LKM qurilmasi yordamida о‘lchash usuli
Vazni 300 g bо‘lgan har bir paxta namunasidan, kolosniklar orasidan о‘ta
olmaydigan va iflos aralashmalar yig‘uvchiga tusha olmaydigan yirik iflosliklar,
shuningdek iflos aralashmalar tarkibiga kiradigan chirigan, singan va qurigan
pallachalar yaxshilab terib olinadi.
Yirik aralashmalardan tozalangan paxta namunasi yig‘uvchi bunkerga
joylashtiriladi. Shundan sо‘ng ishga tushirish tugmasini bosish bilan
elektrodvigatel yurgiziladi. Paxtani qurilmaga joylash ishchi organlar tezligini
tiklash bilan, ya’ni qurilma ishga turganda 30 sekund о‘tgandan keyin boshlanadi.
Paxta namunasining 1 va 2 navlari qurilmada 3 minut, III, IV va V navlari 5
minut tozalanadi. Shu vaqtning о‘tishi bilan, qurilmani ishdan tо‘xtatmasdan,
qopqog‘i kо‘tariladi va toza paxtani baraban tozalangan paxta uchun mо‘ljallangan
yashikka ag‘daradi.
Yig‘uvchining ostidagi va chang yirik ifloslikka va paxta namunasidan qо‘l
bilan terib olingan qurigan, chirigan va singan pallachalarga qо‘shiladi va birga
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |