11.5.5. Parrandachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Parrandachilikda tannarx hisoblash obektlari asosiy podadan olinadigan tuxum,
o‘stirishdagi yosh parrandalarning qo‘shilgan vazni va sutkalik jo‘jalar hisoblanadi. 1 ming dona
tuxum va parrandalarning 1 sentner qo‘shilgan vaznining tannarxi parrandalarni saqlash va
parvarishlash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulot (pat, axlat) qiymati chegirib tashlanib, qolgan
summani tegishli mahsulot (tuxum, qo‘shilgan tirik vazn) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi.
Sutkalik jo‘jalarning tannarxi inkubasiyaga doir barcha xarajatlardan (tuxumlar qiymatini
ham qo‘shgan holda), qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa sutkalik
sog‘lom jo‘jalar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |