1-BOB. ATROFIMIZDAGI OLAMNI O‘RGANAMIZ
(2 soat, A1+: 4 soat)
1-mavzu: Atrofimizdagi olam. (1 soat, A1+: 2 soat)
Atrofimizdagi olamni o‘rganish va uni kuzatish. Tabiatdagi jism va moddalar.
Moddalarning uch holati: qattiq, suyuq, gaz.
2-mavzu: Ob-havo, uning belgilari. (1 soat, A1+: 2 soat)
Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Termometr. Termometr yordamida
havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.
2-BOB. ONA ZAMINIMIZ – YER
(7 soat, A1+: 14 soat)
3-mavzu: Yer – sayyora. (1 soat, A1+: 2 soat)
Yer. Yer sayyorasining tuzilishi. Globus. Globus - Yer sharining
kichraytirilgan shakli.
4-mavzu: Yerning harakatlari. (1 soat, A1+: 2 soat)
Yerning Quyosh atrofida aylanishi. Oy - Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Oyning
Yer atrofida aylanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |