Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
74
library.ziyonet.uz/
javoban Firdavsiy 100 bayt Mahmud Gʻaznaviyga hajviya yozib asarga kiritgan, deb
talqin qilganlar. 1990 yil oxirida Eronda «Shohnoma»ning 1000 yilligi gʻoyat tantanali
tarzda nishonlandi va shu munosabat bilan oʻtkazilgan Jahon Koigressida qilingan
ma’ruzalarda «Shohnoma»dagi Mahmud Gʻaznaviy haqidagi misralar va alohida hajviya
Firdavsiy qalamiga mansub emasliga masalasi jiddiy qoʻyildi. Ushbu satrlar muallifi ana
shu kongressda ishtirok etdi va yubiley munosabati bilan tashkil etilgan barcha
tadbirlarda qatnashishga, koʻrgazmalar bilan tanishishga, qoʻlyozmalar saqlanayotgan
fondlarda boʻlishga muyassar boʻldi. «Koxi Guliston» muzeyi fondida saqlanayotgan
«Shohnoma»ning 40 ta Movarounnahr va Xuroson nusxalari asosida Boysungʻur Mirzo
tashabbusi bilan tayyorlangan va uning mufassal soʻz boshisi mavjud hamda nafis 22
miniatyura va naqqoshlik san’atining hayratomuz namunalari bilan bezatilgan, nihoyatda
goʻzal xat bilan 1429 yilda koʻchirilgan nodir va noyob qoʻlyozmasini oʻz koʻzi bilan
koʻrish baxtiga musharraf boʻlganini bildiradi. Bu qoʻlyozma jahonga «Shohnomai
Bonsungʻuriy» nomi bilan mashhur boʻlib, xalqimiz madaniyati tarixining zarrin sahifasi
sanaladn. Aytish kerakki, Boysungʻur Mirzo muqaddimasi «Shohnoma»ning ilk tadqiqoti
sifatida e’tirof etiladi. «Shohnoma»ning eng qadimgi qoʻlyozma nusxasi Italiyaning
Florensiya shahrida saqlanar ekan. Yubileyga ana shu nusxaning fotofaksimilesi va 7
jildli 4 kitobdan iborat fransuz olimi Jyul' Mul' tayyorlagan matn asosidagi nashri chop
etilgan edi. Oʻzbekistonda «Shohnoma»ning uch jildln tarjimasi bosilgan. Tarjimonlar
Sh.Shomuhamedov, Nazarmat, Hamid Gʻulom va Jumaniyoz Jabborovlardir.
«Shohnoma» va oʻzbek adabiyoti problemasi yuzasidan adabiyotshunos H.Hamidov
qator tadqiqotlarni amalga oshirgan.
29. Tarj.: Oʻshanda koʻp qoʻtoslarning moda va narlarini zanjir bilan bir-biriga [shunday]
bogʻladilarki, xandaq oldida fillarga qarshi toʻsiq [paydo] boʻldi. Nega fildan qoʻrqishlik
kerak, u ham sigir va eshak kabi toʻrt oyoqli [hayvon]dir.
30. «Haft paykar»—Yetti goʻzal. Nizomiy Ganjavny dostoni.
31. Tarj.: Paygʻambarlikka sen loyiqsan, [chunki] qoʻlingda, nomang bor. Muhri esa
ta’zim [yuzasidan] orqasidadir.
32. Tarj.: Ul notekis keng dashtda bamisoli tipratikonga oʻxshash qirilmagan boshlar
yotar edi.
33. Mavlono Darvesh Mashhadiy — Faxriy Hirotiy oʻzidan ilova qilib: bu shoirning
yomon tilligi, johilligi Navoiy aytganidan yuz chandon koʻpdir. Lekin odamlar uning
Allohdan oʻzining it fe’li, nafsdan forigʻ qilishlikni iltijo qilib yozgan darveshona bir
bayti uchun afv etadilar, deb yozadi va forsiyda yozilgan bir baytini keltiradi.
34. Tarj.: Uning qoshidan bayram oyi asarini koʻrdi. Ul oydan darak boʻlmaganiga yil
[ham] boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |