Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
60
library.ziyonet.uz/
koʻp aytmaslik kerak. Maqbul boʻlmaydigan [narsa] ijod emas, nimaiki qabul qilinar
ekan rad qilib boʻlmas.
46. Jomiyning «Nafaxot ul-uns» (Doʻstlikning hush islari) asari 1475—1476 yilda
yozilgan. 609 nafar tasavvuf ilmi namoyandalari haqida ma’lumot beriladi. Mansur
Xalloj, Abusaid Abulxayr, Ali Hamadoniy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy Sheroziy,
Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziylar shular jumlasidandir.
Navoiy bu asarni turkiyga “Nasoyim ul-muhabbat” nomi ostida tarjima qilgan va bunda
anchayin erkin yoʻl tutgan. Koʻp yangiliklar kiritgan, jumladan turkiy mashoyixlar
haqida ma’lumotlar bergan.
47. Shayx Farididdin Attor Farididdin Abuhamid Muhammad ibni Abubakr, Ibrohim
Nishopuriy (tugʻ. 1145, Nisholur— vaf. 1221, oʻsha yer) shoir, mutafakkir. Otasi tabib va
attor boʻlgani uchun taxallusi Attordir. Ba’zi manbalarda shoir «Farid» taxallusi bilan
she’rlar yozgani qayd etiladi. Attor adabiyot, kalom, hikmat, din ilmlari (tafsir, xadis
fiqh)ni, shuningdek, tibbiyot va dorishunoslikni puxta bilgan. Tazkiralarda Attor asarlari
adadi 190 deb koʻrsatiladi. Shoirning «Mantiq ut-tayr» (Qush soʻzi) asari mashxur boʻlib,
Navoiy uni bolaligida sevib oʻqigan, hatto yodlab olgʻan. Umrining oxirlarida, 1499 yilda
unga javoban «Lison ut-tayr» (Qush tili) asarini yozgan.
Bu yerda Navoiy Hofiz Ali Jomiy Attorning bir qasidasiga sharh yozgani haqida
ma’lumot beradi. Manbalar Attor qalamiga 100 qasida mansub deb xabar qiladi.
«Nasoyim ul-muhabbat»da Navoiy Attor «Tazkirat ul-avliyo»ning muallifi ekanidan soʻz
boshlaydi. Hofiz Ali Jomiy sharh yozgan Attor qasidasi 26 baytdan ortiq ekanini va
sharhning ba’zi mazmunini beradi. Maqola soʻnggida Navoiy Attorning 104 yoshga
yetib, 627 (1229-1230) y. da shahid boʻlganini va mazori Nishopurda ekanini bayon
etadi. Tojik darsliklarida esa bu sana 1220 -1221 y. deb koʻrsatiladi.
48. Tarj.: Sen yuzingni berkitib bozorga kelding; xalqni bu tilsimga giriftor qilding.
49. Shayx Bahoviddin Umar (vaf. 875 (1470—71), Hirot) — mashhur shayxlardan.
Xondamir «Habib us-siyar» (Doʻstlarning xislatlari) asarida xabar qilishicha, Shohrux
Mirzo zamonida moʻ’tabar allomalardan Sa’duddin Qoshgʻariy, Shamsiddin Muhammad
Asad, Xoja Zayniddin Jomiy va boshqalar hamrohligida haj safarida boʻlgan. Hirotda
Iydgoh shimolida dafn etilgan. Abulqosim Bobur mirzo uning mazori ustiga oliy
maqbara qurdirgan.
50. Xoja Abu Nasr Porso — olim, faylasuf, Naqshbandiya tariqatining mashhur olimi
Muhammad Porsoning oʻgʻli.
Do'stlaringiz bilan baham: |