilgan holda, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2009 yil 1
yanvardagi holat bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat
ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga doir hisob-kitoblar uchun
jamg‘arma kreditlari bo‘yicha hosil bo‘lgan qarzlarni uzish uchun paxta tozalash korxonalarining
Hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‘ining summasi belgilangan chegirma summasiga
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to‘lanadigan tovarlar
267
ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida
to‘langan aktsiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi.
Aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo)
bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan
aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aktsiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri
keladigan aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aktsiz
solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan
amalga oshiriladi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va
materiallarning mulkdori aktsiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi.
Soliq davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – bir oy.
Aktsiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati
organlariga:
aktsiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har
choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har
oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Aktsiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to‘lanadi.
Aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona
hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: