46-47-mavzular. So‘z ma’nolarini takrorlash (2 soat).
Shaxs va narsaning nomini, belgisini, miqdori va tartibini, harakatini
bildirgan so‘zlarni gap tarkibida aniqlash va ularning ma’nosini farqlash.
So‘roqlari asosida ajratish. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini
shakllantirish.
Nazorat ishi (1 soat).
III bo‘lim. NUTQ VA GAP
(12 soat)
48-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).
Nutq, nutqning og‘zaki va yozma shakllari.
49-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).
Og‘zaki nutqning tovushlarga asoslangan bo‘lishi. Yozma nutqning harfiy
ifodalar bilan shakllantirilishi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, gaplarning
mazmun jihatdan aloqador bo‘lishi.
50-51-mavzular. Gap (2 soat).
Gap. Gapning so‘zlardan tuzilishi, uning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga
tinish belgilarining qo‘yilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |