Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Passiv schot chizmasi 

 Debet  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kredit 

Kamayish (-) 

Boshlang‘ich qoldiq 

 

Ko‘payish (+) 



 

Oborot  


Oborot  

 

 



Oxirgi qoldiq 

 

 



Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) 

tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi. 

Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi 

aks  ettiriladi.  Passiv  schotlarda,  aksincha,  mablag‘lar  tashkil  topish  manbalarining  qoldig‘i  va 

ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 

Buxgalteriya  hisobi  amaliyotida  «qoldiq»  so‘zining  o‘rniga  ko‘pincha  «saldo»  so‘zi 

ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma'noni bildiradi. 

Schot  bo‘yicha  hisobot  davrining  boshiga  bo‘lgan  qoldiq  boshlang‘ich  saldo  deb  ataladi. 

Schot  bo‘yicha  hisobot  davrining  oxiriga  bo‘lgan  qoldiq  oxirgi  saldo  deb  ataladi.  Agar  schotning 

debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u 

holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.  

Qoldiq  har  bir  schot  bo‘yicha  har  oyning  birini  sanasiga  hisoblab  chiqariladi.  Schotda 

boshlang‘ich  qoldiq  bo‘lgan  hollarda  yangi  (oxirgi)  qoldiq  schotning  boshlang‘ich  qoldig‘i 

ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-

qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya'ni u nolga 

teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.  

Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:  









 

alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish 

zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-

«Asosiy  (operatsion)  faoliyat  daromadlarini  hisobga  oluvchi  schotlar»  (9010,  9020,  9030) 

qoldiqlari  har  oy  oxirida  9910-«Yakuniy  moliyaviy  natija»  schotiga  o‘tkazish  bilan  yopilishi 

lozim; 









 

hisobga  olinadigan  obektning  mohiyati  bilan  bog‘liq.  Masalan,  korxonada  yangi  turdagi 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  amalga  oshirilgan.  Ushbu 

maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi 

sababli,  ma'lum  bir  mahsulot  tannarxiga  qo‘shilishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  bunday 

xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida to‘plab 

boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng 

mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar 

turlarining  tannarxiga  taqsimlanadi.  Xarajatlar  hisobdan  chiqarilgandan  so‘ng  3100-«Kelgusi 

davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; 









 

ayrim  turdagi  xarajatlarni,  avvalo,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  boshqarish  xarajatlarini 

hisobga  olishga  oid  amaldagi  me’yoriy  hujjatlar  bilan  bog‘liq.  Masalan,  2510-«Umum  ishlab 

chiqarish  xarajatlari»  schoti  unda  yig‘ilgan  xarajatlarni  har  oyda  kalkulyatsiya  obektlariga 

taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi 

Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga mos kelganligi sababli balans 



 

 

schotlari  deb  ham  ataladi.  Bu  esa  balans  va  schotlar  o‘rtasida  hisob  obektlarini  turkumlashning 

yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos 

bo‘ladi  (buxgalteriya  balansi,  schotlar  va  ikki  yoqlama  yozuv  usullarining  o‘zaro  bog‘liqligi  6-

bobning 6.4-bo‘limida batafsil yoritilgan).  


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish