Shuning uchun ibn Sino ta’lim-tarbiyaning maqsadlari, mazmuni,
shakllari va metodlariga juda diqqat va e’tibor, mas’uliyat bilan qarash
kerakligini
ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko6rsatmalilik
ta’limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash,
mushohada yuritishni o4stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning
tashqi jihatlarini, ko6rinishlarini rganib, uni yanada chuqurroq bilishga
intiladi. Narsalaming aslini yoki ulaming suratini ko4rish orqali
bolalarda ular haqida ma’lum bir tasawur hosil bo4ladi. Ibn Sino
ko4rsatmalilikni ko4rish, eshitish singari sezgi organlari orqali bogiaydi.
Olim o4qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo4naltirishdan kelib
chiqqan holda mashqlar qildirish, o4qitishni esa faqat chuqurlashtirish
asosida, ya’ni sinf tarzida o4tkazish zarur, deb hisoblaydi.
Yuqorida ibn Sino muntazamlilik va uzviylik prinsipiga amal qilish
zarurligini ta’kidlagani haqida to4xtalgan edik. 0 4quvchilar kuzatish va
tarjribalarini muntazam va uzviy jarayonga aylantirish orqali esa ularda
mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati
rivojlanadi. Ibn Sinoning
ta’kidlashicha, o4quv va jismoniy
mashqlami 'bolalaming yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbatlar, tushuntirishlar bilan birga
qo4shib olib borish kerak. Yakka tarzda o4qitgandan ko4ra, guruhlarda
(sinfda) o4qitish ko4proq samara beradi, chunki guruhlarda o4quvchilar
o‘rtasida o6z-oczidan musobaqa paydo boiadi, deydi: «Bolalarni guruh
qilib o 'qitish tashkil qilinsa,
juda yaxshi samara beradi. Chunki bu
jarayonda ular bir-birlaridan ibrat oladilar..
Guruh qilib o ‘qitish jamiyatga kattafoyda keltiradi. Chunki bunda
o ‘quvchilar bir-birlari bilan do*stlashadilar, ular o ‘rtasida o ‘zaro
hurmat paydo bo‘ladi, o ‘zaro fikrlashib bahslashadilar, huquq va
burchlari xususida muhokama yuritadilar, musobaqalashadilar».
Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarining birinchi kitobidan o4rin
olgan «Ro4zg4or yuritish haqida risola»sida bola tarbiyasiga oid juda
ko4p pedagogik va fiziologik tavsiyalar bayon etilgan. Tarbiyadan
maqsad, - deydi olim, bolaning aqliy va jismoniy quwatlarini
o4stirishdir. Chunki bola yaxshi yoki yomon, yovuz yoki oliyjanob
bo4lib dunyoga kelmaydi. U bu xususiyatlarga tarbiya, atrofdagilar
ta’siri tufayli erishadi. Ibn Sinoning fikricha, bola qalbi, misoli «Pokiza
oyna». Unga istalgan shaklni chizish mumkin. Bolada oliyjanob
ma’ naviy-axloqiy xususiyatlami shakllantirish uchun mashq uslubidan
foydalanish, ya’ni uni hayotda qoilashga o4rgatish kerak.
1 A
h to jio o w
neAaroripiecKOH
m h cjih
y36eKHcraHa. - M .: «IIpocBeiii;eHHe»,1986, c.86.
255
Ibn Sino ta’lim-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini
tavsiya qiladi. Eng muhimi bolaning shaxsini hurmat qilishdan boshlash
kerak: «bolaga zug‘um qilib, unga hurmatsizlarcha munosabatda
blmaslik, aksincha, tengdosh rtoqlarday gaplashish lozim».x Olim
suhbat, tushuntirish, misol keltirish singari uslublaming imkoniyatlari
haqida so‘z yuritadi. Salbiy xislatlami tuzatish, shaxsni qayta tarbiyalash
muammosi haqida ham mulohaza bildiradi. Buning uchun awalo bolani
har tomonlama o‘rganish va shu asosda undagi salbiy qiliqlami bartaraf
etish, ijodbiy fazilatlami shakllantirishga kirishish mumkin. Olim
ayniqsa, jismoniy mashqlarga katta e’tibor beradi. Tug‘ilgan kunidan
boshlab bolaning jismoniy rivojlanishi xususida qayg‘urish kerak, deydi.
Buyuk tabib bola jismidagi har bir a’zoning salomatligini ta’minlash
uchun lozim bo‘lgan maxsus mashq usullari ishlab chiqqan. Bu
mashqlami
tananing holatiga muvofiq bajarish, kamquwat, zaif
a’zolami og‘ir jismoniy mashqlar bilan toliqtirmaslikni ta’kidlaydi.2U
ishlab chiqqan mashqlar kichik va katta, juda kuchli va zaif, tez va
sekin, keskin va tez harakatni taqozo etadigan harakatlarga bo‘linadi.
Olim usullami ham bayon qiladi.
Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roliga katta
e’tibor bilan qaragan, yosh avlodni o‘qitadigan tarbiyachi quyidagi
talablarga muvofiq faoliyat olib borishi lozimligini uqtiradi:
- o‘quvchi-talabalar bilan munosabatni tashkil etishda mo‘tadil
(o‘rtacha) bo‘lish;
- o‘quvchi-talabalaming bilim va mahoratlaridan hayotda foydalana
olishlariga e’tibor berish;
- o‘quvchi-talabalar bilan ishlashda turli usullami qo‘llay olish;
-
o‘quvchi-talabalarda
bilim
olishga
nisbatan
qiziqishni
kuchaytirish;
- o‘qituvchining gaplari va fikri o‘quvchi-talabalarga tushunarli
bo‘lishi uchun har bir so‘zini imo-ishoralar bilan bajarishi (binobarin, bu
uslub bolalarda his-hayajonni uyg‘otadi);
- tarbiyalanuvchilar ongiga quyidagi yuksak axloqiy tamoyilni
singdirishi «faqat o‘zi uchun emas, boshqalar ucliun ham yashash
kerak».
Alloma asarlarida quyidagi pedagogik va didaktik tamoyillar,
o‘quv-tarbiya shakl va usullari xususida so‘z yuritiladi.
- tajriba;
Do'stlaringiz bilan baham: