Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.5.6. Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash 

Yilqichilikda  quyidagi  mahsulotlar  tannarx  hisoblash  obekti  hisoblanadi:  asosiy  poda 

bo‘yicha – baytaldan ajratilgan qulunlar, toylar bo‘yicha o‘sishi va o‘stirilgan toylarning to‘liq 

qiymati,  sut  yo‘nalishidagi  yilqichilikda  qimiz,  qulun,  katta  yoshli  boquvdagi  otlar  bo‘yicha 

qo‘shilgan va tirik vazn. 

Yilqichilikda  tulashdan  olingan  jun,  qil,  o‘lgan  otlarning  tyerisi,  go‘shti  va  go‘ng  kabi 

qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Bular normativ asosida yoki bozor narxlarida baholanib kirimga 

olinadi. 

Qulun  tug‘ilgan  vaqtida  biyani  asrash  60  ozuqa  -  kunining  qiymati  bo‘yicha  baholab 

kirimga olinadi. 

Asosiy  podadagi  qulunlarni  biyasidan  ajratib  olish  paytidagi  tannarxini  aniqlash  uchun 

biyalar, ayg‘irlar va qulunlarni boqish xarajatlari summasidan yordamchi mahsulotlar va ayg‘irlar 

hamda biyalar bajargan ishlarning (ishchi otlar ot-kunining normativ tannarxi bo‘yicha baholab) 

qiymatini chegirib tashlab, qolgan summani biyasidan ajratilgan qulunlar soniga bo‘linadi. 

Toylar bo‘yicha qo‘shilgan vazn (semirish) aniqlanmaydi ya'ni ular tarozida tortilmaydi. 

Shuning uchun toylarning o‘sish tannarxi hisoblanadi. Bunda toylarning xo‘jalikda bo‘lgan kunlari 

sonini aniqlash lozim. Buning uchun toylarning yil boshidan mazkur guruhdan chiqib ketgunga 



 

qadar  (sotilishi,  boshqa  hisob  guruhiga  o‘tkazilishi)  yoki  ushbu  hisob  guruhida  hech  qanday 

o‘zgarish  bo‘lmasa  –  yil  oxiriga  bo‘lgan  ozuqa-kunlar  soni  aniqlanadi.  So‘ng  umumiy  xarajat 

summasidan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Agar toylar ishchi ot sifatida 

foydalanilgan  bo‘lsa,  bajargan  ishlar  bir  ish  kunining  normativ  qiymati  bo‘yicha  baholanib, 

aniqlangan  summa  umumiy  xarajatlardan  chegirib  tashlanadi.  Qolgan  xarajatlar  summasini 

muayyan hisob guruhi bo‘yicha ozuqa kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan bir ozuqa-kun tannarxi 

aniqlanadi.  Bu  ko‘rsatkich  toylarning  muayyan  guruhida  boqilgan  kunlarisoniga  ko‘paytirilib 

ularning o‘sish tannarxi aniqlanadi. 

Qimizchilik  biyalar  ferma  sining  asosiy  mahsuloti  biya  suti,  qimiz  va  biyasidan 

ajratilmagan  qulunlardir.  Biya  va  ayg‘irlarni  asrash  xarajatlaridan  qo‘shimcha  mahsulotlar 

qiymatini chegirib tashlab qolgan summa qimiz bilan qulunlarga quyidagicha taqsimlanadi: 

Sut – 1 sentner – 1,0; 6-9 oylik 1 bosh qulun – 6,0. 

Qimiz  olinmaydigan  yilqichilikda  bir  bosh  qulun  tannarxi  biya  va  ayg‘irlarni  asrash 

xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlanib qolgan summani qulunlar bosh 

soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Tuyachilikda tug‘ilgan bir bosh bo‘taloqning tannarxi urg‘ochi tuyalarning 120 ozuqa-kuni 

qiymati bilan aniqlanadi. Bir bosh bo‘taloqning moyasidan ajratish vaqtidagi tannarxini aniqlash 

uchun  yil  boshiga  qolgan  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  joriy  yildagi  bo‘taloqni 

tuyalarning bo‘talog‘i ajratilgunga qadar qilingan saqlash xarajatlarini qo‘shib, olingan summadan 

katta yoshdagi tuyalar bajargan ishlar, olingan sut, jun va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati hamda 

kelgusi yilga o‘tkaziladigan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qiymati chegirib tashlanadi 

va qolgan summa bo‘taloqlar bosh soniga bo‘linadi. 

Bo‘taloqlar o‘sishining tannarxi ham yilqichilikdagi kabi aniqlanadi. Lekin bu ishda ayrim 

xususiyatlar  mavjud.  Tuyalar  ikki  yilda  bir  marta  bolalaydi  va  ularning  bo‘g‘ozlik  davri  13 

oygacha  cho‘ziladi.  Shuning  uchun  ham  tuyalarning  bir  yillik  asrash  xarajatlari  tugallanmagan 

ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi yilga qoldiriladi. 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish