134
Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o‘zini tur
li portlovchi vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning
o‘limiga sabab bo‘lish shar’an harom amal ekanligini ta’kidlagan
lar. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yo‘q. Bu gunoh ishni amal
ga oshirganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar Alloh taoloning azo
biga uchraydi, deb alohida uqtirishgan.
* * *
2002yilda bo‘lib o‘tgan «Islom Olami Robitasi qoshidagi Is
lom Fiqhi Akademiyasining terrorizmga munosabati» haqidagi
Makkai mukarrama bayonotida shunday deyiladi:
Ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning islomga hech
qan day aloqasi yo‘q. Bu ishlar xatarli ishlar bo‘lib, ular o‘ta sal
biy oqibatlarga olib keladi. Ularda insonga tajovuz qilish, zulm
qilish bor. Shariatning ikki manbayi Allohning Kitobi va Nabiy
(a.s.) sunnatini o‘qigan kishi ularda o‘zgalarga nohaq tajovuz qi
lish kabi ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning hech qan
day ma’nosini topmaydi.
Islom dinida shaxslar va guruhlarga mo‘tadil bo‘lish, eks
tremizmni tagtomiri bilan yo‘qotish, ularga olib boruvchi din
da chuqur ketishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘rsatmalar bor.
Chunki
bularda aniq halokat bordir. Rasululloh (a.s.) aytganlar: «Din
da chuqur ketmanglar. Sizlardan oldingilarni dinda chuqur ketish
halok qilgan»
(Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati).
Islom qo‘rqitish, vahimaga, sarosimaga solish, nohaq o‘ldirish
ga olib boruvchi yomon illatlarni davolagan. Rasululloh (a.s.):
«Musulmonga boshqa musulmonni qo‘rquvga solish halol emas»,
deganlar
(Abu Dovud rivoyati). Yana Nabiy (s.a.v.): «Kim birodari
ga bir temirni o‘qtalsa, o‘sha ishini to‘xtatmaguncha farishtalar
uni la’natlab turadi. Agar u ota yoki ona bir aka yoki ukasi bo‘lsa
ham», deganlar
(Imom Muslim rivoyati).
Islomda jihod haqqa yordam, zulmni qaytarish, adolat, tinch
lik
va omonlikni qaror toptirish, Rasululloh (a.s.) olib kelgan rah
matga yo‘l ochish uchun joriy qilingan. Bu rahmat odamlarni
zulmatlardan nurga chiqarish uchundir. Bu esa terrorizmning
135
barcha ko‘rinishlariga barham beradi. Zero, urush ma’nosidagi ji
hod Vatan himoyasi uchun bosqinchilikka, boyliklarning o‘g‘ir
lanishiga, odamlarni o‘z yurtlaridan chiqarishga yordam beradi
ganlarga, ahdlarini buzadiganlarga, musulmonlarning dinlarida
fitnalanishiga qarshi joriy qilingan.
Islomda jihodning o‘z odob va hukmlari bor. Ularga ko‘ra,
urushmagan
kishilar, keksalar, ayollar va bolalardan iborat be
gunoh insonlarni o‘ldirish taqiqlanadi. Qochganlarni quvlash,
taslim bo‘lganlarni o‘ldirish, asirlarga ozor berish, o‘lganlarning
jasadidan a’zolarini kesish, urushga aloqasi yo‘q bino va inshoot
larni vayron qilish man qilinadi. Yurtlarni talayotgan, muqad das
narsalarni toptayotgan, boyliklarni o‘g‘irlayotgan zolimlarning
zo‘ravonligi bilan zulm ko‘rganlarning o‘z taqdirini o‘zi
belgilash
yo‘lida qonuniy himoya huquqini amalga oshirishini tenglashtir
maslik kerak.
* * *
2002yil 3aprelda qabul qilingan «Xalqaro terrorizm haqida»
gi Kuala Lumpur Deklaratsiyasida shunday deyiladi:
«Biz, o‘zimizning asosiy qonunlarimizga sodiq ekanimizni, is
lom ta’limoti odamlarni qirg‘in qilishdan nafratlanishini, tinch
likni, matonatni va o‘zaro hurmatni qadrlashini, shu bilan birga,
begunoh insonlarni o‘ldirishni taqiqlashini yana bir bor ta’kid
laymiz. Biz, terrorizmga aloqador har bir holatni islom va musul
monlarga bog‘lashni rad etamiz. Chunki terrorizm hech qaysi bir
dinga, madaniyatga yoki millatga daxldor emasdir».
* * *
2005yil 6iyulda qabul qilingan «Islom haqiqati va uning
zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni» haqidagi Amman (Iordaniya)
Deklaratsiyasida shunday deyiladi:
«Ahli sunna valjamoaning to‘rt mazhabi: hanafiy, molikiy,
shofe’iy, hanbaliy, shuningdek ja’fariy, zaydiy,
ibodiy va zohiriy
mazhablariga ergashuvchi har bir shaxs musulmondir. Uni ko
fir deyish, joniga qasd qilish, sha’ni va molmulkiga tajovuz qi
lish mumkin emas. Umuman olganda, Allohga, Uning Rasuli
136
ga imon keltirgan, din arkonlarini hurmat qiladigan va ularning
birortasini inkor etmaydigan musulmonlarning har qanday toi
fasini kofirga chiqarish joiz emas. Islomdagi mazhablar o‘rtasida
umumiy jihatlar juda ham ko‘p. Sakkiz mazhab vakillari yagona
Alloh taologa, muqaddas Qur’oni Karim (Alloh nozil qilgan Ka
lom)ga va Payg‘ambar Muhammad (a.s.)ga imon
keltirgan holda
islom ta’limotiga rioya qiladilar. Ayni paytda, ular imon, namoz,
zakot, ramazon ro‘zasi va haj qilish kabi islomning besh arkoni
ga hamda imon arkonlari: Allohga, Uning farishtalariga, muqad
das kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga va qazoyi qa
darga ishonadilar».
Do'stlaringiz bilan baham: