78
pedagoglarining kasbiy kompetentlik hamda kreativ qobiliyatga egaliklari alohida dolzarblik
kasb etadi. OTM pedagoglarining
kasbiy kompetentligi, kreativ qobiliyatga egaligi mehnat
bozorida yuzaga kelgan kuchli raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda inson omilining ustuvor
o’rin tutishini tasdiqlaydi. Shunday ekan, OTMning pedagoglari kasbiy faoliyatni tashkil etishda
kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil o’zlashtirib borishga alohida e’tibor
qaratishlari zarur. Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimida
“Pedagogik kom petentlik va kreativlik asoslari” moduli o’qitilishining yo’lga qo’yilishi esa
OTM pedagoglarining kasbiy kompetentlik, shuningdek, kreativlik mohiyati, pedagogik
kompetentlik hamda kreativlik sifatlari har bir pedagogning o’zida
pedagogik kompetentlik
sifatlarini samarali rivojlantirib borish tamoyillari, yo’llari, metodlari, bosqichlari va natijani
tahlil qilish malakalarini puxta o’zlashtirishga xizmat qiladi. Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi
ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o’z-o’ziga ishonchni shakllantirishdir.
Yangilikni joriy qilish esa birmuncha mushkul vazifa hisoblanadi. Bu borada bizga innovator
o’qituvchilar, ya`ni yangilik kiritishga mas`ul o’qituvchilarimiz katta yordam beradi. Demak,
innovator o’qituvchi deganda fanning turli sohalariga yangilik olib kiruvchi insonlarni tushunamiz.
Bunday o’qituvchilirimiz ilm-fanning rivojlanishiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shadilar. Ular
joriy qilayotgan yangilik fanning shu sohasini rivojlanishida juda katta foyda beradi. Innovator
o’qituvchi zimmasiga hm bir necha mas`uliyatlar
yuklanadi, ya`ni joriy hilinayotgan yangilik
nechog’lik samara beradi yoki bu yangilikni olib kirib qanday yutuqqa erishish mumkin. Shu kabi
savollarga yangilikdan olingan natija ijobiy javob berishi mumkin. Shundagina o’qituvchi o’zi
ko’zlagan maqsadga erishadi. Bu esa innovator o’qituvchining ish faoliyatini rivojlanishigi kata
yordam beradi.Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga,
balki o’qituvchining ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. O’qituvchi
faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin:
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi; ikkinchi bosqichda
mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda
g’oyani
amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiqiladi; to’rtinchi bosqichda
o’qitish va tarbiyalashning o’z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi.
O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiya o’qituvchining o’z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o’z
fikri va
harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi.(V.A. Slastenin).
Oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida ta’lim
sifatini yanada takomillashtirish mumkin, agarda:
- innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida Oliy ta’lim o’qituvchisining metodik
tayyorgarligini shakllantirish, muayyan pedagogik shart - sharoitlarga asoslangan holda amalga
oshirilsa;
- innovatsion ta’lim texnologiyalariga asosan mazmunan yangilangan o’quv dasturi, didaktik
va
tarqatma materiallar, metodik tavsiyalar bilan ta’minlansa;
- Oliy ta’lim muassasalari o’qituvchisini metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari e’tiborga
olingan holda ularni shakllantirishga oid bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi, ta’lim-
tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylantirilsa;
- Oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayoni aniq shakl, usul va
vositalar yordamida amalga
oshirilsa, bilim, malaka va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasini belgilovchi mezonlar ishlab
chiqilsa, talabalarning metodik tayyorgarligini shakllantirish darajasi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: