- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy boMish;
- berilayotgan bilimning talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirib
olayotganiga e’tibor berishi;
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;
- talabaning xotirasi, bilimlami egallash qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlaming eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlami talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga
mos ravishda berishi;
- har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida boiishiga
erishishi zarur.
Demak, ibn Sinoning didaktik qarashlarida talabalarga bilim
berishda qaysi metodlardan foydalanilmasin - u og‘zaki ifodami,
bilimlami tushuntirishmi, turli ko‘rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi,
baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad boigan. Shuningdek,
insondagi yomon illatlami ham bartaraf etishda ilmu ma’rifatning
ahamiyati, insondagi aqlu-tafakkur quwatining yomon illatlardan
qutilishi, o‘zligini anglash vositasi ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sinoning axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari o‘z mohiyati bilan
insonparvarlikka ega. Olim axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik
tushunchalari bilan ta’riflaydi: «Dunyoda mavjud boigan jami narsalar
tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o‘zi esa
mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...»
Ibn Sino shaxs kamolotining muhim axloqiy jihatlariga pedagogik-
psixologik nuqtayi nazardan ta’rif beradi. Olim adolatni ruhiy lazzatning
bosh mezoni, deb hisoblaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan
adolatga ega boiadi, yomon illatlardan o‘zini tiyib, yaxshilikni
mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi. Insondagi ijobiy
axloqiy xislatlarga saxiylik, kamtarlik, sevgi-muhabbat, mo‘tadillik,
aqllilik, ehtiyotkorlik, qafiyatlilik sadoqat, intilish, uyatchanlik,
ijrochilik va boshqalami kiritadi.
Olim qanoat va mo‘tadillikni insonning hissiy quwatiga kiritadi,
chidamlilik va aqllilikni g‘azab quwatiga, donolik, ehtiyotkorlikni
ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik, ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut
quwatiga kiritadi.
220
Ibn Sino qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini
ta’magirlikdan tiysa, mo‘tadillikka rioya etsa, o‘zida hirsning namoyon
boiishini yengadi, inson yomon illatlami yengishda o‘z imkoniyatlarini
ongli sarf etishi lozim, deydi.
Shuningdek, ibn Sino insonning barkamol boiishiga to‘sqinlik
qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik
va nafratning ham ta’rifini beradi. Johillikni - ilmga, nodonlikni - zehni
o‘tkirlikka, shafqatsizlik va takabburlikni - adolatga, nafratni - sevgi -
muhabbatga qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sinoning taiim-tarbiyaviy qarashlarida oila munosabatlari va
oilaviy tarbiya masalalariga ham keng o‘rin berilgan. Olim oila
munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onaning vazifasi va
burchiga katta e’tibor beradi. Ayniqsa, ota-onalaming farzandlarini ilmu
ma’rifat, kasb va hunarga o‘rgatish borasidagi muhim fikrlari
qimmatlidir. U bolada axloqiy xislatlami mehnat, jismoniy va aqliy
tarbiya bilan uzviy holda shakllantirishni, uni barkamol inson qilib
tarbiyalashda asosiy omil deb biladi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning
ta’siri haqida bir butun, yaxlit taiimot yaratilmagan edi. Olim birinchi
bo‘lib jismoniy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini
yaratdi.
Xulosa qilib aytganda, ibn Sinoning taiim-tarbiya haqidagi
qarashlari o‘zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha
saqlab kelmoqda.
X asming ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qomusiy olim Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy (tugilgan
yili aniq emas. 997-yilda vafot etgan) 976-997-yillarda hukmronlik
qilgan podshoh Nuh II vaziri Abul Hasan al-Utbiy (977-982) huzurida
kotib boiib ishlaganligi tufayli u ml-kotib al-Xorazmiy» nomi bilan
ham tanilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning dunyoqarashi o‘sha davrda keng
tarqalgan yunon falsafasi va madaniyati, Sharqda mashhur fan
namoyandalari, Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy, ibn Iroq, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr al-Roziy va boshqa
mutafakkirlar ta’siri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan yagona asari
«Mafotih ul-ulum» («Ilmlar kalitlari»)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: