Yuqorida keltirilgan tannarx hisob-kitobida nafaqat sotib olingan Materiallar alohida
turlarining (21400 so‘m va 42800so‘m), balki bu Materiallar bir birligining (bir kg mos ravishda
21,40 so‘m va 42,80 so‘m) haqiqiy tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan muomalalarni analitik va sintetik hisob schotlarida chizma tarzida
1610-«Materiallar qiymatidagi
D-t
farqlar» schoti
K-t
5) 4200
Analitik schotlarda aks ettirilishi
«A» Material
Debet
Kredit
Muoma
la
sanasi
va №
Miqdori.
Kg
Bahosi
Qiymati,
so‘m
Muomala
sanasi va
№
Miqdori.
Kg
Bahosi
Qiymati,
so‘m
1.04. ga
qoldiq.
3000
20
60000
4)
1000
20
20000
«B» Material
Debet
Kredit
Muoma
-la
sanasi
va №
Miqdori.
Kg
Bahosi
Qiymati,
so‘m
Muomala
sanasi va
№
Miqdori.
Kg
Bahosi
Qiymati,
so‘m
1.04.ga
qoldiq
1000
40
40000
4)
1000
40
40000
Ma'lumki, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi
har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha alohida yuritiladi. Misolni soddalashtirish maqsadida ushbu
schot bo‘yicha analitik schotlarning ma’lumotlari berilmagan.
Keltirilgan misolda schotlar bo‘yicha oylik oborotlar va qoldiqlar chiqarilmagan. Chunki,
mazkur misolni keltirishdan maqsad ta’minot jarayonini hisobga olishning tegishli schotlarda qanday
aks ettirilishini ko‘rsatishdan iborat. Misoldan ko‘rinib turibdiki, 1010-«Xom-ashyo va Materiallar»
schotida hamda unga ochilgan analitik schotlarda ta’minot jarayonini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar
keltirilgan. Shunday qilib, ushbu schot Materiallar qiymati qismining debet oboroti haqiqiy ta’minot
hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ushbu misolni chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin 4.1.2-rasm).
Ta’minot jarayoni hisobining ko‘rsatkichlari korxonada ta’minot rejasining bajarilishini
nazorat qilish imkonini yaratadi. Buning uchun haqiqiy sotib olingan Materiallar reja bilan
taqqoslanadi.
Haqiqiy transport-tayyorlov xarajatlarining belgilangan normativlariga mosligini ham
shunday tarzda aniqlash mumkin. Ushbu misolda Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha baholanib,
transport-tayyorlov xarajatlari esa alohida aks ettiriladi. Bunday tartib tovar-moddiy qiymatliklarni
hisobga olishning usullaridan biri hisoblanadi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularni tayyorlash
ma'lum xarajatlarni talab etadi. Bunday xarajatlar sirasiga sarflangan Materiallar, yoqilg‘i va boshqa
moddiy zaxiralar qiymati, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, asosiy vositalar
eskirishi va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqalar kiradi. Nomlari yuqorida qayd qilingan
xarajatlardan tashqari korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari ham amalga
oshiriladi. Ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqlari, binolarni isitish va
yoritish xarajatlari va boshqalardan iborat. Qilingan xarajatlarning pul ifodasidagi jami summasi
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: