Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
o‘zi yashaydigan mamlakat, viloyat, shahar, qishloq, mahallasi nomini va
maktabi joylashgan ko‘chalarning nomlanishini to‘g‘ri aytib bera oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
maktab, sinfxonalari, kutubxona, maktab bog‘i, mahallasi, ko‘chasini toza
saqlashda olib boriladigan ishlarda o‘z hissasini qo‘sha oladi; o‘zi yashaydigan
joy, tuproq, suv manbalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish borasida
olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |