Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.
N
azorat ishi (1 soat).
34-35-mavzular. Joylarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan
yozilishi (2 soat).
Respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryolarga atab qo‘yilgan nomlar joy
nomlari ekani, ularning bosh harf bilan yozilishi.
36-37-mavzular. Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf
bilan yozilishi (2 soat).
Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, ularning bosh harf bilan yozilishi.
Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
38-39-mavzular. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar (2
soat).
Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar, ularning nima qildi?, nima
qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi va imlosi. Darslikda berilgan
lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |