Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Ta’riflar, belgilashlar va qisqartirishlar



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

Ta’riflar, belgilashlar va qisqartirishlar
Mazkur standartda quyidagi atamalar, ta’riflar va belgilashlar qo‘llaniladi:
Klassyorlik usuli - paxta tolasiga navi va sinfi bo‘yicha organolentik baho
berishdir, bunda tola tashqi ko‘rinishi bo‘yicha belgilan-gan tartibda tasdiqlangan
namunalar bilan solishtiriladi hamda uning shtapel uzunligi qo‘lda tortilgan shtapel
bilan aniqlanadi. Asbob yordamida faqat mikroneyr ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Bu usul har to‘dadan 10 % ni nazorat qilishda qo‘llaniladi, lekin toyma-toy
sinovlarda ham foydalanilishi mumkin.
HVI (Eych Vi Ay) - paxta tolasining uzunlik, uzunlik bo‘yicha bir xillik
aniqlik uzulishidagi uzayish, mikroneyr rang va ifloslanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha
yuqori samarador High Volume Instruments sinovlari o‘lchash tizimining
qisqartirilgan nomlanishi (22-rasm).
22-rasm. HVI tizimi
Tashqi ko‘rinish namunalari paxta tolasining aniq bir navi va sinfiga xos
bo‘lgan rang, dog‘lar mavjudligi, tuzilishi hamda ifloslanganlik jihatidan sifat
ta’riflari majmuini ifodalovchi, belgilangan tartibda tasdiqlangan paxta tolasi
namunalari. Namunalar uzun tolali va o‘rta tolali paxta tolasi uchun alohida
tayyorlanadi.
Maxsus qo‘llaniladigan usullar - paxta tolasi kam namuna asosida asbob


76
yordamida sinashning an’anaviy usullari. Bunda paxta tolasining turli toylaridan
yoki tekshirilayotgan andazaning turli joylaridan tanlab olingan namunalar
miqdorini ko‘p marotaba o‘rtacha holga keltirish va kamaytirish yo‘li bilan sinov
namunasi olinadi. Ko‘p mehnat va vaqt talab qilishi, sinalayotgan namunaning
kam miqdori bilan ajralib turuvchi bu usullar paxta tolasini sertifikatlash maqsadlari
uchun yaroqsizdir. Mazkur usullar paxta xomashyosini baholashda, seleksiyachilar
ishida paxta korxonalarida va to‘qimachilik korxona-laridagi texnologik jarayonni
nazorat qilishda qo‘llaniladi.
Mikroneyr ko‘rsatkichi - Mikroare (Mic) paxta tolasi namunasining havo
o‘tkazuvchanligiga qarab tolaning  ingichkaligi  va  pishib yetilganligini  ta’riflash.
Yuqori o‘rtacha uzunlik - Upper Half Mean Length (UHM) -tekshirilayotgan
namuna massasining yarmini tashkil qiluvchi eng uzun tolalarning o‘rtacha
uzunligi bo‘lib, duymda yoki mm da ifodalanadi. Bu atama mazmuni «Yuqori
yarim o‘rtacha uzunlik» deb qilingan noto‘g‘ri tarjimasidan ham ma’lum.
1/32 dyuymdan iborat shtapel uzunlik - Staple Length 32nds (Staple) -
tolaning uzunligi bo‘lib, u klassifikator tomonidan qo‘lda tortilgan parallel tolalar
shtapelini vizual, ya’ni ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadi va 1/32 duymda (masalan,
1/32), yoki kodda 1/32 oralig‘iga barobar miqdordagi kodda aniqlanadi, ushbu
misolda -33 ga barobar.
O‘rtacha uzunlik - Mean Leng th (ML) - namunadagi barcha tolalarning
o‘rtacha uzunligi.
Uzunlik bo‘yicha bir xillik indeksi - Uniformity Index (Unf) -tolalar o‘rtacha
uzunligining yuqori o‘rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanuvchi ta’rif bo‘lib,
foiz hisobida ifodalanadi.
Kalta tolalar indeksi - Short Fiber Index (SFI) - namunadagi uzunligi
0,5 duymdan (12,7 mm) kalta bo‘lgan tolalar ulushi bo‘lib, foiz hisobida
ifodalanadi.
Nur qaytarish koeffitsiyenti - Reflectance (Rd) - sinalayotgan paxta tolasi
namunasi yuzasidan qaytgan yorug‘lik miqdori, foiz hisobida ifodalanadi.
Sarg‘ishlik darajasi - Yellowness (+b) - sinalayotgan namuna tarkibida


77
sarg‘ishlik darajasi.
Tresh kod - Nrash Code (T) - notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik
ko‘rsatkichi, iflos aralashmalar maydonini 10 ga ko‘paytirish yo‘li bilan
aniqlanadi. Masalan, agar iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % ni tashkil
etsa, Tresh kod 4 ga teng bo‘ladi.
Iflos aralashmalar maydoni - Trash Area (Area) - HVI tizimi-da o‘lchov
asboblari yordamida aniqlanadigan iflos zarrachalarning umumiy maydoni, bu
namuna yuzasini skanerdlash yo‘li bilan aniqlanadi hamda tekshirilayotgan namuna
yuzasi maydoniga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
Iflos aralashmalar soni -Trash Count (Cnt) - namunadagi diametri 0,01 duym
(0,25 mm) va undan katta bo‘lgan alohida iflos zarrachalar soni.
Solishtirma uzilish kuchi - Strength (Str) - paxta tolasining pishiqligi bo‘lib,
kalibrlanuvchi paxtaning HVI gradiuirovkasida (HVI Calibration Cotton),
gs/teksda (cH/teks) ifodalanadi.
Uzilishdagi uzayish - Elongation (Elg) - HVI tizimidagi dinamometrda
tolaning uzilishidagi uzayishi, foizlarda ifodalandi.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish