O‘lchashlarga tayyorgarlik ko‘rish
Paxta tolasini o‘lchashdan avval, HVI 900 SA tizimi ishlatish ko‘rsatmasiga
binoan, standart namunalar va andazalarda kalibrlanishi kerak. Kalibrlanishni bir
kunda ikki marotaba: ish boshla-nishigacha va har 4-5 ishlagandan keyin
o‘tkazilish tavsiya qilinadi.
HVI 900 SA tizimini mikroneyr, yuqori o‘rtacha uzunlik, uzunlikning bir
xillik koeffitsiyenti, pishiqllik (nisbiy uzilish kuchi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha
kalibrlash paxta tolasining standart namunalari yordamida o‘lchov mezonining
boshlanish va oxirgi ikki nuqtalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
HVI 900 SA tizimini tola rangi ko‘rsatkichi bo‘yicha kalibrlash nur qaytarish
koeffitsiyenti (Rd) va sarg‘ishlik darajasi (+b) qiymat-larini sopolli namunalar
rangiga solishtirgan holda bajariladi.
HVI 900 SA tizimini ifloslanganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kalibrlash iflos
aralashmalarga o‘xshatib qo‘yilgan nuqtalari bor plastinaga qarab amalga oshiriladi.
Paxta tolasi yuzasida tabiiy iflos zarrachalar bo‘lgan qo‘llash ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |