Talaba dars o‘qyrg‘a tuzsa mahfil,
Hamona shamhi muhafaldur mudarris.
Tuman ming murshidi johildin omiy,
Fazilat ichra fozildur mudarris.
So‘fiy ijodida odob-axloq masalalariga keng o‘rin berilgan. U
«Nafs» radifli g‘azalida jamiyatdagi baloyi nafs uchun yashovchilami
insofga chaqirib, ularga pul-dunyo deb vijdonni sotishning xunuk
oqibatlarini qoralab bunday deydi:
Senga, ey dil, o‘zin hamro qilur nafs,
Xabardor o‘Iki o‘tdur yoqilur nafs.
Bo‘shatib, gar yuborsang o‘z boshiga
Ajab hangomalar barpo qilur nafs...
So‘fiy «Do‘st» radifli g‘azalida kishilami bir-biriga vafodor,
sadoqatli boiishga chaqirib, rostgo‘ylik, hushyorlik, hamjihatlikni madh
qiladi:
Bir-biriga fido qilib jonni,
Do‘st bo‘lg‘usi mehribon, ey do‘st.
So‘fiy yana bir g‘azalida esa yaxshi xislat va odatni mehnat, kasb-
hunar va ma’rifatning mahsuli deb qaraydi, kishilami yoshlikdan mehnat
qilib, ilm-ma’rifat va kasb-hunami egallashga chaqiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |