Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari
Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zbekiston standartlashtirish agentligi
qonunida aniqlangan bo‘lib, sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora va
sertifikatlash-tirish tizimi qatnashchilarini akkreditlashtirish bo‘yicha idora
hisoblanadi.


184
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan, hamda  shu
bilan birgalikda qonunlashtirilgan aktlarda ko‘rib chiqilgan majburiy
sertifikasiyalashtirishdan o‘tish kerak bo‘ladigan mahsulotlarning tartibi asosan
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha qonunlarga binoan amalga oshiriladi. Majburiy
sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar O‘zbekiston
standartlashtirish agentligida keltirilgan. Sertifikasiyalashtirish ishlari majburiy
akkreditlashtirishdan o‘tgan bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish
bo‘yicha idora tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikasiyalashtirishning subyektiga O‘zbekiston standartlashtirish
agentligi, sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora, sinov laboratoriyasi (markaz),
nazorat idoralari, mahsulot tayyorlovchilar kiradi.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora bir turdagi mahsulotni
sertifikasiyalashtirish tizimini yaratish huquqiga ega bo‘lib, sertifikasiyalashtirish
sxemasini tanlash va sertifikasiyalashtirilayotgan mahsulot uchun talabgorga
muvofiqlik sertifikatini qo‘llash huquqini beradi.
Qonun import va eksport qilinayotgan sertifikasiyalashtirish sharoitlarini
aniqlaydi. Majburiy sertifikasiyalashtirishdan o‘tadigan mahsulot belgilangan
talablarga bog‘liqligini tasdiqlagan holda, sertifikat va muvofiqlik belgisi bilan
ta’minlanishi kerak. Agar muvofiqlik sertifikati bo‘lmasa, unda Bojxona nazorat
idoralari tomonidan ushlanadi, hamda Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining
qonun-qoidalari bo‘yicha sertifikasiyalashtiridan o‘tgandan keyingina qo‘yib
yuboriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z hoxish va istaklari bo‘yicha, o‘zlari
ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining me’yoriy hujjatlarning talablariga
bog‘liqligini tasdiqlash uchun istalgan mahsulotlarini sertifikasiyalashtirishdan
o‘tkazish mumkin va bu narsa qonunda ko‘rsatilgan.
Qonun nazorat savollarini tartibga keltirib turadi. Davlat idoralari mahsulot
tayyorlovchining majburiy sertifikasiyalashtirishning qoidalariga rioya qilishini
davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiradi. Sertifikasiyalanayot-gan
mahsulotlar, sifat tizimini nazorat qilish ishlari sertifikasiyalashtirish idoralari


185
tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditlashtirilgan sinov laboratoriyalari (markaz),
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoralar va sertifikasiya-lashtirish doirasidagi
nazorat idoralari xuddi akkreditlashtirilgan idoralar kabi O‘zbekiston
standartlashtirish agentligi tomonidan olib boriladi.
Ushbu qonunlarda sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish bo‘yicha kelishmovchilik
masalalari keltirilgan. Agar kelishmovchilik chiqqan holda sertifikasiyalashtirish
natijalariga asosan  qiziquvchi tomonlarning hohishlaridan kelib chiqib,
O‘zbekiston standartlashtirish agentligining Appelyasiya sovetiga murojaat qilish
mumkin. O‘zbekiston standartlashtirish agentligining Appelyasiya soveti
sertifikasiyalashtirish va sinov laboratoriyalari (markaz) bo‘yicha tushgan
e’tirozlarni ham ko‘rib chiqadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, ta’minlovchilar va mol
sotuvchilarning ma’sulligi shundan iboratki, majburiy sertifikasiyalashtirish
qoidalarini buzganlari uchun qonun oldida javobgar hisoblanadilar. Agar mahsulot
sertifikasiyalashtirilmagan bo‘lsa, uni tarqatish va sotish qat’iyan man etiladi, aks
holda shu mahsulotlarning umumiy narxi bo‘yicha jarima undiriladi. Jarima
miqdori O‘zbekiston standartlashtirish agentligi davlat inspektorining qrori
bo‘yicha belgilanadi. Bu jarima mahsulotni sertifikasiyalash vaqtida olib
tashlanmaydi.
1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisida «Iste’molchilar
huquqini himoya qilish» to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi va tasdiqlandi. Bu narsa
sertifikasiyalashtirish asoslariga qo‘shimcha huquq berdi. Majburiy
sertifikasiyalashtirishda turuvchi mollarni tarqatish vaqtida uning
sertifikasiyalashtirishdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotni ko‘rsatish lozim. Agar bu
kerakli ma’lumotlar bo‘lmasa, davlat boshqarish idoralariga murojaat qilinadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi barcha turdagi korxona va tashkilotlar, firma va
birlashmalar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar mahsulotni uzoq muddatga
chidamliligi uchun kafolat berishlari kerak bo‘ladi.
Sertifikasiyalashtirishning qonuniy asoslari «Oziq-ovqatlarning sifati va
xavfsizligi haqida» qonuni bo‘lib hisoblanadi, hamda gigiyenik


186
sertifikasiyalashtirishni rasmiylashtirish kerakligi aniqlandi va uning asosida oziq-
ovqatlariga muvofiq bo‘lgan davlat qaydnomasi va sertifikasiyalashtirishidan
o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi «O‘simliklarni saqlash haqida»gi qonuniga
muvofiq 1997 yil o‘simlik mahsulotlarini O‘zbekistonga tranzit orqali olib keltirish
haqida qarorlar chiqdi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 9 sonli
189-nchi statiyasiga muvofiq). Har bir saqlanayotgan mahsulot to‘dasi
o‘simliklarning saqlanishi bo‘yicha davlat inspeksiyasi idoralari tomonidan
fitosanitarli sertifikasiyalashtirishdan o‘tkazilishi kerak. Fitosanitariya
nazoratigacha o‘simlik mahsulotlarini qo‘shimcha kiritishda import qilinishi uchun
ruxsatnoma rasmiylashtirilishi lozim.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish