«...dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod
butunlay rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega
ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday maf-
kuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din ne-
gizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan
qadriyatlar – bu yozma yoki og‘zaki, moddiy yoki ma’naviy meros
bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy dunyoqarash yoki
turmush tarzi bo‘ladimi – bularning barchasini rad etadi. Oxir oqi-
batda bunday odam ota-onasini ham, o‘z millati, xalqi va Vatanini
ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi».
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din dav
latdan ajratilsada, jamiyatdan ajratilmaydi. U muhim sotsial ins
titut sifatida ijtimoiy hayotda o‘zining alohida o‘rniga ega. Dav
latdan ajratilgan bo‘lsada, din ijtimoiy muammolarni bartaraf
qilishda dunyoviylik bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
31
Dunyoviylik va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari hami
sha hamohanglik kasb etib kelgan. Ya’ni dunyoviylik qotib qol
gan dogma emas, aksincha, u muntazam ravishda takomillashib
boruvchi hodisadir. Zamonaviy ilmiy tilda aytganda, dunyoviylik
modernizatsiya deb nomlanuvchi jarayonning harakatlantiruvchi
kuchi. U jamiyat ilmiy salohiyatining uzluksiz oshib borishi, tex
nologik taraqqiyotning davomiyligi, iqtisodiy hayotning ratsio
nallashuvi, madaniyatning yuksalib borishi kabi muhim jarayon
lar bilan uyg‘un ravishda takomillashib boradi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, har bir davlat o‘zining dinga
bo‘lgan munosabatini muayyan me’yoriyhuquqiy hujjatlar va
qonunlar orqali tartibga solib kelgan.
«Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak tex-
nologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqad das dinimizni,
milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz».
Islom Karimov
Bugungi kunda diniyhuquqiy ta’limotlarning davlat va huquq
rivojlanishiga, vijdon va e’tiqod erkinligi amalga oshirilishiga ta’si
ri quyidagi xalqarohuquqiy shakllarda namoyon bo‘ladi:
– fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining hamda din va
e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikning
konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlari. Davlatlar tomonidan qabul
qilingan konstitutsiyalar va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan
asosiy qoidalar inson huquqlarini ta’minlashda favqulodda muhim
ahamiyatga ega. Zero, aynan ular davlat organlari aralashuvidan xo
li bo‘lgan shaxs va jamoa erkinligi, jumladan, fikrlash, vijdon, din
va e’tiqod erkinligi kabi asosiy tamoyillarga taalluqli sohani yaratadi;
– milliy konstitutsiyalar va qonunchilik doirasida fikrlash, vij
don, din va e’tiqod erkinligining huquqiy kafolatlari;
– din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning ol dini
olishga qaratilgan va bunday harakatlar sodir etilganda tegishli
javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunchiligi;
32
– shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra dinga yoki e’tiqodga ega
bo‘lish erkinligini kamsituvchi, majburlashni taqiqlovchi konsti
tutsiyaviy va huquqiy qoidalar;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq marosimlarni bajarish yoki
shu sabab bilan to‘planish, shu maqsad uchun joylar tashkil etish,
ularni saqlash;
– tegishli xayriya va insonparvarlik tashkilotlarini tuzish ham
da ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– diniy marosimlar yoki urfodatlar yoxud e’tiqod bilan bog‘liq
axborot materiallarini yaratish, chop etish va tarqatish;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq ta’limni bunday maqsad uchun
mos bo‘lgan joylarda olib borish;
– alohida shaxslar va tashkilotlardan ko‘ngilli moliyaviy yor
dam hamda boshqa ehsonlarni so‘rash va qabul qilish;
– u yoki bu din yoki e’tiqod ehtiyojlari va me’yorlariga mos
ravishda tegishli diniy xodimlarni tayyorlash, tayinlash, saylash
yoki vorislik asosida tayinlash;
– din yoki e’tiqod qoidalariga muvofiq ravishda dam olish kun
lariga rioya etish, bayramlarni nishonlash, marosimlarni bajarish;
– milliy va xalqaro darajada din va e’tiqod sohasida alohida
shaxslar va jamoalar bilan aloqalar o‘rnatish;
– din va e’tiqod subyektlariga taalluqli huquq va erkinliklar
bilan bog‘liq konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar. Hozirgi davrda
davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bi
lan ajralib turishini ta’kidlash zarur. Eng avvalo, «sovuq urush»
davri tugagandan keyin siyosiy mafkuraga muvofiq o‘tkazib ke
lingan dinga qarshi siyosat hamda diniy faoliyat ustidan nazorat
qilish siyosati astasekin susayayotganini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, avtoritar tuzumlar tomonidan ijtimoiy muno
sabatlarga zid, deb hisoblangan holda o‘z diniy e’tiqodiga ega ja
moalarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish siyosatining saqlab qo
linayotganini ham yoddan chiqarib bo‘lmaydi.
Ayni paytda, bunday siyosat mohiyatan siyosiy xususiyatga
ega nizolar doirasida ba’zi etnik diniy jamoalarga nisbatan ham
33
amalga oshirilmoqda. Kam sonli diniy jamoalarga nisbatan yoki
aholining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi muayyan dinga e’tiqod
qo‘yganlarga nisbatan davlat doirasidagi siyosat, qonunchilik va
amaliyotni saqlab turishni ham hozirgi davrda davlat va din mu
nosabatlariga xos xususiyatlar qatorida sanash mumkin.
Hozirgi davr diniy sektalarning ko‘pligi, yangilarining paydo
bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur jarayon sektalar yoki
yangi diniy oqimlarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish sohasida
gi siyosatning hamda qonunchilik amaliyotining kuchaytirilishi
kabi holatlarning kuzatilishida o‘z ifodasini topmoqda.
E’tiqodi nuqtayi nazaridan harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin
tovlayotganlarga qarshi yo‘naltirilgan siyosat, qonunchilik va
amaliyotni saqlab turishni ham yuqorida qayd etilgan xususiyat
lar qatorida sanash mumkin.
Umuman olganda, kam bo‘lsada, uchraydigan yuqoridagi ka
bi holatlar shaxsiy maqom to‘g‘risidagi qonunlar, qoidalar mav
judligi, ularning talqin etilishi, an’analar, ijtimoiy omillar hamda
ekstremizm deb ataluvchi hodisalar bilan izohlanadi. Bu davlat
lar va huquqiy munosabatlarning nodavlat subyektlariga bir xil
da xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |